Oquvchilarning iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirishga yonaltirilgan talimiy materiallarni tanlash
Boshlangich sinf oquvchilarining iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirishga yonaltirilgan talimiy materiallarni tanlashda quyidagilarga amal qilish kerak:
1. Boshlangich sinf oquvchilarining psihologik imkoniyatlarini xisobga olish (qisqa muddatli, turgun bolmagan etibor, kichik xajmli hotira, korgazma obrazli fikrlashning ustunligi, fikrlash doirasinig aniq harakterga egaligi).
2. Umumiy bilim va malakaning shakllanganlik darajasini xisobga olish (oqish konikmasi, ogzaki sanash, har hil masalalarni echish va boshqalar).
3. Iqtisodga oid bilim va tushunchalarning boshlangich sinf oquvchilari fikrlash doirasiga mos kelishini xisobga olish (shunday iqtisodiy tushuncha va xodisalar tanlanishi kerakki, ular bilan oquvchi oz xayotida bir necha bor uchrashgan bolishi lozim. Masalan: bozor, sotuvchi, haridor, pul, maosh, korhona, narh, dokon, maxsulot, reklama, bank va x.k).
4. Iqtisodga oid bilim va tushunchalarni oquv predmetlar mazmuniga integratsiyalashgan xolda berilishi kerakligini xisobga olish (oqish, ona tili, matematika, mexnat va boshqalar).
5. Talim berishning umumdidaktik printsiplarini xisobga olish (korgazmalilik, izchillik, ommaboplik, faollik printsiplari talimning ilmiyligi va tarbiyaviy harakterga ega ekanligi va boshqalar).
Iqtisodiy talim-tarbiyani tashkil etuvchi elementlardan biri - oquvchilarning ongida atrofdagilarning mexnati va mexnat natijalariga ijobiy munosabatda bolish fazilatlarini shakllantirishdan iborat. Oquvchilarda iqtisodga oid bilim va tushunchalarning etarli emasligi kop xollarda ularning nafaqat umumiy foydalanish obektlariga, balki shahsiy buyumlariga ham befarq munosabatda bolishlarida korinadi. Oquvchilar maktabga kelgan vaqtlaridan boshlab, ularni orab turgan barcha moddiy va manaviy boyliklar millionlab insonlarning mexnati natijasida vujudga kelganligini tushuntirish lozim. SHuning bilan bir qatorda, iqtisodga oid bilimlar oquvchilarda ishlab chiqarish va qishloq hojaligi, savdo va boshqa sohalardagi mexnatning aloxida qirralarini tushunish, turli kasblarni farqlash malakasini shakllantiradi.
Talim jaryonida boshlangich sinf oquvchilarining iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirishga yonaltirilgan talimiy materiallar tizimi quyidagi printsiplarni oz ichiga olgan innovatsion usullar orqali shakllanishi kerak:
Ozaro bogliqlik printsipi.
Oddiydan murakkabga tomon yonalganlik printsipi.
Fanlararo aloqadorlik printsipi
Oquvchilarga fikrlash, ozini korsatish usullarini taqdim etish printsipi.
5. Taqdim etilayotgan oquv materiallari xayotga, oilaga hamda maktab xayotiga bogliq bolish printsipi.
Oquvchilar ongiga iqtisodiy tushunchalarni singdirishda faol yondashuv printsipi ularning izchil ravishda turli topshiriqlar, mashq, masala, testlarni echish, muammoli vaziyatlarni xal qilish hamda ish oyinlarida faol qatnashish asosida amalga oshiriladi. Bu turdagi topshiriq, vazifa, oyin va amaliy ishlarni bajarish orqali oqituvchi oquvchilarni bazi bir iqtisodga oid bilim va tushunchalarni ozlashtirishga mustaqil mantiqiy hulosalar chiqarish orqali olib keladi. Bunda oquvchilarga tayyor bilimlar taqdim qilinmay, balki ular bu bilimlarni olish uchun doimo ozlari mexnat qilishlari kerak boladi. Oqituvchi dars davomida oquvchini doimo suxbatga tortishi, savollar zanjiri yordamida muxokamani togri yonaltirishi, ularning javoblarini tuzatib, umumlashtirib turishi maqsadga muvofiqdir.
Oquvchilarga taqdim etilayotgan iqtisodga oid topshiriqlar ularning yosh hususiyati va ozlashtirish darajalarini xisobga olgan xolda berilishi zarur. Topshiriqlar qiyin bolsa, oquvchilarning qiziqish va intilishlariga xalal beradi. Agar xaddan tashqari oson bolsa, oquvchilar tomonidan topshiriqlarni mensimaslik xolatlari paydo boladi. Taqdim etilayotgan iqtisodga oid savol va topshiriqlar avvalo qisqa va aniq bolishi, mantiqiy izchillikda berilishi, oquvchining fikrini uygotishi, uni oylash, taxlil qilish, taqqoslashga majbur etishi, yangi iqtisodiy xodisalarni tushunishga undashi kerak.
Taqdim etilayotgan iqtisodga oid bilim, tushuncha, topshiriqlar:
-dars jarayonida togri taqsimlangan bolishi;
-oquvchilar yoshiga mos kelishi;
-asta-sekin qiyinlashtirib borilishi (tizimga solinishi);
-moljallangan vaqtga mosligi;
-dars davomida oquvchilarga tabaqali yondashishni nazarda tutilishi katta ahamiyatga ega.
Boshlangich sinf oquvchilari uchun tanlangan iqtisodiy bilimlarning mazmuni shunday bolishi lozimki, u keyinchalik yuqori sinfda beriladigan iqtisodiy talimning poydevori bolib hizmat qilishi lozim. Oquvchilarni iqtisodiy extiyojlar, ularni qondirish yollari, xayotda kop ishlatiladigan iqtisodiy atama va tushunchalar bilan tanishtirish, tejamkorlikka orgatish hamda oila va maktab misolida iqtisodga oid boshlangich bilim va tushunchalar berishni yolga qoyish lozim.
Kuzatishlarimiz shuni korsatadiki, xali oquvchi oqishni bilmaydigan, yani savod orgatish darslarida harf, bogin, sozlarni endi organayotgan davrda iqtisodga oid rasmli test savollari hamda tanlanma rasmli diktantlardan foydalanish yahshi natijalarga olib keladi.
Masalan: 1-sinf alifbe darsida quyidagicha rasmli test topshirigini berish mumkin:
Oqituvchi oquvchilarga quyidagi narsalarning rasmini beradi: sholgom, ip, un, mato, likopcha, tahta, sabzi. Oquvchilar rasmda tasvirlangan narsalar hom ashyo ekanligi, faqatgina likopcha hom ashyo tarkibiga kirmasligini, undan qanday maxsulotlar tayyorlanishi mumkinligini tushuntirib berishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |