1
-korpus;
2-
bosh blok;
3-
strelani osuvchi boldoq;
4-
bufer;
5
-strela tortuvchisi;
6-
strelani
mahkamlovchi palets; 7-egarli podshipnik;
8-
kuch berish mexanizmi dvigateli;
9-
tishli
g’ildirak;
10-
tishli uzatma;
11-
cho’mich tag qismini ochuvchi mexanizm dvigateli.
Tishli-reykali kuch berish tizimida dvigatel 8 ning aylanish momenti
saqlovchi mufta shesternyasi va tishli g’ildiragi orqali yetaklovchi val shlitsasiga
o’tirgan shkiv stupitsasiga uzatiladi. Shkivni o’rab turuvchi uning kolodkalari
o’qga o’rnatilgan g’ildirak tanasiga presslangan va mufta bilan tortilgan. Ortiqcha
yuklanishlarda shkiv kolodkaga nisbatan sirpanadi. Rukoyat harakatini
tezlashtirish va uning surilishini chegaralash uchun komandoapparat xizmat qiladi.
Komandoapparat kuch beruvchi val bilan zanjirli uzatma orqali bog’langan.
Kremal’er shesternya (33-rasm) 2 shlitsalari bilan bog’langan kuch berish vali
aylanish momentini tishli g’ildirak 1 orqali oraliq valdan oladi. Valga o’rnatilgan
egarli podshipniklar 4 ning cho’yandan ishlangan yo’naltiruvchi 7 va 8 polzunlari
tishli reykali rukoyatning harakatini ta’minlaydi.
Rossiyaning Ijorskiy zavodida ishlab chiqarilgan to’g’ri kurakli EKG-8I,
EKG-12,5 va shunga o’xshash ekskavatorlarida kanatli kuch berish mexanizmi
ishlatiladi. Rukoyatning chiqishi va orqaga qaytishi platformada joylashgan
lebedka hamda strela va rukoyatda joylashgan bosh blok va yarim bloklar
yordamida bajariladi.
33.-rasm. EKG-5A ekskavatorining tishli-reykali kuch berish mexanizmi:
a
- oraliq val;
b -
kuch beruvchi val va egarli uzel
Ekskavator kinematik sxemasi
Kanatli kuch berish mexanizmida lebedka platformaning old qismida joylashadi.
Kuch beruvchi 1 va qaytaruvchi kanat 2 lar 3 va 4 barabanlardan chiqib strelada
joylashgan 5 va 6 bloklarni aylanib o’tadi va rukoyatda joylashgan oldingi va orqa yarim
bloklarga boradi. Barabanlar 3 va 4 aylanganda rukoyatning o’q yo’nalishidagi siljishi
sodir bo’ladi. Kanatli kuch berish mexanizmining tuzilishi juda sodda bo’lib yuqori
sifatli kanatlar ishlatilsa ishonchli ishlaydi, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash qiyin
emas. Mexanizmni to’xtash yuklanishlaridan va zarblaridan himoya qilish uchun
dvigatel 10 va reduktor 11 oralig’iga chegaraviy moment muftasi 9 o’rnatiladi.
Yechiluvchi baraban 3 kanatlarning tarangligini moslashtiruvchi qurilma 12 ga
ega. EKG-10 ekskavatorida lebedka ikkita elektrodvigatel yordamida ishga tushiriladi.
Reduktor 11 gorizontal o’rnatilgan bo’lib uch pog’onali silindrik tishli uzatmalarga ega.
Tishli uzatmalar va podshipniklar reduktor korpusiga joylashtirilgan moy vannasidan
sochish bilan moylanadi. Buning uchun reduktor yetaklovchi o’qiga ikkita sochuvchi
moslama o’rnatilgan.
Podshipniklar va birikmalarning sovuq haroratlarda yaxshi ishlashlari uchun
reduktorda moyni qizdirish ko’zda tutilgan. Kuch beruvchi lebedkani ishlash
vaqtida tormozlash ‘rotivotok bilan, halokatli tormozlashda elektromagnit diskli
tizim ishlatiladi. Bu tormozlash turi stoyanka tormozi vazifasini ham bajaradi.
Rukoyat siljishini chegaralash uchun oxirgi (konechnqy) o’chirgich ishlatiladi.
34-rasm. Rukoyatni harakatlantiruvchi kuch beruvchi mexanizmning kanatli –
polispast tizimi sxemasi (EKG-10):
a
- kanatlarning o’ralish sxemasi;
b
- lebedkaning
kinematik sxemasi.
Ushbu kuch beruvchi lebedka kinematik sxemasi va kanatlarning o’ralish
sxemasi Ijorskiy zavodida ishlab chiqariladigan ekskavatorlarning barcha
modellarida qo’llaniladi.
Egarli uzel (35-rasm) streladagi ishqalanish podshipniklariga o’rnatilgan kuch
berish vali 1 ga joylashtirilgan. Egarli podshipnikning korpusi 6 po’latdan quyilgan.
Uning o’qiga rolik 8 lar o’rnatilgan. Bu roliklar rukoyatdan tushadigan yon
kuchlanishlarni qabul qilishga xizmat qiladi. Rukoyat ish vaqtida kuch berish o’qida
joylashgan egarli rolik 9 ustida harakatlanadi. Kuch beruvchi va qaytaruvchi
kanatlar uchun mo’ljallangan ikki yo’lakli blok 4 lar kuch beruvchi valga
ishqalanish podshipniklari orqali o’tirgan strelaning yuqorigi qismi pastki qismi
bilan valik 2 lar yordamida bog’langan. Kuch beruvchi o’q ko’ndalang yo’nalishda
xomut 10 bilan to’xtatilgan.
35-rasm. EKG – 10 ekskavatorining egarli uzeli.
Do'stlaringiz bilan baham: |