Reja: 1 Temirbeton ishlab chiqarish zavodlari



Download 25,94 Kb.
Sana13.06.2022
Hajmi25,94 Kb.
#663870
Bog'liq
2 5202005921525405751


Mavzu: Temirbeton konstruksiyalari va mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodlari va ularga bo'lgan talablar
Reja:
1) Temirbeton ishlab – chiqarish zavodlari
2) Temirbeton tasnifi
3) Yig‘ma temir-beton buyumlari korxonasida mahsulot va ishlab chiqarishning xususiyatlari
4) Temir-beton mahsulotlarini tayyorlashning asosiy usullari
5) Foydalanilgan adabiyotlar

Umumiy ma’Iumotlar Mamlakatimizda sanoat va turar-joy binolari qurilishida bir xil turdagi yig'ma temir-beton konstruksiyalari 90 foizga yaqinni tashkil qiladi. Yig'ma temir-beton mahsulot va konstruksiyalari, asosan, uzun, tekis yuzali, blokli, hajmli holda ishlab chiqariladi. Uzun konstruksiyalar va mahsulotlarga kolonnalar, fermalar, rigellar, to'sinlar, ustunlar; tekis yuzalilarga — yopish plitalari, devor va to'sish panellari, bunker va zaxira devorlari; bloklilarga — og'ir fundamentlar, yerto'la devorlari; hajmlilarga — sanitar-texnik kabinalar, blok xonalar, siloslarning qutichali elementlari, quduq halqalari va boshqalar kiritiladi. Mahsulotlar, asosan, payvandlangan to'r, karkas va yiriklashtirilgan armatura bloklari bilan armaturalanadi. Zo'riqtirilgan armaturadan foydalanishda mahkam ushlash, tortish va armaturani zo'riqqan holatida mahkamlash uchun sharoit yaratiladi. Yig'ma temir-beton konstruksiyalari uchun yuqori darajadagi mustahkamlik, zichlik, sovuqqa chidamlilik va suv o'tkazmaslik sifatiga ega bo'lgan betonlar qo'llaniladi. Masalan, yuk ko'taruvchi temir-beton konstruksiyalarda M 150 — M 800 markali og'ir beton, zichligi 2200—2500 kg/m3; g'ovak to'ldiruvchili konstruksion betonlar uchun M 150 — M 500 markali; to'sish konstruksiyalar uchun 162 М 50 — М 100 markali, zichligi 700—1000 kg/m3 yengil betonlar keng ko'lamda foydalaniladi. Ko'pchilik mahsulotlarda o'lchovdan og'ish chegarasi (plita, panel, kolonna, to'sin) 4—10 mm dan, himoya qatlamida esa 3—5 mm dan oshmasligi kerak.O'zbekistondada beton ishlab - chiqarish, Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodlarda, mexanizatsiyalashgan ochiq poligonlarda yoki qurilish maydonlarida tayyorlanadi va inshoot kuriladigan joyga tashib keltirilib, koʻtarish kranlari vositasida yigʻiladi (montaj qilinadi). Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. ning monolit konstruksiyalardan afzalligi shundaki, qolip tayyorlash uchun ketadigan mehnat va yogʻoch sarfi bir necha marta qisqaradi (Oʻzbekistonda yogʻoch kamligi uchun buning ahamiyati katta), qurilish muddati kamayadi va narxi ham ancha arzonlashadi, konstruksiyalarning sifati ortadi. Metall va yogʻoch konstruksiyalarga nisbatan yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. chidamliligi, olovbardoshligi hamda zanglashga chidamliligi bilan farqlanadi. Sanoat, uyjoy va fuqaro qurilishi uchun temirbeton qoziqlar, poydevor bloklari, ustunlar, toʻsinlar, ferma elementlari, tom, orayopma va devor panellari, kranosti toʻsinlari, zinapoya marshlari va maydonchalari, balkon va karniz plitalari, deraza va eshik oʻrni panellari, sarbasta (tepadon), deraza osti plitalari va boshqa ishlab chiqariladi. Sanoat binolarining 85% ini yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. tashkil etadi. Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. uchun betonning mustahkamligi yuqori boʻlgan turlari (V20— V40)dan foydalaniladi. Temirbeton elementlarning choʻziladigan zonalariga qoʻyiladigan armaturalar oldindan zoʻriqtirilsa (tortib taranglashtirilsa), Temirbeton konstruksiyalar k. ning yoriqlar hosil boʻlishiga qarshiligi ortadi. Choʻzuvchi kuchlanishlar paydo boʻladigan konstruksiyalar (egiluvchan elementlar, quvurlar, rezervuarlar, minoralar va boshqalar) da oldindan zoʻriqtirilgan armaturali temir betondan foydalanish yaxshi samara beradi. Krlipga quyilgan beton qorishmasi mexanizatsiyalashgan usulda zichlashtiriladi. Koʻpincha (ayniqsa, oldindan zoʻriqtirilgan konstruksiyalarni tayyorlashda) armaturaning oʻta mustahkam xillaridan, tez qotuvchan sementlardan foydalaniladi; betonning qotishini tezlashtirish uchun maxsus kameralarda bugʻlantiriladi. Yigʻmaquyma (monolit) Temirbeton konstruksiyalar k. yigʻma elementlarning quyma beton bilan mustahkam birikmasi. Bunda barcha tarkibiy qismlar birgalikda ishlaydi, konstruksiyaga qoʻyiladigan yuk barcha elementlarga tekis taqsimlanadi; Temirbeton konstruksiyalar k. ning yaxlitligi taʼminlanadi. Temirbeton konstruksiyalar k. ning yuk koʻtarish imkoniyati boʻyicha hisoblash nazariyasi oʻzining rivojlanish jarayonida 3 asosiy davrni bosib oʻtdi. Birinchi — dastlabki davrda Temirbeton konstruksiyalar k. ni hisoblashda ruxsat etilgan kuchlanishlar nazariyasidan foydalanilgan. Bu nazariya materiallar qarshiligi fanining formulalariga asoslangan edi. Rivojlanishning ikkinchi davri A. F. Loleyt va A. A. Gvozdevning ilmiy ishlaridan boshlandi (1931). Bu ishlar asosida yaratilgan buzilish bosqichi nazariyasi 1938—55 yillarda qurilish meʼyorlarida asosiy qisoblash nazariyasi boʻlib keldi. Shu davr mobaynida Temirbeton konstruksiyalar k. larining mustahkamligi shu nazariya asosida hisoblanib kelindi.Beton deb bog'lovchi moddalar, suv, mayda va yirik to'ldiruvchilaming ma’lum proporsional miqdorlarda olingan qorishmasini yaxshilab aralashtirish, zichlashtirish va qotishi natijasida olingan sun’iy tosh materialga aytiladi. arzon to'ldiruvchilardan foydalanish betonning narxini arzonlashtiradi, chunki to'ldiruvchi va suv betonning 85—90% ini, sement esa 10—15% hajmini tashkil etadi. Keyingi yillarda qurilishda g'ovak sun’iy to'ldiruvchilardan tayyorlangan yengil beton keng ko'lamda qo'llanilmoqda. G 'ovakli to'ld iruvchilar beton zichligini pasaytiradi, bu esa uning issiqlikni tutib qolish xususiyatini yaxshilaydi. Beton va beton qorishmasining xususiyatlarini boshqarish uchununing tarkibiga kimyoviy qo'shimcha aralashtirilib, beton qorishmasining qotishi tezlashtiriladi yoki sekinlashtiriladi, ancha plastik va qulay quyiluvchanligi oshiriladi, qotish jarayoni tezlashtiriladi, mustahkamligi va sovuqqa chidam liligi ko‘tariladi. Zarur hollarda beton xususiyatlari boshqa yo‘nalishda o‘zgartiriladi. Beton — asosiy qurilish ashyosidir. Unga keng qamrovda turli xususiyatlar, jumladan , mustahkamlik, zichlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik va boshqa shu kabi xossalani berish mumkinBeton tasnifiHozirgi zamonda qurilishda betonning turli xillaridan foydalanilmoqda. Beton turlarini qo'llangan materiallar xususiyatlari va belgilangan maqsadiga qarab tasniflash bo'yicha tartibga solish mumkin. Betonning ko‘p xususiyatlari uning zichligiga bog 'liq , ya’ni beton zichligi sement toshining zichligiga, to'ldiruvchilarning turi va beton tuzilishiga bog'liq. Beton zichligi bo'yicha o'ta og'ir (2500kg/m3 va undan ortiq); og'ir (1800—2000 kg /m3); yengil (500—1800 kg/m3); o 'ta yengil (500 kg/m3 dan kam) turlarga bo'linadi. Beton sifati, asosan, tayyorlanadigan materiallarga bog'liq. Materiallarni beton uchun to‘g‘ri tanlash, ya’ni betonga qo'yiladigan talab, materiallarning xususiyatlarini hisobga olish beton texnologiyasida yuqori o'rin tutadi. Bunda beton ishlab chiqarishda sement va mehnat sarfining maksimal iqtisodiga erishiladi. Beton tayyorlash uchun ishlatiladigan suvBeton qorishmasi tayyorlash uchun vodoprovoddagi ichimlik hamda vodorod ko'rsatkichi pH4 dan kam bo'lmagan (ya’ni nordon emas, lakmus qog'ozini qizil rangga bo'yamaydigan) suvdan foydalaniladi. Suv tarkibida sulfatlar 2700 mg/1 va boshqa hamma tuzlar 5000 mg/1 dan oshmasligi kerak. Suvning beton qorishmaga yaroqliligi to'g'risida shubha paydo bo'lsa, solishtiruvchi tekshiruv namunalari berilgan suv va oddiy vodoprovod suvi bilan tayyorlab tekshirib ko'rish zarur. Beton qorishmasini tayyorlash uchun dengiz va boshqa sho'r suvdan foydalanish mumkin, yuqorida qo'yilgan talablarga javob bersa bo'Idi. Faqat uy-joy va ijtimoiy binolar ichki konstruksiyasini betonlashda, issiq va quruq mintaqadagi suv usti temir-beton inshootlarida dengiz va sho'r suvdan foydalanib bo'lmaydi. Bu suvdagi tuzlar betonning ustki qismiga chiqib, po'lat armaturani korroziyaga uchratadi. Betonga sepiladigan suv ham beton qorilgan suvdan bo'lishi kerak Yig‘ma temir-beton buyumlari korxonasida mahsulot va ishlab chiqarishning xususiyatlariTurli buyum va konstruksiyalarni tayyorlash usulidan aynan birini tanlash o‘sha usulning turi, texnologik o‘ziga xosligi va ishlab chiqarish hajmiga bog'liq. Shu bilan birga aynan bir buyumni ishiab chiqarishdagi texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisobga olish ham ahamiyatlidir. Temir-beton buyumlarining yuzdan ortiq turlari mavjud. Ishlab chiqarishda tejam korlikka erishish uchun ularning turini imkon qadar kamaytirish lozim. Temir-beton buyumlari quyidagi xususiyatlariga ko‘ra bo'linadi: qaysi yo‘nalishda ishlatilishiga ko‘ra — sanoat, uy, fuqaro qurilishi uchun; bino yoki inshootdagi ishlatilish o‘mlga ko‘ra — poydevor, torni qoplamasi, devor va boshqalar uchun; geometrik shakliga ko‘ra — ustunsimon, plitali, blokli, panjarali va h.k.; ko'ndalang kesimining shakli va xususiyatiga ko'ra — uzluksiz, g'ovak, qovurg'ali, qat-qat va h.k.; armatura qo'yilishining xususiyatiga ko'ra — betonli (armaturasiz), temir-betonli (oddiy yoki tortilgan armaturali); betonning turiga ko'ra — og'ir, yengil, yacheykali beton. Bir xil turdagi buyumlar, agar konstaiksiyasi va o'lchami har xil bo'lsa, bir turli buyumning o'lchamiga ko'ra yoki bir turdagi buyumga armatura turlicha joylangan, detallari har xil yoki texnologik tirqishlari turlicha bo'lsa, markasiga ko'ra farqlanadi. Tayyorlash texnologiyasidan unisi yoki bunisini tanlash buyumning shakli, uning o'lchami, og'irligi, betonning turi va armatura qo'yilish usuliga ko'ra tanlanadi. Korxonaga rentabel ishlash imkonini beradigan eng maqbul ishlab chiqarish quvvatini tanlash qo'yilayotgan mablag'ning hajmi, mahsulot tannarxi va transport xarajatlariga ko'ra belgilanadi. Korxona ishlab chiqarish quiymati ikki marta oshirilganda umumiy mablag' sarfi 15—20%, yig'ma temir-beton buyum larining tannarxi esa 5—8% kamayadi. Ma’lum bir qurilish turi (uy qurilishi, sanoat) uchun lozim bo'ladigan barcha ahsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan temir-beton buyumlari zavodida bir nechta texnologik liniyalar mavjud bo'Iib, ularning har birida ma’lum bir buyum tayyorlanadi va bunday usul ishlab chiqarishni tejamli ishlaydigan qilib tashkil etish imkonini beradi. Temir-beton buyumlari sanoatida tayyorlanayotgan buyumning nomi va ko'rinishiga ko'ra korxonalar quyidagicha bo'linadi: ixtisoslashgan korxona — uy qurilishi korxonalari; yirik panelli uy qurilish korxonalari va sexlari; hajmiy-blokli uy qurilish zavodlari; zavod qurish kombinatlari; qishloq xo'jaligi qurilishi korxonalari; quvur, shpal, elektr ustunlari va boshqa mahsulot turlarini chiqaruvchi to r ixtisosli zavodlar; temir-beton buyumlari chiqaruvchi universal zavodlar; sanoat korxonalari kombinatlari; temir-beton buyumlari poligonlari.Ixtisoslashgan korxonalar (kombinat va zavodlar) bino va inshootlar montaji uchun lozim bo‘ladigan umumiy buyum va konstruksiyalami ishlab chiqaradi. Bunday korxonalaming ba’zi texnologik liniyalari ma’lum bir detalni ishlab chiqarishgagina ixtisoslashgan bo'ladi. Uy qurilishi korxonalari turli ko‘rinishdagi uylar uchun lozim bo‘ladigan buyum turlari va qurilmalarni tayyorlaydi. Bular sirasiga ichki, tashqi devor panellari, tosh qoplamalari, sanitar-texnik kabinalar, zinapoyalar, qo'shimcha elementlar kiradi. Shuningdek, korxonalarning montajini ham bajaradi. Uy qurilishi korxonasining mahsuloti — tayyor uy bo'ladi. Mamlakatimizda yirik panelli uy qurilishining katta tajribasi to‘plangan va yiliga 100—140 ming m2 uy qurilishiga mo'ljallangan kom binatlarning umumiy loyihalari ishlab chiqilgan. Bunday korxonalarda turli tipdagi 9—16 qavatli uylar tayyorlanadi. Hajmiy-blokli uy qurilish zavodlari uy va jamoat binolari qurilishi uchun tayyor temir-beton elementlarini yetkazib beradi. Zavod qurish kombinatlarida sanoat inshootlari uchun umumiylashtirilgan buyum turlari tayyorlab chiqariladi. Bular sirasiga fermalar, kran osti balkalari, ustun, devor va tom panellarini kiritish mumkin. Bunday korxonalaming ishlab chiqarish qiymati yiliga 200 ming m3 temir-beton buyumlarini tashkil etadi.Qishloq qurilish kombinatlari chorvachilik majmualari, ishlab chiqarish binolari, don omborlari, silos saqlash joylari, madaniy va uy-joy binolari qurilishi uchun konstruksiyalar yetkazib beradi. Torixtisosli zavodlar konstruksiyasi va tayyorlash texnologiyasi bir xil bo‘lgan standart buyumlarni chegaralangan miqdorda ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo'ladi. Bunday korxonalar sirasiga shpal tayyorlash, elektr ustunlari, metro va shaxta tirkagichlari, temir-beton quvurlari tayyorlash zavodlari kiradi. Universal zavod va poligonlar turli nomdagi har xil buyumlarni ishlab chiqarishga mo'ljallanngan. Bunday zavodlarda ixtisoslashgan zavodlarga qaraganda maxsus jihozlar kamroq bo'ladi. Turli mahsulot ishlab chiqarish uchun uskunalani qaytadan tayyorlash bunday korxonalanning samaradorligini kamaytiradi. Temir-beton mahsulotlarini tayyorlashning asosiy usullariYig'ma temir-beton tayyorlashdagi asosiy operatsiyalar beton qorishmasini tayyorlash, quyish va mahsulotni qotirishdir. Bu jarayonlar to'sish va oqizish usullari bilan bajariladi. To'sish usuli bilan mahsulotni tayyorlash statsionar aralashtirilmaydigan qoliplarda olib boriladi, asbob bir qolipdan ikkinchi qolipga almashib turadi. Konstruksiyaning tashqi o'lchamlaridan va vazn o'lchovlaridan oshsa, yuk ko'taruvchi ko'prik kran tebranish maydoni mahsulotni armaturalovchi tebranish maydonida zichlashni man etadi. Chuqur o'rnatilgan va osib qo'yilgan titratgich qo'llashni, shuningdek, keng nomenklaturali mahsulot ishlab chiqarish, kichik bosqichlar (partiya) bilan katta o'lchamli o‘rnidan qo'zg'atilmaydigan konstruksiyalar qo'llashni talab qiladi. Kasset quymalarda, shuningdek, oldindan zo'riqtirilmagan konstruksiyalarni tayyorlashda to'sish texnologiyasi asosiy texnologiyadir. Potok usuli bilan ishlab chiqarishni tashkil qilishda quyish, qotirish, qolipdan chiqarish jarayonlari maxsus texnologik oqim tarkibidagi postlarda bajariladi. Har bir post bajariladigan vazifaga mos mashina, mexanizmlar bilan jihozlangan bo‘lib, qolip va mahsulot bir postdan ikkinchisiga ko‘chib turadi. Ko'chuvchi qoliplarda oqim bo'yicha mahsulot tayyorlash oqim-agregat va konveyr chizmada ishlab chiqarish loyihalashtirilgan bo'lishi mumkin. Konveyr usuli mahsulotni bir oqimdan ikkinchisiga ko‘chirishda majburiyatni oladi (masalan, 15 minut), anchagina uzoqroq jarayonli texnologik operatsiya bilan xarakterlanadi. Potok-agregat usulda qolip va mahsulot postdan postga ixtiyoriy intervalda harakatlanadi, bu berilgan operaisiya uchun xarakterlidir. Potok-agregat va konveyr qatorlarda mahsulotni quyish jarayoni bir xil ketma-ketlikda ro‘y beradi. Tayyorlangan qolip quyish joyiga uzatiladi va beton qorishma qoliplarga beton quyuvchi yoki beton taqsimlovchilar yordamida quyiladi. Keyin shu yoki keyingi postda beton qorishma maydonda zichlantiriladi. Silliqlash va betonning ustki qismini bezash maxsus postda yoki quyish postida olib boriladi. So‘ng bezalgan mahsulot ma’lum vaqtdan keyin burash yoki elektrolizatsiyalash kamerasiga joylashtiriladi. Potok-agregat usulining yaxshi tomoni texnologik qurollardan foydalanishda moslanuvchi va konveyer texnologiyadan foydalaniladi. O’z kapital sarfi bilan keng nomenklaturadagi mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati konveyer texnologiyasiga nisbatan ustundir. Bundan tashqari oqim-agregat texnologiya ko‘chirma agregatni qo'llashga asoslangan, mahsulotni bir qancha moslamadan o'tib quyish imkoniyatiga ega, murakkab konstruksiyali va ko‘p qatlamli mahsulotni yuqori sifat bilan ta’minlaydi, qatorda eskirgan qurolni sezilarsiz o‘zgarish kiritish bilan almashtirish imkonini beradi. Agregat-oqim texnologiyasi turli geometrik konfiguratsiyali (shaklli) elementlami tayyorlashda, ayniqsa, samaralidir. Konveyer texnologiyaning yutug'i: oqimning uzluksizligi, ritmning aniqligi bilan bir vaqtning o'zida hamma operatsiyalar turib qolinishining oldini olishi, maxsus standart postlaiga operatsiyalar bo'yicha bo'Iib tashlanishi va tor sohada bo‘lishi samarali ishlab chiqarishni ta’minlaydi, majmuaviy (kompleks) mexanizatsiya, avtomatlashtirish, operatsiyalararo jarayonni nazorat qiladi, shuningdek, uzluksiz ish jarayonining olib borilishi texnologik qurollardan foydalanish koeffitsientini oshiradi, quyish uskunalari bilan ta’minlaydi. Konveyer texnologiyaning kamchiliklari: mexanizm bilan ta’minlash hisobiga kapital sarfining oshishi, mexanizmlarga va qurollarga xizmat ko‘rsatish, texnologiya pasayishi, yangi nomenklaturaga o‘tish qatorini anchagina rekonstruksiya qilishga olib keladi. Konveyer qatorlar ko'proq qoilanishining bir necha turiari bor: kamerali issiqlik ishlov berish; tikka kamerali issiqlik ishlov berish; termoform paketi bilan, ikki yarusli stanlar. Kasset qolipda temir-beton mahsulotni quyish yirik panelli uyjoy qurilishlarida keng nomenklaturali mahsulotni ishlab chiqarish asosiy usullardan biri hisoblanadi. Ikki kassetli qurilmalarda yassi mahsulotni tayyorlash ancha samarali: devor panellari, to ‘siqlar, qoplama, shuningdek, ventilyatsiya bloklari, zinapoyalar, quvurlar va boshqalar. Bu usulning farqlovchi tomoni shundaki, qoliplarning tikka joylashishi va mahsulotni quyish. Kassetlar qolipi bolimlar qatorlardan tashkil topgan. Bo‘lish devorlari konstruksiyasi bo‘yicha kasset qurilmalari metall va temir-betondan bolishi mumkin. Ko‘p hollarda kasset devorlari ichi bo‘sh tik holdagi shitlardan tayyorlanadi. Mahsulotga issiqlik bilan ishlov beruvchi bug‘ yoki boshqa issiqlik tashuvchi orqali uzatiladi. Kassetlarning boluvchi devorlari yaxlit metall listlardan tayyorlangan bolishi mumkin. Kasset qurilmalarni yig‘ish mexanik yoki gidravlik usulda bajariladi. Betonni zichlash kassetning yon tomonidagi boluvchi devorlariga o'rnatilgan titratgich yordamida olib boriladi. Vertikal kassetli qurilmalarga oddiy gorizontal qoliplardagi qurilmalardan ko‘ra talab keskin pasayadi, umumiy ishlab chiqarish sikli pasayadi, ko‘pchilik ishlab chiqarish operatsiyalari (quyish, issiqlik bilan ishlov berish) bir qurilmada olib boriladi, bu bilan zavoddagi tayyor ishlab chiqariladigan mahsulot samarasi oshadi. Kasset usulda buriash kameralari kerak emas, mahsulotni titratgich va betonga joylash, qotirish vazifalari yopiq sharoitda bajariladi, ya’ni yaxshi sharoitda olib boriladi. Kamchiliklari: kasset qurilmalar vaqti-vaqti bilan ishlaydi, shuning uchun qolipni qaytadan ishlatish zarurati tuyiladi. Agar kassetlar konveyer ish tartibiga o‘tkazilsa, uning noqulay sifatlari bartaraf etilishi mumkin. Bunday kassetlar tik o'rnatilgan to'siqlar to'plamidan iborat bolishi kerak. Qolipga qorishmani quyish kassetning bir tomonidan olib borilsa, boshqa bir tomonida esa qolipdan ko'chirish olib boriladi. Issiqlik bilan ishlov berishni qurilmaning o'rta qismidagi holatidan boshlash kerak. Issiqlik bilan ishlov berish kassetlaming to'sish devorlari sonini aniqlab beradi. Bunday qurilma uzluksiz konveyer ta’sirida ishlab chiqarishni ikki marta oshiradi va quyish, ortish, yig'ish va devorlarni tozalash jarayonlarini mexanizatsiyalashtiradi. Yuqori darajada texnologik jarayonlami mexanizatsiyalashtirishga intilish zavodda yig'ma temir-beton mahsulotni tayyorlash, turarjoy, sanoat qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishda beton quyishning yangi usullarini maxsus qollanmada bajarishga olib keladi. Bu qurilmada betonni zichlash, titratish plitasi va shtamplar yordamida mahsulotning yuqori qismida bajariladi. Bunday usulga titratib o'tkazish, titratib siqish, titratib bo'shliq yaratish yordamida quyish va boshqalar kiradi. Quvur va quvursimon temir-beton konstruksiyalami quyish quyidagi usullarda olib boriladi: sentrifuga (markazdan qochma) usulda titratib quyish gorizontal va vertikal holatda olib boriladi. Quyishning yana aralash usuli ham qollaniladi. Bosimli va yuqori bosimli quvurlarni tayyorlash uchun o'zini zo'riqtiruvchi sement yordamida quyish usuli mavjud


Foydalanilgan adabyotlar 1. KMK 3.03.04—98. Yig‘ma tem ir-beton konstruksiya va buyumlarni ishlab chiqarish 2.УзРСТ 702—96 Панели стеновые внутренные бетоные и железабетонные для жилых и общественных зданий. 3. Уз РСТ 679—96. Бетоны. Правила подбора бетона. 4. Б аж енов Ю . М ., К омар А. Г. Технология бетоных ва железобетонных изделий. — М. Стройиздат, 1984
http://hozir.org
Download 25,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish