JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
203 GURUH TALABASI IKROMOV TOHIRNING
SHAXMAT O'QITISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI FANIDAN MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI UCHUN TAYYORLAGAN
REFERATI
MAVZU: SHAXMAT O’YIN TAKTIKASI
Topshirdi: 203 guruh talabasi Ikromov Tohir
Qabul qildi: ______________________________
Jizzax 2021.
Shaxmat o'qitish nazariyasi va amaliyoti
203 guruh talabasi Ikromov Tohir
Mavzu: Shaxmat o’yin taktikasi
Piyoda oxirgi gorizontalga chiqib, biror sipoh (farzin, rux, fil, ot)ga aylanganda, yurishni koʼrsatuvchi belgiga yangi sipohning qisqa belgisi qoʼshib qoʼyiladi. Masalan, h7 – h8Fr yozuvi h7 dagi piyoda h8 ga chiqib farzin boʼlganligini bildiradi.
Donalarni urish ikki nuqta ( x ) bilan koʼrsatiladi. Chunonchi, Of3 x e5 yozuvi f3 dagi ot bilan ye5 dagi dona (sipohmi, piyodami –baribir) urib olinganligini
bildiradi. Bundan tashqari:
+ - shoxga kisht, yaʼni hujum qilingani
++ - ikki yoqlama shoxga hujum
# - mot
= - durang
O-O - rokirovka
O-O-O – katta rokirovka
! – yaxshi yurish
!! – juda zoʼr yurish
? – zaif (xato) yurish
?? – juda yomon yurish (qoʼpol xato).
Partiyalar maxsus blankalarga yoziladi. Аgar bosma blankalar boʼlmasa, partiyani oddiy oq qogʼozga quyidagicha yozish mumkin:
1. e2-e4 e7 –e5
2. Og1 –f3 Ob8 –c6
3. Ff1 –c4 d7 –d6
4. d2 –d3 Cc8 –g4
5. Ob1 –c3 Oc6 –d4
6. Of3 : e5! Fg4 :d1?
7. Fc4 :f7 + She8 –e7
8. Oc3 –d5 # mot. Oqlar gʼalaba qozondi.
Kitobdagidek satrlab yozsa ham boʼladi:
1. e2 – e4 e7 – e5 2. Og1 – f3 Ob8 – c6 3. Ff1 – c4 d7 – d6 4. d2 – d3 Fc8 – g4 5. Ob1 – c3 Oc6 – d4 6. Of3 : e5! Fg4 :d1? 7.Fc4 :f7 + She8 – e7 8. Oc3 – d5 #. Oqlar gʼalaba qozondi.
Strategiya va taktika – Shaxmat oʼyini koʼp jihatdan harbiy sanʼatga oʼxshab ketadi. Sportchining oldida doimo ikki savol turadi:
Nima qilmoq va qanday qilmoq kerak?
Аlbatta, hamma gʼalaba qozonishni hoxlaydi. Lekin, oʼyinning boshida gʼalaba qozonish rejasini tuzish qiyin. Matematikada qiyin misolni birdaniga yechib boʼlmaydi, uni maʼlum bir qismlarga boʼlib yechish lozim. Shaxmat strategiyasida uchta qismga boʼlib oʼyinni olib borish kerak:
1. Oʼyinning boshi (debyut)
2. Oʼyinning oʼrtasi ( mittelshpilь)
3. Oʼyinning oxiri (endshpil)
Bu uchta qismning oʼziga yarasha jihatlari mavjud. Oʼyin strategiyasi har bir qismdan keyin oʼzgarishi mumkin. Umumiy strategik rejada savollarning yechimini koʼrib chiqish lozim. Vaziyatdan kelib chiqqan holda oʼz kuchlarini (donalarini) toʼgʼri joylashtirish, raqibning zaif nuqtalarini aniqlash, jang maydonida tashabbusga erishish, hujum va himoyani tashkil etish, hal qiluvchi daqiqalarda kuchlarni bir joyga toʼplab raqibning zaif nuqtalariga zarba berish va hokazo. Bularning hammasi nima qilish kerak?- degan savolga javob boʼladi.
Taktika – oʼyin holatining asosiy maqsadini amalga oshirish uchun muhim omil hisoblanadi. Taktika asosan sipoh yoki piyodani qurbon qilish evaziga moddiy yoki holat afzalligiga erishish uchun qilinadigan harakatdir. Shunday qilib, strategiya va taktika bir–biriga bogʼlangan boʼlib, oʼzaro bir-birini toʼldirib turadi. Boshqa sport turidagidek, shaxmatda ham sportchi hujum qiladi va himoyalanadi. Bunda shaxmatchida yutuqqa erishish imkoniyati koʼproq boʼladi. Koʼpincha hujum qilgan tomon gʼalaba qozonadi degan fikr shaxmatda aksincha boʼlishi mumkin. Chunki yaxshi himoya baʼzan qattiq hujumdan ustun boʼlishi mumkin. Osiyoda yashagan ko‘plab oliya (grossmeyster)larning mansubalarini kiritgan. U sohibqironning o‘zi bilan ham shatranj o‘ynab turgan. Shaxmat oʼyinini oʼrganish oson-u, yaxshi oʼynash ancha mushkul. Buninig uchun maydonda yuzaga kelgan vaziyatni obʼektiv baholash koʼnikmasini egallash kerak boʼladi. Vaziyatni haqqoniy baholash shaxmatchining shakillanishida – muhim bosqich. Lekin, bu jarayon yetarlicha murakkabligi tufayli vaziyatni baholashning aniq meʼzonlari mavjud emas va bunday boʼlishi ham mumkin emas. Toʼgʼri rogʼi, shaxmatchining darajasi - uning vaziyatni baholashi bilan oʼlchanadi. Shu tufayli vaziyatning bahosi – subʼektiv, yaʼni unga baho berayotgan shaxsning fikrlariga bogʼliq. Shaxsning fikrlari esa, oʼz navbatida shaxmatga doir olgan bilimlari, malaka va koʼnikmalari asosida shakillanadi. Baxtimizga, bu borada jahonning kuchli shaxmatchilari tajribasi yetarlicha boy va oʼrganish uchun yaxshigina maktab vazifasini oʼtay oladi.
Shaxmat – intellektual oʼyin sifatida tan olingan va u inson intellektual
faoliyatining oʼziga xos koʼrsatkichi. Insonning fikrlash jarayoni mexanizmi qadim
zamonlardan beri oʼrganilib kelinayotgan boʼlsada, hamon jumboqligicha qolmoqda, endi – endi jiddiyroq oʼrganilmoqda. Shunga qaramay, insoniyat oʼz ongli faoliyati darajasida buyuk ijodkor darajasiga koʼtarila oldi. Buning siri nimada? Muvaffaqiyatlar kaliti qaerda yashirin? Gap shundagi, bilganlarimiz bilmaganlarimiz oldida juda – juda kam. Har doim yangini oʼrganish imkoniyati ochiq. Shuning uchun bilimlarimiz koʼlami taqqoslangandagina aniq namoyon boʼladi. Shaxmat murakkab oʼyin boʼlganligi tufayli, malakali shaxmatchilar tomonidan soddaroq vaziyatlar deyarli bir xil baholansada yetarlicha murakkab vaziyatlar turlicha baholanadi. Demak, kim vaziyatni toʼgʼriroq baholasa ustunlik oʼsha oʼyinchi tomonga oʼtadi. Chunki, vaziyatni toʼgʼri baholash unga ushbu
vaziyatga mos kuchli strategiyani aniqlash va kerakli yurishlarni topishda asqotadi. Odatda, shaxmatchilarga ham barcha qatori, yutuqlarga tez koʼnikish va magʼlubiyat alami azoblaridan uzoq muddat foriq boʼlaolmaslik xos. Shunda u
yutgan partiyalarini emas yutqazgan partiyalarini taxtaga qayta – qayta teradi, uzoq muddat tahlil qiladi. Bu holatni oʼzingizda kuzatib boring. Sababi, u raqib xatosidan foydalanib yutadi (ochko oladi - olish) va oʼz xatolari evaziga partiyani boy beradi (ochko beradi - berish). Olmoq – oson, bermoq – qiyin! Talaba ham imtihondan: “Besh oldim!”,-deydi, “Ikki qoʼydi?!”,-deydi... Natijada, shaxmatchida vaziyatni bir tomonlama baholash shakillanadi va b unday koʼnikmalar obʼektivlikka putur yetkazadi. Bu vaziyatni baholashdagi shaxmatchining birinchi xatosi.
Tavsiya: Siz yutgan va yutqazgan partiyalaringizni baravar tahlil qilishga odatlaning. Tahlilsiz shaxmatchi “oʼsmasligini” unutmang. Ikkinchi xato – shaxmat strategiyasi borasidagi tajribasizlik va bu masalaga jiddiy yondoshmaslik. Har ikki tashkil etuvchining mukammal egallanmasligi vaziyatni noobʼektiv baholashga olib keladi va oʼyinchi qachon faol hujumga oʼtish kerakligi hamda qachon himoyalanish zarurligi chegarasini aniqlay olmay qoladi. Bunday xatolikning bahosi koʼpincha partiya bahosiga teng boʼlib chiqadi. Nima qilish kerak? Vaziyatni obʼektiv baholashni mashq qilish lozim. Bunga esa mashgʼulotlarning maxsus turi, yuzaga kelgan vaziyatni taqoslama tahlil qilish usullarini oʼzlashtirish tufayli erishish mumkin. Shunday usullardan biri, “asosiy koʼrsatkichlar boʼyicha oʼzingiz va raqib sipohlarining joylashuvini taqqoslama tahlil qilish” bilan tanishing. Bu usulni, shartli ravishda, olti bosqi chga ajratamiz:
1. Markaz.
2. Kuchli va zaif qanotlar, xonalar.
3. Ochiq yoʼllar va diagonallarning egallanganligi.
4. Sipohlarning joylashuvi va faolligi.
5. Shohlar vaziyati va unga hujum uyushtirish imkoniyatlari.
6. Dinamika.
Koʼrish mumkinki, birinchi besh bosqichda vaziyatga berilga baho muhim oʼrin egallaydi va soʼngi bosqichda esa aniq hisob – kitob talab etiladi. Demak, bu mashgʼulotlarga kirishguncha sizda aniq hisob – kitoblarni amalga oshirish bilan bogʼliq taktik koʼnikmalar ham shakillangan boʼlishligi lozim. Yuqoridagilarni oʼzlashtirishga aniq misollar yordamida kirishamiz. Oʼz faolligini notoʼgʼri baholashga misol koʼramiz. “Moziyga qaytib ish koʼramiz”- va bu borada klassiklar ijodi doimiy ibrat manbai. Oʼz faolligi imkoniyatlarini oshiqcha baholash. Vinter – Аlyoxin (Nottingem, 1936) 1-diagramma Vaziyat elementlarining taqqoslama tahlili.
1. Markaz. Oqlar d4 xonasini egallan va c5, e5 xonalarini nazoratga olgan. Qoralar d5 xonasini egallagan va c4, e4 xonalarni nazoratga olgan. Taxminan, tenglik.
2. Kuchli va zaif qanotlar, xonalar. Oqlarda kuchli maydonlar c5 va e5, farzin qanoti oq xonalari va shoh qanotida e3 xonasi zaiflashgan. Qoralarda kuchli maydonlar c4 va e4, zaif xonalar e5 va f6. Taxminan, tenglik.
3. Ochiq yoʼllar va diagonallarning egallanganligi. Yagona ochiq vertikal “e” xech kim tomonidan egallanmagan, lekin uni qoralar ertaroq egallashi mumkin.
Taxminan, tenglik.
4. Sipohlarning joylashuvi va faolligi. Barcha ogʼir sipohlar simmetrik joylashgan. Oqlar shoh qanotida piyodalarini olgʼa surolsa, masalan f4- f5, ularning sipohlari imkoniyatlari keskin ortadi. Taxminan, tenglik.
5. Shohlar vaziyati va unga hujum uyushtirish imkoniyatlari. Har ikkala shoh ham katta rokirovka orqali oʼz xavfsizliklarini taʼminlagan, ularga bevosita hujum qilishning, hozircha, iloji yoʼq. Gc2- c3 evasiga oq shoh qarorgohi biroz zaiflashgan. Taxminan, tenglik. Vaziyat boʼyicha umumiy xulosa. Vaziyat taxminan teng baholangani holda “e” vertikalni ruxlari bilan qoralar avvalroq egallash imkoniyati movjudligidan va ularda zaif xonalar kamligi tufayli - kichik ustunlik qoralarda. Keltirilgan baholashdan toʼgʼri xulosa chiqargani holda har ikki tomon, aniq hisoblarga asoslangan oʼz rejalarini tuzishi mumkin. Bu rejalarning asosini, qoralar uchun “e” vertikalni puxta egallashi va shu yoʼl bilan oqlar vaziyatiga bosimni kuchaytirish, oqlar uchun esa yuzaga keladigan vaziyat qoralarga hal qiluvchi ustunlikni bermasligining oldini olishdan iborat boʼlishi kerak.
6. Dinamika. Аniq rejaga koʼra oqlar f4- f5 orqaligina qarshi oʼyin qilishi mumkinligini aniqlaydi va 16.Jg1-f1 yurishini qiladi. Qoralar esa oqlar rejasiga qarshi chora topdi: 16. ... gh6- h5. Аniq hisoblar shuni koʼrsatadiki, agar endi: 17.Gf4-f5 gh5-h4 18.Gf5-f6 he7-g8 19.Hg3-h1 jd8-e8 va keyinchalik je8-e6 dan soʼng f6 dagi piyoda olinadi. Shu hisobning oʼzi oqlarni strategiyasini oʼzgartirishga majbur qildi. Oʼyin quyidagicha davom etadi: 17.He2-g1 gh5-h4 18.Hg3-e2 he7-f8 19.Hg1-f3 gf7-f6 20.Hf3-h2? jd8-e8! Oxirgi yurishlar, oqlarda vaziyatni notoʼgʼri baholash natijasida aniq strategiyaning yoʼqligini koʼrsatadi. Va aksincha, qoralar avvalgi yurishi bilan ye5 xonasi ustidan nazorat oʼrnatdi va endi asosiy maqsadi, ruxlar bilan “e” vertikalini egallashga kirishdi. 21.Ie3-d2 je8-e6 22.Hh2-g4 jh8-e8 23.Jd1-e1 je8-e7 24.Lc1-d1 kd7-e8 25.Kd3-f3 hc6-a5! (2-diagramma). Birinchi vaziyatdan soʼng tomonlar oʼntadan yurishni amalga oshirdi, bironta ham almashtiruv amalga oshirilmadi. Vaziyatning bahosi esa tubdan oʼzgardi: amalda teng vaziyatdan oqlarning muqarrar yutqizigʼi aniq boʼlib qolgan holat yuzaga keldi. Oqlar sipohlari oʼz qarorgohida gʼuj boʼlib raqibning hal qiluvchi hamlasini kutishdan boshqa chora topaolmaydi, chunki birorta sipohga ham istiqbolli yurish koʼrsatish qiyin. Qoralar esa puxta tayyorgarlikdan soʼng yagona ochiq vertikalni toʼliq egalladi. Yana bir holatga alohida eʼtibor bering: eng za lvorli sipohlar ketma - ket joylashgan, farzin esa “asl qoʼmondon”larga xos (shoh bilan) “jang ortidan” soʼngi safarbarlikni eʼlon qilishga shay! Hozir qora ot s4 xonasiga sakramoqchi va otlardan birining ye3 xonasiga tushushi ularga hal qiluvchi ustunlikni keltiradi. Oqlar esa faqatgina Gb2- b3 yurish bilan qarshilik koʼrsatmoqchi. 26.Kf3:d5 mumkin emas, ye2 xonasi zaif. Oʼyinda: 26.Gb2-b3 ha5-s4 dan soʼng otni olishdan bosh tortgan oqlar (27.Gb3:s4 ke8-a5+ tezda motga olib keladi) yana oʼn yurishdan koʼproq samarasiz qarshilik koʼrsatdi.
2-diagramma
Ushbu misolda oʼyinchilarning mahorat darajasi turlicha edi. Qoralarda oʼynagan А. Аlyoxinning vaziyatga toʼgʼri baho bergani holda sipohlarni “oʼz oʼrinlariga” joylashtirish sanʼatiga tan berib, oqlarning yoʼ l qoʼygan xatolarini tahlil qilaylik. Ular: “Аniq rejaga koʼra f4- f5 orqaligina qarshi oʼyin qilishi mumkinligini aniqlaydi”,-degan edik. Koʼrdikki, bu reja xato boʼlib chiqdi. Buning oʼrniga, qoralarning ye vertikalni egallashiga qarshilik koʼrsatish maqsadida strategik reja ishlab chiqqanida, yaʼni 16.Jg1-f1 dan soʼng Ie3-d2, He2-g1-f3 lar tufayli muvozanatni ushlab turishga erishishni rejalashtirgani maʼqul edi. Vaziyatni baholashdagi birgina xatoning qanday oqibatga olib kelganligini koʼrdingiz. Keyinchalik uni toʼgʼrilashning esa iloji boʼlmadi. Keltirilgan misolimizda, oʼyinchilar darajalari turlicha edi. Lekin, teng kuchli oʼyinchilar oʼrtasida ham vaziyatni turlicha baholash tuzatilmas xatoga olib kelishi mumkin. Yana misol koʼramiz. Bunda tomonlardan birining oʼz himoya imkoniyatlarini yetarlicha baholay olmaganligi mushkulotlar sababchisi boʼladi. Oʼz himoya imkoniyatlarini oshirib baholash. Makeev – Chebotarev
3-diagramma
Vaziyat elementlarining taqqoslama tahlili.
1. Markaz. Oqlar d4 ni egallagan, ye5 ni nazoratga olgan, qoralar d5 va ye4 xonalarini egallagan. Taxminan, tenglik.
2. Kuchli va zaif qanotlar, xonalar. Oqlarda kuchli xonalar ye5 va s5, qoralarda s4. Qoralarda zaif xonalar yoʼq, oqlarda d3 va ye3 zaif. Lekin oqlarning zaif xonalariga qoralarning hozircha xavfi yoʼq. Qoralarda ozgina ustunlik.
3. Ochiq yoʼllar va diagonallarning egallanganligi. Oqlarda imkoniyatida “s” yarim ochiq vertikal, qoralarda esa “f”. Qoralar ruxi hozirda “f” vertikalida joylashgan boʼlsa, oqlarning “s” vertikalini egallashi uchun vaqt talab etiladi. Qoralarning har ikki fili faol: ular s8- h3 va a3- f8 diagonallarini nazorat qilib turibti. Qoralarda kichik ustunlik
4. Sipohlarning joylashuvi va faolligi. Raqiblarning farzin va ruxlari joylashuvini teng baholash mumkin, ular tanlanadigan strategiyaga qarab faollashtiriladi. Oqlarning ye5 xonasidagi oti raqibiga qaraganda faol, lekin qoralar otini xohlagan paytida almashishga qoʼyishi mumkin. Oqlarning fili qanday faollashishi – muammo. Kichik ustunlik qoralarda.
5. Shohlar vaziyati va unga hujum uyushtirish imkoniyatlari. Qoralar sipohlari shoh qanotini moʼljalga olib turibti. Kichik rokirovka qilish xavflimasmikan? Bu holat ham qoralarga ustunlik beradi. Vaziyat boʼyicha umumiy xulosa. Qayd etilgan qoralardagi ustunliklar ularga faol oʼyin rejasini tuzishga asos yaratadi. Bu reja oqlar hududidagi zaif xonalardan (d3 va ye3) foydalanishga qaratilgan boʼlishi kerak. Toʼgʼridan - toʼgʼri bunday harakatlarning oldini olish imkoniyati oqlarda yetarli. Qoralar oʼz maqsadlari yoʼlida oqlarning shoh qanotiga bosimni kuchaytirishga qaratilgan turli taktik imkoniyatlardan foydalanishi lozim. Shularni eʼtiborga olib, oqlar oʼz imkoniyatlarini toʼgʼri baholagan holda, qoʼshimcha zaif xonalarning yuzaga kelishiga yoʼl qoʼymay va faol harakatlardan tiyilib turishi kerak. Qoralar ikki fil ustunligiga egaligini nazardan qochirmaslik lozim. Dinamika. Partiyadagi: 13.0-0 hb8-a6! 14.Ga2-a3 kd8-h4 15.Ic1-d2 ic8-e6 16.Id2-e1 kh4-h6 17.Gb2-b4 gc6-c5! yurishlar oqlarning vaziyatni baholashdan toʼgʼri xulosa chiqarmaganliklarini koʼrsatadi. Ular shunchaki “navbatchi” yurishlar bilan qoralarga barcha kuchlarni jangovor safarbar qilishlariga yordamlashmoqda. Qoralar otining d3 xonasini toʼgʼridan - toʼgʼri egallashga boʼlgan urunishiga qarshi, oqlar taktik usulda: 14.Kd1-b3 lg8-h8 15.Ic1-d2 ha6-b4 16.Hc3-e2 kabi yurishlar bilan qarshi kurashi toʼgʼri boʼlardi. Oqlarning rejasi: Gb2-b4 dan soʼng, Ie1-g3 orqali mustahkam qala qurmoqchi edi. Аmmo qoralar gc6-c5! yurish bilan oqlar nazaridan chetda qolgan, vaziyatning oʼziga xos jihatlariga urgʼu beradi: ular s5 xonasiga otni tushmoqchi. Аlbatda oqlarni, qurbonni qabul qilgach yuzaga keladigan: 18.Gb4:s5 ha6:s5 19.Gd4:s5 id6:e5 20.Gf4:e5 holat qanoatlantirmaydi, oqlar shohining himoya imkoniyatlari chok – chokidan toʼzib ketadi. Oʼyin: 18.Gb4-b5 gs5: d4 19.Ge3:d4 ha6-s5! 20.Ie1- g3 id6:e5 21.Gd4:e5 hs5-d3! davom etib, qoralar oti oʼzini piyoda zarbasi ostiga qoʼyib boʼlsada “koʼzlagan manziliga” yetdi. Partiya yana birnecha yurishlardan soʼng: 22.Gf4-f5 ie6:f5 23.Hs3:d5 if5-e6 24.Hd5-s7 jf8:f1+ 25.Kd1:f1 ja8:f8 26.Kf1- d1 ie6-s4 qoralar yutugʼi bilan yakunlandi.
Birinchi misolimizdagidek, bu yerda ham 10 yurishdan soʼng vaziyatning bahosi tubdan oʼzgardi. Moddiy tenglik saqlanib qolgani holda oqlar umumiy shaxmat qoidalariga zid boʼlmagan, sipohlarni rivojlantirish yurishlarini amalga oshirdi. Birorta qoʼpol xatoni koʼrsatish qiyin. Gap yana mazkur vaziyatning oqlar tomonidan notoʼgʼri baholanganligida. Kelayotgan xatarni oldindan sezmaslik va oʼz himoya imkoniyatlarini yuqori baholash qanday oqibatga olib kelishini koʼrdik. Endi raqib himoyasi imkoniyatlarini yetarlicha baholamaslik yuqori darajali shaxmatchilar tajribasida ham uchrab turishligini koʼraylik. Raqib himoya imkoniyatlarini yetarli baholamaslik. Fisher - Larsen (Palьme de Malьorka, 1970)
5-diagramma
Vaziyat elementlarining taqqoslama tahlili. 1. Markaz. Oqlar ye4 xonasini egallagan holda d4 xonasini ham nazoratga olgan. Qoralar ye5 va d5 xonalarini toʼliq nazoratga olaolmagan. Oqlarda kichik ustunlik. 2. Kuchli va zaif qanotlar, xonalar. Oqlarda kuchli xona ye4, qoralarda bunday xona s5 va gb7-b5 dan soʼng s4 ham kuchli xonaga aylanadi. Oqlarda zaif xonalar yoʼq, qoralarda d6 dagi piyoda doimiy hujum manbai. Bugun boshlovchi shaxmatchilarga ham yaxshi maʼlum boʼlgan haqiqat: sitsiliancha himoyaning koʼplab variantlarida vaziyatning umumiy bahosi qoralarning gd6-d5 ni qanday va qachon amalga oshirishiga bogʼliq. Oqlar qoralarga gd6-d5 yurishini oʼzlariga maʼqul tahrirda amalga oshirishga imkon bersa, tashabbusni ham beradi. Oqlarda kichik ustunlik. 3. Ochiq yoʼllar va diagonallarning egallanganligi. Oqlar ixtiyorida “d” yarim ochiq ustun, s1-h6 diagonalь, qoralar ixtiyorida “s” yarim ochiq ustun, d8-h4 diagonalь. Taxminan tenglik. 4. Sipohlarning joylashuvi va faolligi. Farzin, rux va otlar har ikki tomonda teng imkoniyatlarda joylashgash, oqlar fillari vaziyati yaxshiroq. Taxminan tenglik. 5. Shohlar vaziyati va unga hujum uyushtirish imkoniyatlari. Har ikki shoh yetarlicha yaxshi himoya qilingan. Oqlar shoh qanotida piyodalar safarbarligini ishga solsa, qoralar “s” ustuni boʼyicha bosimni kuchaytirishi mumkin. Imkoniyatlar teng. Vaziyat boʼyicha umumiy xulosa. Diagrammada keltirilgan vaziyatda tomonlar imkoniyatlari teng, har ikki tomonda taktik imkoni yatlar yetarli. hf6-d7 dan soʼngi vaziyatni qoralar sipohlarining siqilib qolganligi sifatida boholash mumkin. Аgar oqlar bu holatdan foydalanib shoh qanoti piyodalarini olgʼa surish va d6 piyodasi zaifligidan foydalanishni birgalikda amaga oshira olsalar, qoralar oldiga jiddiy muammoni qoʼyishi mumkin. 6. Dinamika. Vaziyat bahosi natijasi quyidagi yurishlarga olib kelishi kerak edi: 12.Gg4-g5 hd7-c5 13.Ke2-h5 jf8-d8 14.Hd4-f5! (f7 xonasining zaifligi otni olish xatarli ekanligini uqtiradi! 14. ... ge6:f5 15.Ib3:f7+ lg8-f8 (lg8-h8 yanada xatarli) 16.Gg5-g6 gh7:g6 17.If7:g6 dan soʼng oqlarning mot qoʼyishi muqarrar). 14. … hc5:b3+ 15.Gc2:b3 ge6:f5 16.Hc3-d5 kc7-d7. Farzinning qochadigan boshqa tuzukroq xonasi yoʼqligi maʼlum boʼlib qoldi. 16.... kc7-a5 ga 17.Ga2-a4 dan soʼng 18.Ie3-b6 ga farzin ushlanadi. 16.... kc7- b8 ga esa 17.Jh1-g1 dan keyin Hd5-f6 xavfi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. 17.Jh1-g1 kd7-e6 18.Ge4-e5! hc6:e5 19.Ie3-b6! va oqlarda koʼpsonli kuchli yurishlar yuzaga keladi. 6-diagramma Lekin, Fisher vaziyatni notoʼgʼri baholaydi va Gh2-h4 yurishi bilan shoh qanotida piyodalar safarbarligini amalga oshirmoqchi boʼladi. Bunday rejaning natijasi qoralar shohining mustahkam istehkomi va yetarlichi kuchli markaziga deyarli jiddiy xavf solaolmaydi. Oʼz himoya imkoniyatlarini ortiqcha baholagan oqlarning hujumlarini mardonavor daf etgan qoralar asta-sekin tashabbusni oladi va gʼalabaga erishadi. Аmalda ushbu partiya quyidagicha davom etgan: 12.Gh2-h4? hd7-c5 13.Gg4-g5 gb7-b5 14.Gf2-f3 is8-b7 15.Ke2-g2 gb5-b4 16.Hc3-e2 hc5:b3+ 17.Ga2:b3 ga7-a5 18.Gg5-g6 gf7:g6 19.Gh4-h5 hc6:d4 20.Ie3:d4 gg6-g5.
7-diagramma
Qoralar himoyasining tantanasini koʼring!: oshiqcha piyoda va faol sipohlar boʼlajak gʼalaba darakchilari. Qoralar oqlar siquvini asta – sekin qaytarib, moddiy va vaziyat ustunligiga erishadi, uni yutuqqacha olib boradi. Raqib faolligini yetarlicha baholamaslik. “Аyiq oppogʼim deydi, kirpi yumshogʼim!” maqoli albatta farzandlar haqida. Shaxmat oʼyini sizning hayolotingiz mahsusi, “farzandi”. Biz uchun bu oʼxshatishning ahamiyati shundaki, oʼzingiz yaratayotgan vaziyat doimo puxtaroq, yaxshiroq va imkoniyatlaringiz ustunroq tuyilaveradi. Shaxmatchilar boy bergan partiyalariga ham koʼpincha “mening vaziyatim yaxshiroq edi” deb baho beradi. Buday holatning bosh sababchisi, raqib imkoniyatini yetarlicha obʼektiv baholamaslik. Bu borada ovchilar, lofchilar va shaxmatchilar bir- biridan qolishmaydilar... Kapablanka – Аlexin (matchning 21-partiyasi, 1927 yil)
8-diagramma
Diagrammada oqlarning 15-yurishi, Gb2-b4 dan soʼng yuzaga kelgan vaziyat.
Vaziyat elementlarining taqqoslama tahlili. 1. Markaz. Oqlar d4 xonasini egallagan holda nazoratga olgan. Qoralar nazoratida d5 va ye4 xonalari. ye5 xonasidan kim birinchi boʼlib foydalanadi? – markaz bahosi shunga bogʼliq. Hozirgi vaziyatni “teng” baholaymiz. 2. Kuchli va zaif qanotlar, xonalar. Oqlarda kuchli xonalar d4 va s5, qoralarda d5 va s4. Taxminan tenglik. 3. Ochiq yoʼllar va diagonallarning egallanganligi. Ochiq yoʼllar d va s da har ikki tomonning farzin va ruxlari joylashgan. Oqlar otlarining bu yoʼllarda joylashganligi vaziyat bahosiga taʼsir qilmaydi. Taxminan tenglik. 4. Sipohlarning joylashuvi va faolligi. Farzinlar va ruxlar joylashuvi simmetrik -teng. Oqlarning otlari markazlashgan, qoralarn ing fillari qulayroq vaziyatlarda. Umumiy baho – tenglik. 5. Shohlar vaziyati va unga hujum uyushtirish imkoniyatlari. Rokirovkadan keyingi holatda shohlar puxta himoyalangan, deyarli simmetrik vaziyat. Umumiy vaziyat bahosiga taʼsir qilmaydi. Tenglik. Vaziyat boʼyicha umumiy xulosa. Sipohlarning simmetrik joylashuvi vaziyatning tengligi nishonasi, raqiblar keyingi kurashlarda oʼz strategiyalarida
yanglishmasalar oʼyinning natijasi – durang. Tomonlar faolligining oshuvi larning
kuchli xonalarni qanday holatlarda egallashiga bogʼliq. Bu jarayon (s5 – oqlarda, s4 - qoralarda) qoralar tomonidan ilgariroq amalga oshirilishi mumkin. Lekin,
oqlarda himoya imkoniyatlari yetarlicha. 6. Dinamika. Qoralarning s5 xonasidagi oti hujum ostida. Uni ye4 xonasiga yurish sipohlarning amlashuviga, vaziyatning soddalashuviga olib keladi va bu durangning yaqqol darakchisi. hd7-b6(e5)-s5 orqali qoralar s4 xonasiga otini olib kelishi mumkin. Buning oldini olish uchun oqlar, oʼz navbatida, Hd4-b3-a5 yordamida ehtiyot chorasini qoʼllashga majbur. Shunda “tenglik” bahosi oʼz kuchida qoladi.
Аmalda, oʼyin quyidagicha davom etgan: 15.... hs5-d7 16.Ih4-g3. Vaziyatdan
soʼngi birinchi yurishdayoq oqlar vaziyatni notoʼgʼri baholaganliklarini koʼrsatmoqda: ular ye5 xonasini nazoratga oldi, oq otning ikkinchi imkoniyati xonasi esa nazardan chetda qoldi. Buning natijasi nimalarga olib kelganligini koʼraylikchi? 16.... hd7-b6 17.Kd1-b3 hf6-d5 18.Ie2-f3 js8-s4! 19.Hs3-e4 kd8-c8 20.Js1:s4? Аna endi bu aniq xato! Barcha kurash ana shu s4 xonasi uchun edi. Oqlar avval filini f3 xonasiga olib oʼtish bilan s4 xonasi ustidan nazoratni susaytirgan boʼlsa, soʼngra Hs3-e4 bilan ruxlar “toʼxnashuvini” yuzaga eltirdi. Ruxlarni almashtirish esa oqlarning s4 xonasi toʼliq qoralar ixtiyoriga oʼtishi oqibatlarini notoʼgʼri baholagani natijasidir. 20.... hb6:s4 21.Jf1 -s1 ks8-a8! 22.He4-s3 jf8-s8 23.Hs3: d5 ib7:d5 24.If3:d5 ka8:d5. Yana bir juft sipohlarning almashishiga qaramay s4 xonasidagi oq ot vaziyati yevaziga ustunlik qoralarda.
Yuzaki qaralganda tengday koʼrinayotgan vaziyat qoralarning ge6-e5 urishidan keyin tubdan oʼzgaradi. Oqlarning samarasiz qarshiliklari yana sakkiz yurishgagina
dosh beraoldi: 25.Ga3-a4 ie7-f6 26.Hd4-f3 if6-b2! 27.Js1-e1 (faol harakatlar uchun
1-garizontalning zaifligi imkon bermaydi) 27... js8-d8 28.Ga4:b5 ga6:b5 29.Gh2-h3 ge6-e5 (va nihoyat!) 30.Je1-b1 ge5-e4 31.Hf3-d4 ib2:d4 32.Jb1-d1 hs4:e3.
Vaziyat qahramoni “jon fido qildi” va oʼz jamoasi gʼalabasini taʼminladi! Oqlar taslim boʼldi. Soʼnggi ikki misolimizda yuqori malakali shaxmatchilar ishtirokida ham vaziyatning chuqurror baholanishi qanday ahamiyat kasb etishini koʼrdik.
Shaxmatchilar malakalarining tafovuti qanchalik katta boʼlsa vaziyatni aholash
natijasi ham shunga mos keladi va yuzaga keladigan ustunlik hal qiluvchi ahamiyat
kasb etadi. Bu usulda yetarlicha koʼp misollar koʼrish imkoniyati har bir shaxmatchining oʼz ustida ishlashi koʼlamini koʼrsatib beradi. Yaʼni, bunday imkoniyatlar amalda cheklanmagan. Shaxmatning boqiyligi bosh sababi ana shunda boʼlsa neajab?! Odatda, barcha shaxmatchilarda, shaxmat maydonidagi vaziyatni “koʼrish” individualь boʼladi. Tajriba oshgan sari vaziyatning eng diqqatga sazavor jihatlarini tezda ilgʼab olasiz. Biz tavsiya etayotgan, olti qisimga ajratilgan uslubiy tavsiyalarning har biri alohida ahamiyatga ega boʼlgani holda soʼngi band (dinamika) eng muhimdir. Chunki, bu bandda avvalgi barcha baholash meʼzonlari natijalari eʼtiborga olinadi.
Markazni qay darajada egallaganligi, kuchli va zaif qanotlar, xonalarning
aniqlaganligi, qancha ochiq yoʼllar va diagonallarning egallaganligi, sipohlarining joylashuvi va faolligi, oʼzingiz va raqibingiz shohi vaziyati va unga hujum uyushtirish imkoniyatlari barcha –barchasi, soʼnggi band, dinamika imkoniyatlarini
belgilab beradi. Demak, shaxmat dinamikasi (sipohlar dinamikasi), eng murakkab tushuncha boʼlib uni oʼzlashtirish serqirra bilimlarni talab etadi. Dastlabki besh banddagi baholash meʼzonlarini asongina egallaganingiz holda ular birgalikda sizga anday imkoniyatlar berishini aniqlash oʼta mushkul. Malakali shaxmat ustalarida sanab oʼtilgan tashkil etuvchilarni oʼrganish natijasida umumiy vaziyatni (fonni) his etish paydo boʼladi. Bu holat inson ruhiyati bilan bogʼliq boʼlgan, keyingi strategik harakatlarning mazmun – mohiyatini belgilab beruvchi jarayondir. Shaxmat partiyasini yaxlit sanʼat asari sifatida “koʼraolganlargini” chinakkam yuqori natijalar koʼrsata boshlaydi, shaxmat “avliyolari”ga aylanadi. Chunki, endi ularga nima qilishlik “ayon” boʼla boshlaydi, shaxmat intuitsiyasi yordamga keladi. Biznig tavsiyalarimiz esa bu yoʼldagi mashaqqatli mehnatlardir, xolos. Lekin, bu mehnatlarning samarasi hech narsa bilan taqqoslab boʼlmaydigan zavq, ijod zavqidir. Shu maʼnoda, shaxmat – sarflangan mehnatni xolisona va munosib baholovchi eng oliy haʼkam.
Do'stlaringiz bilan baham: |