Reflekslar va reflektor yoyining tuzilishi.
Neyronlar sinapslar yordamida bir-biriga bog‘lanib, neyronlar zanjirini, nerv markazlari, refleks yoylarini hosil qiladi. Yuqorida refleks yoyining 5 tarkibiy qismdan iborat bo`lishi aytib o‘tilgan edi. Ushbu qismlardan birinchi galda refleks yoylarning markaziy qismlari bir-biridan farqlanadi.
Ba‘zi refleks yoylarida afferent neyron efferent neyron bilan bevosita bog‘langan. Bunday refleks yoylariga monosinaptik yoy, deyiladi. Pay reflekslari monosinaptik yoyga ega. Bu reflekslar muayyan bo‘g‘inlarning yoyuvchi muskullari payiga bolg‘acha bilan sekin urilganda yuzaga chiqsada, aslida baribir pay refleksi emas. Ularni cho‘zilish yoki miostatik refleks desa, to‘g‘riroq bo`ladi. Chunki payga urilganda, muskul ma‘lum darajada cho‘ziladi va tolalari orasida joylashgan maxsus murakkab retseptorlar – muskul duklarida qo‘zg‘alish yuzaga keladi. Bu qo‘zg‘alish afferent tolalar orqali MNT ga o‘tkaziladi va efferent motoneyronlarni qo‘zg‘atib,shu muskulning o‘zini qisqartiradi. Klinik ahamiyatga ega bo`lgan monosinaptik reflekslar bir qancha: tizza refleksi, axill refleks, tirsak refleksi va hokazo.
Cho‘zolish monosinaptik reflekslardan tashqari, boshqa reflekslarning yoylari ko‘p sinapsli. Ularning markaziy qismida bitta yoki bir nechta oraliq neyron bor. Polisinaptik reflekslar turli retseptorlardan yuzaga chiqadi va skelet muskullarini qisqartiradi yoki ichki a‘zolar faoliyatini o‘zgartiradi.
Monosinaptik va polisinaptik reflekslar o‘rtasida bir qator farqlar bor. Birinchidan, monosinaptik refleksning vaqti ancha qisqa (ta‘sir berilgandan keyin refleks namoyon bo`lguncha o‘tgan vaqt refleks vaqti deyiladi). Polisinaptik refleka yoyi markazida qo‘zg‘alishning ikki yoki undan ko‘p sinapslar qatoridan o‘tishi zarurligini eslasak, bu farq tushunarli bo`ladi. Ikkinchidan, polisinaptik reflekslar vaqti ta‘sir kuchiga bog‘liq: ta‘sir kuchining ma‘lum chegaradan oshishi refleks vaqtini qisqartiradi. Monosinaptik refleks yoylarida bu hodisa uncha bilinmaydi. Bundan tashqari, polisinaptik reflekslarga irradiatsiya, ko‘nikish, sensistizatsiya va boshqalar xos. Demak, tarkibidagi neyronlar va ular orasidagi sinapslar soniga qarab, monosinaptik va polisinaptik refleks yoylari tafovuut qilinadi. Muayyan refleksni paydo qiluvchi retseptorlarning tanada joylashishiga qarab, eksteroretseptiv va interoretseptiv reflekslar farqlanadi. Birinnchilarining retseptorlari tana yuzasida, ikkinchilariniki ichki a‘zolarda, tomirlarda, hamda muskul, pay va bo‘g‘inlarda (proprioretseptorlar) joylashgan.
Reflekslarni MNT ning ularni yuzaga chiqarishda ishtirok etuvchi qismlariga qarab ham tasnif qilish mumkin. Bunga ko‘ra spinal, bulbar, mezensefal, diensefal va kortikal reflekslar ajratiladi.
Biologik ahamiyatiga ko‘ra ovqatlanish, jinsiy, vaziyatni chamalash, mudofaa, vaziyat, tonik va lokomotor reflekslarni tafovut qilish mumkin.
Nihoyat, kuzatish mumkin bo`lgan reflekslarni ikki katta guruhga – shartsiz va shartli reflekslarga bo`ladilar.
Yuqorida reflrks vaqti haqida aytib o‘tilgan edi. Bu yerda refleksning retseptiv maydoni, refleks markazi va ijrochi a‘zo (effektor) to‘g‘risida qisqacha so‘z yuritish o‘rinli bo`lar edi.
Refleks retseptor qozg‘alishidan boshlanadi. Ammo bitta retseptorning qo‘zg‘alishi qanchalik kuchli bo`lmasin, refleksni yuzaga keltira olmaydi. Buning uchun tananing ma‘lum qismida joylashgan bir guruh retseptorlar ayni bbir vaqtda ta‘sirlanib, qo‘zg‘alishi kerak. Muayyan refleksning yuzaga chiqishini ta‘minlaydigan retseptorlarning tanada joylashgan sohasi refleksning retseptiv maydoni, deyiladi.
Refleks sodir bo`lganda, bir guruh retseptorlar qo‘zg‘aladi. Ularda paydo bo`lgan impulslar bir-biriga parallel bo`lgan bbir guruh afferent tolalar orqali MNT ga yetkaziladi va bbir guruh oraliq, hamda efferent neyronlarni qo‘zg‘atadi. Muayyan refleksni yuzaga chiqarish yoki ma‘lum faoliyatni boshqarish uchun zarur bo`lgan neyronlar yig‘indisi nerv markazi, deyiladi.
Nerv markazida shakllangan efferent impulslar efferent tolalar orqali ijrochi a‘zolarga – effektorlarga uzatiladi. Skelet muskullari, silliq muskullar, bezlar va ichki a‘zolar turli reflekslarnning effektorlaridir.
NEYRON ZANJIRLARI, NERV MARKAZLARI VA ULAR
FAOLIYATINING ASOSIY QONUNIYATLARI
MNT ning elementar birligi bo`lmish neyronga ham integrativ (birlashtiruvchi) faoliyat xos. Birinchi pog‘onadagi ana shu integratsiya neyron membranasida qo‘zg‘atuvchi va tormozlovchi postsinaptik potensiallarning o‘zaro ta‘siri natijasida yuzaga chiqadi. Ammo MNT bajaradigan faoliyatlar murakkab va ko‘p qirrali bo`lganidan, integrativ faoliyat yuqori va oliy pog‘onada bo`lishi shart. Markaziy nerv tizimini tashkil qiluvchi neyronlarning nisbatan sodda va murakkab zanjirlarga ulanishi, ixtisoslashgan neyronlar birligi – nnerv markazlarini hosil qilishi integrativ faoliyatning yuqori pog‘onaga ko‘tarilishiga imkon tug‘diradi. Neyron zanjirlari va nerv markazlari hosil bo`lishi va faol ishlashining ma‘lum tamoyillari va qoidalari bor. Bulardan divergensiya va konvergensiya, okklyuziya, fazodaga va vaqtdagi qo‘shilishni, nerv markazlarida qo‘zg‘alishning o‘tkazilish qonunlari va xususiyatlari, hamda boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |