Reja: Asab tizimining tuzilishi va fiziologiyasi


Nerv tolalarida qo'zg'alishga aloqador kimyoviy va boshqa o'zgarishlar



Download 37,2 Kb.
bet8/13
Sana14.06.2022
Hajmi37,2 Kb.
#668839
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
11-ma'ruza

Nerv tolalarida qo'zg'alishga aloqador kimyoviy va boshqa o'zgarishlar.
Qo'zg'alishning nervlardan o'tishi ularda modda almashinuvini kuchaytiradi. Qo'zg'alishdan keyin membrana atrofidagi ionlar miqdoridagi farqni asl holiga keltirish uchun neyronlarda sintezlanadigan ATF ning 70% sarflanadi. Qo'zg'algan nervda kislorod sarfi oshadi, glyukozaning anaerob parchalanishi tezlashib, sut kislota miqdori ko'payadi. Ammiakning ko'plab ajralishi oqsillar almashinuvi jadallashganidan dalolat beradi. Nuklein kislotalar va fosfolipidlar almashinuvi ham tezlashadi. Qo'zg'algan nervlarda ATF parchalannishi bilan bir qatorda, uning qayta sintezlanishi ham tezlashadi. Bu jarayonga sarflangan energiyaning yarmi issiqlikka aylanadi. Hosil bo'lgan issiqlik miqdori juda oz – 1 g nerv to'qimasiga hisoblaganda 1 daqiqada 4,14x10-3 1x10-2 kkal. Bu miqdor muskul qisqarganda ajraladigan issiqlik miqdoridan 1000000 marta kam.
Qo'zg'alishning nerv tolalarida o‘tishi uchun juda oz energiya kerak bo`ladi. Shuning uchun ham nervning qon bilan ta‘minlanishi me‘yorida bo`lsa, u deyarli charchamaydi. N.Ye.Vvedenskiy atmosfera havosida nerv 8-10 soat davomida uzluksiz ta‘sirlanganda ham qo‘zg‘alishni o‘tkazish qobiliyatini saqlab qolishini aniqlagan.
4. Sinapslar va ularning turlari
Sinaps – bir neyronni ikkinchi neyron bilan, neyronni muskul tolasi yoki bez hujayrasi bilan bog‘lovchi tuzilma. Ularni quyidagi tamoyillar asosida tasniflash mumkin.
1. Sinaps qurilishida ishtirok etuvchi hujayralarga qarab, nerv-muskul va neyro-neyronal sinapslar tafovut qilinadi. Neyronlarning sinapslar joylashgan qismiga qarab akso-somatik, akso-dendritik, akso-aksonal sinapslarni ajratish mumkin.
2. Sinapslar faollashganda rivojlanadigan jarayonni ko‘zda tutib qo‘zg‘atuvchi va tormozlovchi sinapslar tafovut qilinadi.
3. Qo‘zg‘alishning o‘tish uslubiga ko‘ra kimyoviy, elektr va aralash sinapslar farqlanadi.

Aksonlarning oxirgi tarmoqchalari biroz kengayib tugayda. Bu sinapsdan oldingi (presinsptik) kengayish sinapsning birinchi galda zarur bo`lgan tarkibiy qismi. Boshqa bir neyron, muskul tolasi yoki sekretor hujayra membranasining presinaptik kengayish ro‘parasidagi qismi postsinaptik (sinapsdan keyingi) membrana, deb ataladi. Bu har bir sinapsning ikkinchi zaruriy qismi. Presinaptik va postsinaptik membranalar bir biriga tegib turmaydi, ular o‘rtasida sinapsning uchinchi zaruriy qismi – sinaps yirig‘i bor.



Download 37,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish