Reja: Asab tizimining tuzilishi va fiziologiyasi



Download 37,2 Kb.
bet10/13
Sana14.06.2022
Hajmi37,2 Kb.
#668839
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
11-ma'ruza

ELEKTR SINAPSLAR
Yuqori rivorlangan hayvonlarning markaziy nerv tizimida asosan kimyoviy sinnapslar uchraydi. Ammo oz miqdorda, masalan, sut emizuvchilarda ko‘zni harakatlantiruvchi nerv yadrosini tashkil qiluvchi neyronlarda, elektr sinapslar ham bor (16-rasm). Elektr sinapsni kimyoviy sinapsdan ajratib tiruvchi asosiy farq – elektr sinaps yirig‘ining juda toorligi – 2-4 nm. Ana shu tor joydan presinaptik membrana bilan postsinaptik membranani bog‘lab turuvchi oqsil ko‘prikchalar – konneksonlar o‘tgan. Ular o‘rtasida ionlar va mayda molekulyar moddalarni o‘tkazishi mumkin bo`lgan, eni 1-2 nm li kanallar hosil bo`lgan. Bu yerda membrananing elektr tokiga qarshiligi past. Shuning uchun aksonning presinaptik oxiriga yetib kelgan potensial osonlik bilan postsinaptik membranadan hujayra ichiga o‘tib, tashqariga qaytib chiqadi va membranani depolyarizatsiyaga uchratadi. Depolyarizatsiyalanish eng yuqori darajaga yetganda, postsinaptik neyronda harakat potensiali vujudga keladi.
Elektr sinapslar kimyoviy sinapslarga qaraganda ba‘zi bir faoliy afzalliklarga ega. Jumladan, elektr sinapslar juda tez va bexato ishlaydi. Sinapsda to‘xtalib qolish ularda 0,1 ms dan oshmaydi, bu holat elektr sinapslarning yuqori labbilligini ta‘minlaydi. Elektr sinapslar uzoq vaqtgacha charchamaydi.
Elektr sinapslarning kamchiliklari ham bor. Masalan, ular MNT faoliyati uchun muhim bo`lgan bir taraflarna o‘tkazishni yetarli darajada ta‘minlay olmaydi; elektr sinapslar ichida tormozlovchilari deyarli yo‘q; elektr sinapslardan o‘tkazish icchki muhit omillari (gormonlar, harorat) yordamida boshqarilmaydi.
Elektr sinapslar yurakning muskul tolalari o‘rtasida, ichki a‘zolarning silliq muskullarida, jigar va bezlarda ko‘p uchraydi. Ular orqali faqat elektr impulsi emas, balki oz miqdorda ma‘lum moddalar bir hujayradaan ikkinchi hujayraga o‘tishi mumkin. Shu tarzda moddalar almashinuvi hujayralar faoliyatiga ta‘sir qiladi.
ARALASH SINAPSLAR
Ba‘zi bir neyronlararo sinapslarda o‘tkazish ham elektr, ham mediator yordamida sodir bo`lishi mumkin. Buning sababi shundaki, aralash sinapsning bir qismi elektr sinaps strukturasiga ega, ikkinchi qismi esa kimyoviy sinaps shaklida tuzilgan. Aralash sinapslar aksari funksiyalari turlicha bo`lgan neyronlarni bog‘lab turadi. Ularni afferent va efferent neyronlar oralig‘ida uchratish mumkin. Sof kimyoviy yoki sof elektr sinapslar bir tipga oid bo`lgan neyronlarni, masalan, motoneyronlarni bog‘laydi.
Aralash sinapslar yeterli darajada o‘rganilmagan. Bir sinapsda qo‘zg‘alish o‘tkazilishining ikkita mexanizmi mavjudligini quyidagicha tushuntirish mumkin. Sinapsga keluvchi impulslar chastotasi uncha yuqori bo`lmasa (100-150 imp/s), aralash sinapsning ikkala yarmi faollik ko‘rsatadi. Bu impulslar chastotasi keskin oshib ketganda, sinapsning kimyoviy qismi tormozlangan holatga o‘tadi va impulslar o‘tkazishda qatnasha olmaydi. Labilligi yuqori bo`lgan elektr qismi shu sharoitda impulslar o‘tkazilishini ta‘minlab turadi.


  1. Download 37,2 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish