Referati topshirdi: Xudaybergenova a qabul qildi: Baltasheva z nukus-2021


Ishlab chiqaruvchilar uchun yuridik javobgarlik



Download 43,88 Kb.
bet2/7
Sana18.01.2022
Hajmi43,88 Kb.
#384298
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5442666352303148833

1.Ishlab chiqaruvchilar uchun yuridik javobgarlik

Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun shart-sharoit yaratish, ularning ishchanlik faolligini oshirish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bu sohada qonunchilikni to‘g‘ri tatbiq etish va ularga qat’iy rioya qilinishi bilan ta’minlanadi.

Ammo, sudlar qonunlarga zid bo‘lgan hamda tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini cheklaydigan idoraviy me’yoriy hujjatlar, nizom va ko‘rsatmalarni qonunchilikdan ustun ko‘rish, shuningdek mansabdor shaxslarning tadbirkorlar faoliyatiga asossiz aralashuvi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, yakka tartibdagi tadbirkorlarni ro‘yxatga olishni qonunsiz rad etish, tadbirkorlarning ariza va shikoyatlarini o‘z muddatida ko‘rmaslik va ular bo‘yicha qaror qabul qilmaslik holatlariga yetarli darajada munosabat bildirmayaptilar.

Muayyan ishlarni o‘rganish natijalari o‘zganing mulkini talon-toroj etishni, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilishni noto‘g‘ri tavsiflash holatlari mavjudligini ko‘rsatadi. Qonunsiz kreditlar berish va ularni o‘z muddatida qaytarmaganlik haqidagi ishlar bo‘yicha yagona sud amaliyoti mavjud emas, samarali ehtiyot chorasi hisoblanuvchi majburiyatni ta’minlovchi uslub hisoblangan garovning ahamiyatini yetarli inobatga olmayaptilar.

Etkazilgan zararning qoplanganligi javobgarlikni yengillashtiruvchi alohida holat ekanligi qator ishlar bo‘yicha jazo tayinlashda inobatga olinmayapti.

Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 17 va 47-moddalariga asosan, Oliy sud Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi:

1. Sudlarning e’tibori tadbirkorlik sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikni buzish bozor munosabatlarining, qonuniy tadbirkorlik faoliyatining, xususan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, yakka tartibdagi tadbirkorlikning ravnaqiga to‘sqinlik qilishini inobatga olgan holda qonunchilik talablariga aniq rioya etish zarurligiga qaratilsin.

2. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunlarga zid bo‘lgan idoraviy me’yoriy hujjatlar, nizom va ko‘rsatmalar nizolarni hal qilishda tatbiq etilishi va ayblovning asosiga qo‘yilishi mumkin emas.

3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga binoan mamlakat iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Mulk huquqi, mutloq huquq bo‘lib, uni buzadigan har qanday xatti-harakatlarning taqiqlanishini taqozo etadi.

Jamiyatda mulk huquqini e’zozlash vaziyati vujudga keltirilishi, unga nisbatan sodir etiladigan har qanday tajovuz muqarrar javobgarlik va jazoga sazovorlikni keltirib chiqarishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasiga muvofiq mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish bo‘yicha subyektiv huquq faqat shu mulkning egasiga taalluqli. Fuqarolik kodeksining 182-moddasiga ko‘ra boshqa asoslar bilan bir qatorda tadbirkorlik faoliyati ham mulk huquqining vujudga kelish asoslaridan hisoblanadi. Mulk huquqini amalga oshirishga har qanday, qonunga asoslanmagan aralashuv bu huquqni qo‘pol buzish sanaladi.

Mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari, masalan, fermerning, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan boshqa shaxsning mulkini qonunga xilof ravishda tasarruf qilishda ifodalanuvchi qilmishlari, agarda mulkdorning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish jinoyatining tarkibini tashkil etadi. Ziyonning jiddiyligi haqidagi xulosa sud tomonidan har bir muayyan ish bo‘yicha asoslantirilmog‘i lozim.

Bunda, o‘z mulkiga nisbatan qonunsiz xatti-harakat sodir etilgan mulkdorda moddiy zararni, shu jumladan boy berilgan foydani hamda ma’naviy zararni aybdor shaxsdan undirib olish huquqi paydo bo‘ladi.

Agarda, tadbirkorlik faoliyati subyektining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan bo‘lsa, aynan shu ommaviy axborot vositalarida raddiya berilishi lozim. Basharti, bunday ma’lumot tashkilotdan olingan hujjatda mavjud bo‘lsa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak. Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi.

Basharti, sudning qarori bajarilmasa, sud qoidabuzarga qonunda belgilangan miqdorda va tartibda undiriladigan jarima solishga haqlidir. Jarimaning to‘lanishi qoidabuzarni sudning hal qiluv qarorida nazarda tutilgan harakatni bajarish majburiyatidan ozod etmaydi.

Bundan tashqari, sudning qarori asosida aybdor shaxsdan ham moddiy va ham ma’naviy zarar undiriladi.

Tadbirkorlik sohasidagi fuqarolik va xo‘jalik nizolarini, shuningdek jinoyat ishlarini ko‘rayotganda sudlar har bir fuqaroning tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqini qat’iy belgilab beruvchi qonunlarga rioya qilinishiga alohida e’tibor qaratishlari kerak. Qonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan mansabdor shaxslarning harakatlari tegishligicha huquqiy baholanishi zarur. Bunday g‘ayriqonuniy harakatlarga, jumladan yakka tartibdagi tadbirkorni ro‘yxatdan o‘tkazishni noqonuniy rad qilish, yoki ro‘yxatga olishdan bosh tortish, muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) berishni rad qilish yoki uni berishdan bosh tortish, bank krediti berishni asossiz rad qilish va boshqalar kiritilishi mumkin.

Aybdor shaxslarning qayd etilgan qilmishlari ish holatlariga va kelib chiqqan oqibatlariga qarab mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, hokimiyat harakatsizligi yoxud sovuqqonlik deb, basharti g‘arazli sabablar ham aniqlangan bo‘lsa pora berishga tamagirlik qilish sifatida ham tavsiflanishi mumkin.

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar, shu jumladan chet el fuqarolari yoki yuridik shaxslari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tadbirkorlik faoliyati subyektlaridir.


Download 43,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish