4. HUQUQLARI
Davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
Davlat savdosi va matlubot kooperatsiyasi ulgurji va chakana savdo korxonalarida sanoat, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari, shuningdek, kooperativlar tomonidan yetkazib borilayotgan xalq iste’moli mollari, butlovchi detallar, yarim tayyor mahsulotlar, xomashyo va materiallarning sifatini qarshiliksiz nazorat qilish;
davlat standartlari, texnika shartlari va boshqa normativ-texnika hujjatlari talablari buzilgan holda tayyorlangan tovarlarni qabul qilishni taqiqlash va bunday tovarlarni jo‘natishni to‘xtatish, shuningdek, tovarlarni Davlat inspeksiya vakili oldindan ko‘rib chiqqanidan keyin va mahsulotning sifati to‘g‘risidagi hujjatga uni jo‘natuvchining rozilik belgisi qo‘yilgandan keyin tovarlarni qabul qilib olish tartibini joriy etish to‘g‘risida qaror chiqarish. Bu qarorlar Davlat inspeksiyasining buyruqlari bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur qarorlar, idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, barcha ulgurji va chakana savdo korxonalarining bajarishi uchun majburiy hisoblanadi hamda ularning yuqori organlariga belgilangan tartibda tegishli chora-tadbirlar ko‘rish uchun yuboriladi;
Davlat inspeksiyasining buyrug‘i bilan realizatsiya qilish taqiqlangan tovarlarni yuborish (qabul qilish)ning maxsus rejimini tiklash yoki bekor qilish maqsadida mahsulot sifatini qayta tekshirishdan o‘tkazish. Mahsulot sifatini joyiga borib qayta tekshirish bilan bog‘liq xarajatlar ana shu mahsulotni yuborish to‘xtatilgan korxonalar tomonidan qoplanadi;
ulgurji va chakana savdo korxonalariga qabul qilish tartibi buzilishini bartaraf etish to‘g‘risida, sifatsiz tovarlarni, shuningdek, sorti, narxi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan yoki narxi ko‘rsatilmagan, yoxud bu ma’lumotlar yuklash (to‘lov) hujjatlariga mos emasligi haqida belgilangan tartibda ular uchun majburiy bo‘lgan yozma buyruq chiqarish;
davlat standartlari, texnika shartlari va boshqa normativ texnika hujjatlari talablariga mos kelmaydigan xalq iste’moli mollarini realizatsiya qilganliklari, shuningdek, mollarni tegishli ravishda saqlamasdan ular sifatining yomonlashuviga olib kelganliklari uchun sanoat korxonalari va birlashmalariga, savdo korxonalari va tashkilotlariga nisbatan iqtisodiy jazo choralari qo‘llash to‘g‘risida tegishli organlarga belgilangan tartibda yozma buyruq yuborish;
sifatsiz xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish, yuborish va realizatsiya qilishga yo‘l qo‘ygan o‘zlariga qarashli birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlarini va boshqa shaxslarni intizomiy va moddiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralarning ko‘rib chiqishi uchun takliflar taqdim etish;
sifatsiz xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish u qabul qilish va realizatsiya qilishda aybdor bo‘lgan rahbarlar va boshqa shaxslarni javobgarlikka tortish uchun materiallarni zarur hollarda prokuratura, ichki ishlar, xalq nazorati organlariga, xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qo‘mitalarining ma’muriy komissiyalariga va boshqa organlarga yuborish. Rahbarlardan ko‘rsatib o‘tilgan xodimlarni belgilangan tartibda ishdan bo‘shatishni talab qilish. Sanoat korxonalari tomonidan sifatsiz, nostandart yoki komplektsiz xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish, bunday tovarlarni savdoga yetkazib berish va jinoiy javobgarlikka olib boruvchi boshqa xatti-harakatlar bo‘yicha materiallar tergov organlariga topshiriladi;
mahsulotni standartlash va sifati bo‘yicha qoidalarni, buzuq o‘lchov vositalarini muomalaga chiqarganlik va ulardan foydalanganlik uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq, agar bu buzishlar, jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmasa, aybdor shaxslarga 100 so‘mgacha jarima solish uchun materiallarni xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qo‘mitalarining ma’muriy komissiyalariga berish;
sifatsiz mollar qabul qilingan va yetkazib berilgan hollarda korxonalarni mulkiy javobgarlikka tortish uchun materiallarni davlat hakamligi organlariga berish;
buyumlarning namunalarni, shuningdek, foydalaniladigan xomashyo, materiallar, yarim-tayyor mahsulotlar, butlovchi detallarni ularning qiymatini ushbu namuna va probalar olingan korxonalar va tashkilotlar hisobidan to‘lash orqali olish. Ularni olish tartibi, miqdori O‘zbekiston Respublikasi Savdo vazirligi xalq iste’moli mollari sifati bo‘yicha Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnoma bilan belgilanadi;
namunalar va o‘tkaziladigan ekspertizalarning qiymatini ushbu namunalar (probalar) olingan korxonalar hisobidan to‘lash orqali tovarlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar namunalari (probalari) sinovini, tahlilini o‘tkazishni tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlariga va sanoat, savdo, sog‘liqni saqlash laboratoriyalariga topshirish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |