Changli havo dvigatelda hosil bo‘lgan siyraklanish ta’sirida havo tortish potrukasi orqali halqasimon tirqishga (13) o‘tadi va pastga harakatlanib moyga uriladi. Shu tarzda havo changni yirik zarrachalardan inersion usulda birlamchi tozalanadi.
Qaytargich (3) tepasidagi moy havo oqimi bilan qisman kapron iplardan tashkil topgan filtrlovchi elementga (6) sachrab, uni ho’llaydi va havo bu yerda batamom tozalanib, patrubka (1) orqali karbyuratorga o'tadi. Ortiqcha moy halqasimon teshiklar (14) orqali qaytargichning (3) nishab tekisligidan moy vannasiga (2 ) oqib o‘tadi.
Qaytargichni nishab yuzasi bo‘ylab moyning sirkulyatsiyasi natijasida u yerga o'rnashgan chang yuvilib, moy vannasining (2) tubiga chukadi.
Shunday qilib, inersion-moyli filtrda havo ikki hissa tozalanadi: Birlamchi moy bilan moy vannasida kontaktda va ikkilamchi filtrlovchi elementdan o‘tganda.
Filtrga havoni olib kelish dvigatel kapotidagi havo kanali orqali amalga oshiriladi. Kanal bilan filtr qat-qat burma patrubka orqali birlashtirilgan.
Havo kanalida joylashtirilgan zaslonkaning (5) holatiga ko‘ra, kanalga havo tashqaridan yoki kapot osti bo‘shlig‘idan keltiriladi. Yilning sovuq mavsumida kanalni tashqi havo bilan ta’minlovchi teshikni yopib qo‘yish lozim va uni faqat og‘ir yo‘1 sharoitlarida ishlaganda ochish kerak. Yilning issiq mavsumida kanalni tashqi havo bilan ta’minlovchi teshikni ochib qo‘yish kerak.
Quruq filtrlovchi elementli havo tozalagich (20-rasm) ham ikki bosqichda havoni tozalaydi. Bu vazifa almashtiriluvchi quruq filtrlovchi element (3) yordamida bajariladi. Shu maqsadda elementning tashqi qatlami sintetik to'qimasiz toladan qilingan, ichki qatlamiga esa qat-qat burma karton joylashtirilgan.
Korpus (5) silindrik shaklli bo’lib, ustki qismi qopqoq (2) bilan yopilgan. Qopqoq korpus tubida o'rnatilgan uchta ustunchaga quloqli gayka (4) bilan qotirilgan. Filtr korpusiga (5) ikkita havo olish patrubkalari payvandlangan.
To‘g‘ri patrubka (6) radiatorga qaratilgan va kapot osti bo‘shlig‘idan havo olish uchun xizmat qiladi. Pastga bukilgan patrubka (1) qish paytida chiqarish quvuri ustki bo‘shlig‘idan ilitilgan havoni olish imkonini beradi. Filtr qishki holatidan yozgi holatiga qopqoqni, uning ustida keltirilgan rangli belgiga mos ravishda, 120° ga aylantirish bilan o‘tkaziladi.