5. DAVLAT INSPEKSIYASI QARORLARI USTIDAN ShIKOYAT
QILISh TARTIBI
Davlat inspektorlarining xatti-harakatlari ustidan shikoyatlar Davlat inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan ko‘rib chiqiladi, boshliqning qarorlari ustidan shikoyatlar esa ular olingan kundan boshlab 10 kun muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Savdo vaziriga beriladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati masalalari bo‘yicha shikoyatlar ikki sutka davomida beriladi, bir shaharning o‘zida yetkazib beriladigan tez buziladigan mahsulotlar bo‘yicha shikoyatlar ularni sotish uchun belgilangan muddatning yarmidan oshib ketmaydigan muddatda, akt tuzilgan paytdan boshlab, nooziq-ovqat mollariga shikoyatlar esa — Davlat inspeksiyasi akti olingan kundan boshlab 5 sutkada beriladi.
Davlat inspeksiyasining mablag‘larni davlat budjetiga olib qo‘yish va iqtisodiy jazo choralari qo‘llash haqidagi qarorlari ustidan shikoyatlar bu qarorlar olingan kundan boshlab 10 kun muddat ichida berilishi mumkin.
Belgilangan muddatda shikoyat qilinganda mablag‘larni davlat budjetiga olib qo‘yish bu masala hal etilgunga qadar to‘xtatib qo‘yiladi. Davlat inspeksiyasining boshqa qarorlari ustidan shikoyat qilish ularning ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi.
III.Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, savdoning sifatini o’zgartirish yoki uni qalbakilashtirish kabi ishlar amalga oshirilgan taqdirda ishlab chiqaruvchi yoki tadbirkor yuridik javobgarlikka tortiladi. Shu nuqati nazardan endi rivojlanayotgan davlatlar rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalangan holda mahsulotlar sifatini oshirib jahon bozoriga kirishga erishadi. Shularni amalda qo`llagan holda O`zbekiston ham mustaqillikka erishgan keyin bir nechta davlatlar tajribasini amalda qo`llagan holda bugungi kunda jahon bozorida o`z o`rni va obro’yiga ega bo`ldi.
O‘zbekistonda sanoatni rivojlantirish, mahsulotlar sifatini oshirish, jahon bozorlariga chiqish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, mamlakatda mavjud 30 mingga yaqin standartning 19 mingtasi xalqaro normalar bilan uyg‘unlashtirildi va xalqaro standartlar reyestri shakllantirildi.
Eskirgan, bozor iqtisodiyoti mexanizmlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan 5 ming 600 ta standart amaliyotdan chiqarildi, 3 ming 500 tasi zamon talablari asosida takomillashtirildi. Xalqaro analoglarga muvofiq qo‘shimcha 26 ta texnik reglament ishlab chiqildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi 260 ta korxonada Global G.A.P. hamda Organic standartlari asosida sifat tizimi joriy etildi va ular xalqaro darajada sertifikatlashtirildi.
32 ta to‘qimachilik korxonasi Oeko-Tex standarti asosida sertifikatlashtirildi. 21 ta korxona Yevropa Ittifoqida talab etiladigan “SE” markirovkasini tasdiqlovchi sertifikat oldi.
“O‘zstandart” agentligi tizimidagi 20 ta sinov laboratoriyasi faoliyatini xalqaro darajada tashkil etib, birinchi navbatda oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, elektr texnikasi, yengil sanoat, gigiyena va parfyumeriya mahsulotlari hamda qurilish materiallarining xalqaro standartlarga muvofiqligini baholashni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.
Yevropa Ittifoqining “GSP+” tizimi doirasidagi imtiyozlardan keng foydalanish uchun korxonalarga xalqaro sertifikatlar olishda ko‘maklashish kerakligi qayd etildi.
Jahon savdo tashkilotining Savdodagi texnik to‘siqlar hamda Sanitariya va fitosanitariya choralari to‘g‘risidagi bitimlari normalaridan kelib chiqib, ushbu sohalarga mas’ul idoralarning vakolatlarini aniq belgilash vazifasi qo‘yildi.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Sifat menejmenti: R.Ismatov va O.Ahmedov o’quv uslubiy majmua Namangan Muhandislik Qurilish Instituti
2.Sifat menejmenti tizimi va uni sertifikatlashtirish. P.R.Ismatullayev, B.M.Axmedov, P.M.Matyakubov, G’.X.Xamroqulov, SH.A.To’rayev. Toshkent 2014
3.Internet saytlari
4.library.ziyonet.uz
5.el.tfi.uz
6.https://uz.m.wikipedia.org
Do'stlaringiz bilan baham: |