Referat nurmurodova dilovar doniyorovna bakalavriat yo’nalishi: 5111700 – boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish



Download 302,5 Kb.
bet1/10
Sana06.04.2022
Hajmi302,5 Kb.
#531806
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O’quvchilarda iqtisodiy malakalarni shakllantirish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI


PEDAGOGIKA FAKULTETI


BOSHLANG’ICH TA’LIM ASOSLARI KAFEDRASI
TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI
fanidan
REFERAT
NURMURODOVA DILOVAR DONIYOROVNA

Bakalavriat yo’nalishi: 5111700 – boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish


MAVZU: O’quvchilarda iqtisodiy malakalarni shakllantirishda o’zbek halq pedagogikasidan foydalanish yo’llari.

Buxoro –2014


O’quvchilarda iqtisodiy malakalarni shakllantirishda o’zbek halq pedagogikasidan foydalanish yo’llari.
REJA:



  1. Iqtisodiy tarbiya haqida tushuncha

  2. O’quvchilarda iqtisodiy ta’lim-tarbiya berish sohasidagi tarixiy tajribalar

  3. O’quvchilarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirishga yo’naltirilgan innovatsion usullar

4.O’quvchilarning iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirishning didaktik qonuniyatlari
5. O’quvchilarning iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’limiy materiallarni tanlash

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI




K I R I SH
Muammoning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so’ng ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning o’ziga hos modelini tanladi. Ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi o’zgarishlar qatorida ta’lim– tarbiya mazmunini yangilash, uni muntazam takomillashtirib borish zaruriyati vujudga keldi. Bunday yangilanish O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi» va «Pedagogika fani kontseptsiyasi» asosida amalga oshirilmoqda. Darhaqiqat, bugungi kunda jamiyatga har tomonlama rivojlangan, ma’naviy etuk, iqtisodiy jihatdan bilimdon, teran fikrlaydigan, yuksak iqtisodiy bilim va madaniyatga ega bo’lgan yoshlarni etishtirish muhim ahamiyatga ega. Chunki har bir inson bugungi bozor iqtisodiyoti munosabatlari rivojlanib borayotgan bir sharoitda, uni o’rab turgan iqtisodiy voqelikni anglash, tahlil qilish hamda shunga mos harakatlarni amalga oshirish ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim. Bu bilim va ko’nikmalar asosan umumiy o’rta ta’lim maktablarida beriladi. Shuning uchun o’quvchilar ongiga barcha turdagi o’quv predmetlari tarkibida iqtisodiy bilim va tushunchalarni singdirish ehtiyoji vujudga kelmoqda.
O’quvchilarning iqtisodga oid bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biriga aylanib qolmoqda. Zero, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov bu haqda shunday degan edi: «...O’quv jarayoniga tadbirkorlik faoliyati, xuquq, soliq, sug’urta asoslari haqida bilim beradigan fanlarni dadillik bilan kiritish kerak…».
«Ta’limdagi islohotlar og’ir va mashaqqatli kechishi tabiiydir. Chunki xech qachon eskilik o’z o’rnini yangilikka osonlikcha bo’shatib bermaydi. Bu sohada o’qituvchilar, tarbiyachilar, ta’limni boshqaruv muassasalari hodimlariga keng ko’lamda ilmiy, amaliy va metodik yordam zarur»,-deya ta’kidlaydi J.Yo’ldoshev «Ta’limimiz istiqloli yo’lida» risolasida.
Iqtisodiy bilimdonlik yoshlarga mavjud boyliklarni ehtiyot qilish, asrab-avaylash, tejamkor, uddaburon, ishbilarmon, tadbirkor, halol, rostgo’y, mehnatsevar, insofu-diyonatli bo’lishni o’rgatadi. Shuning uchun iqtisodiy bilim berishni yoshlikdan, bola endi maktabga kelgan davrdan boshlansagina, ijtimoiy hayotda sifat o’zgarishlari, o’sish sur’atlari bo’lishi mumkin.
Mustabid tuzum davrida o’quvchilarga iqtisodiy bilim berishga e’tibor qaratilmagan, iqtisodiy ta’limning ilmiy, moddiy-tehnikaviy hamda metodik shart-sharoitlari vujudga keltirilmagan edi. Hozirgi davrga kelib bu dolzarb vazifaning bajarilishini o’z holicha qoldirib bo’lmaydi, chunki u g’oyat katta iqtisodiy va ma’naviy yo’qotishlarga sabab bo’lishi aniq.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining yuqori sinf o’quvchilariga iqtisodni fan sifatida o’qitish, ularga katta iqtisod, ya’ni mamlakat iqtisodini o’rgatishdan avval, boshlang’ich sinf o’quvchilarida iqtisod haqida dastlabki umumiy tasavvur hosil qilish, bizni o’rab turgan hamda oila a’zolarimiz, yaqinlarimiz doimo duch keladigan iqtisodiy munosabatlar haqida tushunchalar berish maqsadga muvofiqdir. Chunki ba’zan iqtisodiy atamalarni kattalarning o’zlari ham qiyinchilik bilan tushunib oladilar. Shuning uchun iqtisodga oid har bir tushunchani soddalashtirib, o’quvchilarning yoshi, fikrlash doirasiga mos ravishda qayta ishlab chiqish zarur.
Boshlang’ich iqtisodiy ta’lim jarayonida o’quvchi ilk bor kundalik iqtisodga oid atamalarni o’rganadi. O’quvchi iqtisodga oid bilimlarning inson hayoti uchun nihoyatda zarurligi, u barcha sohalarni o’rganish uchun muximligini his etishi lozim. Ular kundalik muloqotda iqtisodiy atamalardan foydalansalar, asta-sekin bu atamalar o’quvchilar ongiga singib boradi.
Iqtisodiy ta’limning bosh maqsadi yoshlarda iqtisodiy bilimdonlik va madaniyatni yuksaltirishdan iborat. Shuning uchun uzluksiz iqtisodiy ta’limni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’nalishlarini aniqlash zaruriyati qo’yilmoqda.

Download 302,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish