Keysolog yyechimi:
1.Tadqiqotchi fikriga ko’ra, konfliktning sababchisi-Maxmudova Z. dir. Ma’muriy choralar faqatgina unga nisbatan qo’llanilishi lozim. Nima bo’lganda ham, bo’limdan Zokirova N. emas, balki Maxmudova Z. ketishi kerak.
2.Tadqiqotchining fikriga ko’ra, oqibatda hamkasbining ishlarini unga yuklashlariga Zokirova N. ning o’zi aybdor. Agar u boshidanoq o’zining majburiyatlari borligini bildirganda, bu holat yuzaga kelmagan bo’lar edi. Rahbar mutloq haq, ishni bajara oladiganga ishni topshiradi.
3.Keysolog keys ishtirokchilarini mutlaqo ayblamaydi. Uning fikriga ko’ra, Zokirova N. hamkasbining ishlarini to’liq bajarmasdan uning ishlariga shunchaki yordam berishi mumkin edi. Bu holat uchala taraf uchun engil yechim bo’lishi kerak. Bu yechimni rahbar ko’ra olishi kerak. Aytish mumkinki, Zokirova N. Bu erda haq. Ammo uning harakatlarida ijtimoiy va kommuniaktiv etishmovchilik ko’rinadi, Bu uning tomonidan rahbarning boshqa bo’limga o’tishi haqidagi taklifiga negativ tarzda yondoshganligi .
Keys yyechimlariga izoh:
1.Jamoat ishlari haqida gap ketayotgan ekan, bir tomonga yon bosish ijtimoiy kompetentsiya nuqtai-nazaridan noto’g’ri pozitsiyadir. Bundan kelib chiqadiki, boshqa nuqtai-nazarni va tushunchani qabul qilishni bilmaslik ko’rinadi, zero har bir xodimning salohiyati va qobiliyati turlichadir. Undan tashqari, bu yechimda shaxsiy boshqaruv pozitsiyasi mavjud emas.
2. Qachonki bir xodim boshqa xodimning ishini bajarishdan bosh tortsa, balki bu holatni to’g’ri deb hisoblash mumkin. Lekin aynan shu yechimni to’g’ri deb bilish—jamoaviy faoliyat talab qilganidek, ijtimoiy (ishchi) muhit aloqalarini tiklashni xohlamaslik, bu guruhda ishlashni bilmaslikdan dalolat beradi. Bu yechimda rahbarning to’g’ri yo’l tutganligi bahs-munozaraga olib keladi, chunki bu hatti-harakatning motivi o’rinsiz, asossizdir.
3.Bir xulosa chiqaradigan yechimning o’zi yo’q. Bu erda ularni aniq pozitsiyasini aniqlovchi qaror mavjud va bu qanchalik u yoki bu ijtimoiy kompetentsiyalarning rivojlanganligini bildiradi. Bu holatda aytish mumkinki, jamoadagi boshqa xodimlar bilan hamkorlikka va o’zaro munosabatlarga tayyorligi, hamda hamkasblar bilan o’zaro shaxsiy munosabatlarni qurishni bilishi ko’rinadi. Bunda tadqiqotchining pozitsiyasining engilligi ko’rinadi, lekin uning rahbar qarorining sabablarini “kovlashtirishni” xohlamasligi ko’rinadi, balki bu- Zokirova N. uchun o’zining mansabini ko’tarilishi uchun yaxshi imkoniyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |