20-rasm. VAZ dvigatellarining quruq filtrlovchi elementli havo tozalagichi: 1,6-havo olish patrubkalari; 2-qopqoq; 3-quruq filtrlovchi element; 4-quloqli gaykalar; 5-korpus; 7,8-karterni shamollatish patrubkalari.
Karterni yopiq shamollatish tizimida karter gazlari atmosferaga chiqarilmay, kiritish quvuriga so‘rilishi bo’is havo tozalagichga ikkita patrubka o'rnatilgan. Tirsakli valning katta aylanishida ko‘p miqdordagi karter gazlari patrubka (7) orqali o'tkaziladi.
Dvigatelning salt ishlashida va kichik yuklanmasida karter gazlarini patrubka (8) karbyuratorni zolotnikli qurilmasi orqali so‘radi.
Yonilg‘i nasosi karbyuratorga yonilg’i uzatish uchun xizmat qiladi. Dvigatellarda asosiy uch qismdan: korpus (4), kallak (5) va qopqoqdan (6) (21-rasm) iborat diafragma turli nasoslar keng qo’llaniladi.
Korpusdagi o'qda (3) haydash prujinasini (13) yurituvchi ikki yelkali richag (1) va qo‘1 bilan uzatish richagi (15) o'rnatilgan. Kallakda kiritish (8) va chiqarish (10) klapanlari joylashgan. Kiritish klapanlari ustiga to'rli filtr (7) o'rnatilgan. Korpus va kallak orasiga maxsus rezinalashgan to'qimadan tayyorlangan va shtokka (14) yig'ilgan diafragma (11) qistirilib mahkamlangan.
21-rasm. Diafragmali yonilg’i nasosi: 1-yuritish richagi; 2,3-qaytaruvchi prujina va yuritish richagining о‘qi; 4-nasos korpusi; 5-kallak; 6-qopqoq; 7- to‘rli filtr; 8,10-kiritish va chiqarish klapanlari; 9-vint; 11-diafragma; 12-tiqin; 13,14-haydash prujinasi va shtok; 15-qo’l bilan uzatish richagi; 16-richag о‘qi; 17-ekssentrik shtogi.
Shtokning uchi yuritish richagi bilan ilashgan. Kallak (5) yonilg’ini qabul qilish va uzatish shtuserlari uchun qilingan rezbali teshiklari bo’lgan qopqoq (6) bilan yopilgan. Taqsimlash vali ekssentrigining do‘ng qismi shtokni (17) turtganda richagning (1) ichki yelkasi pastga siljiydi va natijada haydash prujinasi (13) siqilib, shtok (14) orqali diafragma (11) bukiladi.
Diafragma ustki bo‘shlig‘ida siyraklanish hosil bo’ladi va uning ta’sirida kiritish klapanlari (8) ochilib, bakdan kirayotgan yonilg’i diafragma ustki bo‘shlig‘ini toidiradi. So‘ngra ekssentrikning do'ng qismi shtokdan (17) qaytgach, haydash prujinasi ta’sirida diafragma yuqoriga ko’tariladi. Diafragma ustki qismida bosim osha boradi va shu bilan birga kiritish klapanlari yopilib, chiqarish klapanlari ochiladi. Yonilg’i nasos bo‘shlig‘idan naychaga va so‘ngra karbyuratorning qalqovichli kamerasiga o’tkaziladi.
Agarda karbyuratorning qalqovichli kamerasi yonilg’i bilan to’la to’ldirilgan bo’lsa, nasos diafragmasi pastki holatda bo’ladi va richag (1) shtokda (14) salt harakatlanishi mumkin. Bu holda haydash prujinasi naychada hosil bo’lgan bosimni yenga olmaydi, chunki qalqovichli mexanizm ignasimon klapanini bekilish kuchi nasos hosil qila oladigan bosimdan ancha yuqori bosimga moijallangan.
Dvigatel ishlamayotganda karbyuratorni yonilg’i bilan to’ldirish uchun richag (15) xizmat qiladi. U richagga (1) ta’sir qiluvchi bir tomoni qirqilgan o‘qqa (16) ega. U tebratilsa, qirqilgan qismi ikki yelkali richagni turtib, diafragmani pastga siljitadi va yonilg’i uzatilishini amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |