2.Savdoning sifati uchun yuridik javobgarlik
Savdo korxonalaridagi sanoat, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari, shuningdek, kooperativlar yetkazib beradigan xalq iste’moli mollarining sifatini nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Savdo vazirligining xalq iste’moli mollari sifati va savdosi bo‘yicha Davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Savdo vazirligining xalq iste’moli mollari sifati bo‘yicha Davlat inspeksiyasi etib qayta tashkil etilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Savdo vazirligining xalq iste’moli mollari sifati bo‘yicha Davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston SSJ Vazirlar Kengashining, “O‘zSSJ Savdo vazirligining xalq iste’moli mollari sifati va savdosi bo‘yicha Davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1990-yil 21-maydagi 216-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Savdo vazirligining xalq iste’moli
mollari sifati bo‘yicha Davlat inspeksiyasi to‘g‘risida
NIZOM
Do'stlaringiz bilan baham: |