Reja: 1 Bir cho’michli ekskavatorlar konstruktiv



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana29.11.2022
Hajmi0,82 Mb.
#875019
  1   2   3   4
Bog'liq
бир чом



TAJRIBA ISHI № 5. 
BIR CHO’MICHLI EKSKAVATORLAR TUZILISHI VA ISHLASH 
PRINSIPINI O’RGANISH. 
Reja: 
1)
Bir cho’michli ekskavatorlar konstruktiv
tuzilishi va asosiy qismlari. 
2)
To’g’ri kurakli suriladigan zuriqmali dastakli bir cho’michli ekskavatorlar. 
3)
To’g’ri kurakli tirsak-richagli zuriqmali dastakli bir cho’michli ekskavatorlar. 
4)
Gidravlik to’g’ri va teskari kurak va cho’michli yuklagich. 
5)
Draglayn, ekskavator- greyfer va ekskavator-strug konstruktiv sxemalari. 
Ishdan maqsad:
Talabalar o`z bilimlarini, bir cho’michli ekskavatorlar 
konstruktiv sxemalarini o’rganishorqali yanada mustahkamlash.
Bir cho’michli ekskavatorlar ikkita asosiy qismdan tashkil topgan: pastki yurish 
qismi va yuqorigi burilish qismi. 
Yurish qismi mashina og’irligini va ish vaqtida hosil bo’ladigan qo’shimcha 
og’irliklarni qabul qilib zaminga uzatadi, hamda ekskavator harakatlanishini 
ta’minlaydi. 
Burilish qismi kuch berish qismlari, mexanizmlar va ishchi uskunalari 
joylashgan buriluvchi platformadan tashkil topgan. 
Buriluvchi platforma tayanch-burilish qurilmasi orqali yurish ramasiga o’tiradi 
va vertikal o’qda gorizontal tekislik bo’ylab burilish imkoniyatiga ega bo’ladi. 
Buriluvchi platformaning gorizontal tekislikda burilish burchagiga bog’liq ravishda 
ekskavatorlar to’liq buriluvchi yoki to’liqsiz buriluvchi deb ataladi. Ochiq kon 
ishlarida ishlatilayotgan barcha bir cho’michli ekskavatorlar to’liq buriluvchi 
ekskavatorlardir. 
Ochiq kon ishlarida ishlatiladigan bir cho’michli ekskavatorlar ishchi 
uskunalarining turlari asosan – to’g’ri kurakli ekskavator va draglayndir. Ba’zi 
hollarda teskari kurakli ekskavator, greyfer va strug ishlatiladi.
To’g’ri kurakli ekskavatorlarning asosan to’rtta turi ishlab chiqariladi: 
suriladigan rukoyat bilan kuch beruvchi, tirsak-richag bilan kuch beruvchi, 
“Superfront” ishchi uskunasi bilan kuch beruvchi va gidravlik kuch beruvchi 
ekskavatorlar. 


2.11. To’g’ri kurakli suriladigan rukoyat bilan kuch beruvchi –EKG-5A 
ekskavatori 
To’g’ri kurakli suriladigan rukoyat bilan kuch beruvchi –EKG-5A 
ekskavatorining tuzilishini ko’rib chiqamiz (rasm-25). Ekskavator ishchi 
uskunalardan, kuzov 1 bilan birga buriluvchi platforma 14 va gusenitsali 16 yurish 
organidan tashkil topgan. 
Ekskavator ishchi uskunalariga cho’mich 9, strela 5 va rukoyat 12 kiradi. 
Cho’mich tagidan ochiluvchi. Strela platformaga tayanchli sharnir orqali 
o’rnatilgan va ikki oyoqli ustun 2 ga kanat 5 yordamida burchak ostida tortib 
qo’yiladi. 
Cho’mich kon jinsini qamrayotganda buriluvchi platformada joylashgan 
ko’taruvchi baraban yordamida kanat 7 orqali ko’tariladi.
Rukoyat 12 ni zaboyga surish ya’ni rukoyatga kuch berish uchun kuch 
berish mexanizmidan foydalaniladi. EKG-5A ekskavatori tishli-reykali kuch berish 
mexanizmi 4 ga ega bo’lib strelada joylashgan. Tishli reyka rukoyat pastki 
tomoniga mahkamlangan. Kuch beruvchi shesternya esa kuch beruvchi valga 
joylashtirilgan. Rukoyat kuch beruvchi val o’qida burilish imkoniyatiga ega 
bo’ladi. 
25-rasm. EKG-5A ekskavatorining umumiy ko’rinishi 


Buriluvchi platformada ko’tarish barabanidan tashqari burish mexanizmlari, 
kuch berish uskunalari va ekskavatorni boshqarish mexanizmlari joylashgan. 
Buriluvchi platforma rolikli aylana yordamida tishli venets 17 o’rnatilgan 
yurish telejkasi ramasiga o’tiradi va 360 gradusga burilish imkoniyatiga ega 
bo’ladi. 
Tishli-reykali kuch berish mexanizmi bilan PO «Uralmash» (Rossiya) 
zavodida ishlab chiqarilgan ekskavatorlar jihozlangan. EKG-8I, EKG-12,5 kabi 
ekskavatorlar esa ‘O «Ijorskiy zavod» (Rossiya) zavodida ishlab chiqariladi va ular 
kanatli kuch berish mexanizmi bilan jihozlanadi. Ushbu ekskavatorlarda 
rukoyatning oldinga va orqaga harakati kanat yordamida bajariladi. Kanatni tortish 
platformada joylashtirilgan lebedka, rukoyat va strelada joylashtirilgan yarim blok 
va bloklar orqali amalga oshiriladi. 
Tirsak-richagli kuch beruvchi ekskavatorlarda rukoyat strela bilan kinematik 
bog’lanmagan bo’lib strela ustunlari oralig’ida harakatlanadi.
2.12. To’g’ri kurakli «Superfront» ishchi uskunali ekskavatori 
«Superfront» ishchi uskunalariga ega bo’lgan ekskavatorlarda cho’michning 
ishchi trayektoriyasi uchta mexanizm (ko’tarish, kuch berish va burish) ning o’zaro 
ta’siri natijasida amalga oshiriladi. Ishchi uskuna cho’mich, rukoyat va streladan 
tashkil topgan. Ko’tarish mexanizmi ko’tarish lebedkasi 16, kanat 7 va bloklar 8,9 
dan tashkil topgan. Kuch berish uchun ikkita gidrosilindr 14 lar xizmat qiladi.
26.-rasm. «Su’erfront» ishchi uskunariga ega bo’lgan ekskovator kinematik 
sxemasi 
Karyer gidravlik ekskavatorlari 



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish