Footwear International. Footwear International - oyoq kiyimlari ishlab chiqaruvchi va sotuvchi internatsional kompaniya. Ishlab chiqarishi butun dunyo bo’yicha 70 ta mamlakatda joylashgan 83 ta kompaniyani o’z ichiga olar edi, aniq qilib aytganda: oyoq kiyimlari fabrikalari, charm zavodlari, oyoq kiyimlari zavodlari uchun uskunalar ishlab chiqarish zavodlari, tadqiqot laboratoriyalari, trikotaj fabrikalari, sifatni boshqarish laboratoriyalari, taxminan 6300 yaqin chakana savdo magazinlari va 50 000 dan ortiq mustaqil chakana savdo bilan shug’ullanuvchi sotuvchilar edi.
Kompaniya xodimlari - 67000 nafar odam - har yili 270 mln. juft oyoq kiyimi ishlab chiqarar va sotar edi. Kompaniyaning asosiy ofisi xizmat ko’rsatish markazi vazifasini bajarar va butun dunyodan mutaxassislarni shu joyga yiqqan edi. Ushbu mutaxassislar marketing, chakana savdo, dizayn, kommunikatsiya, ma’lumotni qayta ishlash va biznesni boshqarish bo’yicha yil davomida turli kompaniyalarga maslahat berish uchun xizmat safarlariga yuborilar edi. Ushbu kommivoyajerlar tomonidan o’tkazilgan trening va texnik o’quv mashg’ulotlari, shuningdek, bosh ofisdagi stajirovkalar, butun dunyo bo’yicha joylashgan kompaniya xodimlarini biznesning eng so’nggi yutuqlari bilan ta’minlash imkonini berar edi. Mahalliy darajadagi hamkorlik kontseptsiyasi kompaniyaga butun dunyo bo’yicha yaxshi kutib olinishi va o’z mahsulotlarini hattoki transmilliy kompaniyalar ham yashash imkoniyati kam bo’lgan mamlakatlarda ishlab chiqarish imkoniyatini berar edi.
Bangladesh. 143998 km kv. maydonda joylashgan, ahalisi taxminan 110 mln. kishiga yaqin. Bangledesh dunyodagi aholisi eng zich joylashgan mamlakatlardan biri hisoblanadi. U, shuningdek, o’ziga nisbatan kambag’al (1987 yilda yalpi milliy mahsulot aholi jon boshiga 160 doll.), chet el yordamiga o’ta darajada muhtoj mamlakatlar o’rtasida joylashgan. YaMM ning 40 % dan ortig’i qishloq xo’jaligi sohasida yaratiladi, 60 % dan ortiq iqtisodiy faol aholi qishloq xo’jaligi sohasida band. Bangladesh tuprog’i serhosil bo’lsada, mamlakat tropik musson iqlimi zonasida joylashgan va davriy zararli tsiklonlardan aziyat chekadi. 1988 yilda mamlakat o’z tarixida misli ko’rilmagan eng qo’rqinchli suv toshqinini boshdan kechirgan.
Mamlakat aholisini 85 % i musulmonlar, 1988 yilda islom dini Bangladeshning rasmiy dini sifatida tan olindi. 95 % ga yaqin aholi bengal tilida, qolgan aholi qabila dialektlarida gaplashadi.
XX asrda Bangladesh tarixi ancha jo’shqin bo’ldi. Mamlakatning katta qismi 1947 yilgacha britan koloniyalari edi. Ushbu yilda ular Assam bilan birlashib, yangidan tashkil Pokiston davlatining provintsiyasi - Sharqiy Pokistonga aylandi. Sharqiy Pokiston aholisi ko’p, milliy kapitalning g’arbiy qismga joylashtirilgan bo’lsada, g’arbiy qism Hind maydonlari orqali 1600 kmga cho’zilgan masofada joylashgan edi.
Awami League-yyetakchi siyosiy partiya 1970 yil mahalliy saylovlarida g’alabaga erishganidan keyin 1969 yilda boshlanagan noroziliklar kuchaydi. 1971 yil 21 martda Awami League Bangladesh Xalq Respublikasi mustaqilligini e’lon qildi, bundan so’ng fuqarolar urushi boshlandi. Mojarolar tufayli 100 minglab qochoqlar xavfsiz joy izlab Hindiston chegaralarini kesib o’tdi. Dekabr oyida, Bangladesh mustaqilligini qo’llab-quvvatlagan Hindiston, urush e’lon qildi - 12 kunda Pokistonni kapitulyatsiya qildi. Bangladesh o’z mustaqilligini boy berdi, mamlakatning yangi poytaxti Dxayka shahri bo’ldi. Mustaqillikdan keyingi yillarda asli kelib chiqishi bengal bo’lmagan ko’plab moliyachi va tadbirkorlarning ketib qolishi mamlakat sanoatini tushib ketishiga olib keldi.
Keyingi yillarda Bangladeshdagi siyosiy turg’unlik u yoki bu darajada ushlab turildi. Saylovlar o’tkazilayotganiga qaramasdan, chap yoki o’ng radikal guruhlar tamonidan sodir etilishi mumkin bo’lgan terroristik harakatlar mamlakat turg’unligini xavf ostiga qo’yar edi. Terroristik harakatlar va fuqarolar huquqlarining kamsitilishi Bangladesh uchun oddiy holatga aylandi.
1983 yildan boshlab Bangladesh o’z-o’zini prezident deb saylagan general X.M.Ershad tomonidan boshqariladi. Mamlakatda favqulodda holat e’lon qilishga sabab bo’lgan 1987 yildagi namoyishga qaramasdan Ershad kelasi yildagi hokimiyat uchun saylovlarda yutib chiqdi, lekin siyosiy beqarorlik o’zgarmadi. Awami League va 8 ta siyosiy partiyalar iborat alyans oppozitsiya tuzdi. Ko’plab siyosiy partiyalar oppozitsion gazetalar bilan yaqin aloqalarda bo’lib, ular partiyalarning siyosiy pozitsiyalarini yoritar edi. Ish tashlashlar va namoyishlar tez-tez yuzaga keladigan holatlar bo’lib, oppozitsion siyosiy partiyalar, talabalar guruhlari va turli uyushmalarning birgalikdagi harakatlari natijasi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |