Referat nurmurodova dilovar doniyorovna bakalavriat yo’nalishi: 5111700 – boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish



Download 302,5 Kb.
bet9/10
Sana06.04.2022
Hajmi302,5 Kb.
#531806
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O’quvchilarda iqtisodiy malakalarni shakllantirish

1-sinf alifbe darsida quyidagicha tanlanma rasmli diktant berish mumkin:
O’qituvchi quyidagi so’zlarni o’qiydi: quyosh, chelak, qoshiq, gilos, kosa. O’quvchilar uy jixozlarini ifodalaydigan so’zlarni (chelak, qoshik, kosa) topib, ularning rasmini chizishlari kerak.
Shundagina alifbe darsligi nafaqat hat-savod o’rganish manbai, balki o’quvchining iqtisodiy bilimdonligini shakllantirishga hizmat qiladigan ta’sirchan vosita bo’la oladi. O’qish va yozishni o’rganib olgan o’quvchi endi ona tili, o’qish, matematika, atrofimizdagi olam darslarida iqtisodga oid bilim va tushunchalarni aniqlashga qaratilgan test va topshiriqlarni bemalol bajara oladi (2-ilovaga qarang).
Kuzatishlarimiz shuni ko’rsatdiki, bunday mashg’ulotlar orqali 1-sinf o’quvchisi 18-20 ta iqtisodiy atama va tushunchalarni egallasa, 4-sinfda mazkur atama va tushunchalarning soni 70 tagacha etadi.
Ma’lumki, moddiy borliqda bo’lgani kabi ilmiy qarashlar, tushunchalar tizimida ham muayyan izchillik mavjud. Bunday qonuniyatlar iqtisodiy bilim va tushunchalarni o’rgatishga yo’naltirilgan o’quv materiallarini aniq bir izchillikda o’quvchilarga taqdim etishni taqozo qiladi.
Biz quyida taqdim etgan boshlang’ich sinf o’quvchilari bilishi kerak bo’lgan iqtisodiy atama va tushunchalar:
1) oddiy va oson bo’lib, boshlang’ich sinf o’quvchilari tomonidan engil o’zlashtiriladi;
2) aniq bir ketma-ketlikda, tizimli berilgan;
3) bir-biri bilan mantiqiy bog’liq bo’lib, oldin o’zlashtirilgan bilimlarga tayangan xolda keyingilarini o’zlashtirishga qaratilgan;
4) o’quvchilar bu iqtisodiy atama va tushunchalarga o’z xayotlari davomida duch keladilar;
5) yuqoriroq sinflarda o’rgatilishi mo’ljallangan qisman murakkabroq iqtisodiy tushunchalar xaqida boshlang’ich sinf o’quvchilari umumiy tasavvurga ega bo’lishlarining o’zi etarlidir.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari o’rganishi zarur bo’lgan iqtisodiy atama va tushunchalar tizimini taqdim etishda, biz bu atama va tushunchalarni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilish darajasini aniq nazarda tutishga harakat qildik.
O’quv materialining maqsadga muvofiq tarzda tanlanganligi o’quv-biluv faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlashda namoyon bo’ladi. Agar mazkur o’quv materiallarini o’zlashtirish natijasida o’quvchilarda muayyan ko’nikma va malakalar xosil bo’lsa, bu turdagi o’quv materialining samaradorlik darajasi, didaktik qiymati yuqori bo’ladi. SHuning uchun ham o’quvchilarning iqtisodiy bilim, ko’nikma va malakalarini samarali rivojlantirishga erishishni tashkil etish maqsadida o’quv materiallarining yangidan-yangi modullarini tanlash lozim.
Modul lotincha «modulus» so’zidan olingan bo’lib, bu o’rinda qism, bo’lak, ya’ni, o’quv materialining muayyan komponenti ma’nosini bildiradi. Innovatsion usul modullarga asoslangan bo’lib, o’quvchining o’z faoliyati, yutuq va kamchiliklarini baxolash jarayoniga tayanadi, bunda o’quvchi individual reja asosida to’liq yoki qisman (kichik guruxdagi o’quvchilar bilan hamkorlikda) mustaqil ishlaydi, uning harakati faollashadi, o’quv jarayoni ijodiy tus oladi. Innovatsion usul o’qitishning interfaol usullari sirasiga kiradi. Bunday tehnologiyadan foydalanish natijasida o’quvchi o’quv-biluv jarayonida ko’zlangan maqsadga mustaqil erishadi. Innovatsion usul tayanch o’quv reja tarkibidagi o’quv fanlari, dasturlar, amaliy tajribalar, bilim va ko’nikmalarning yig’indisi xisoblanadi va o’quvchilarning aniq faoliyat ko’rsatishlariga yordam beradi.
Innovatsion usul an’anaviy ta’lim berish jarayoniga muqobil tarzda vujudga kelgan, u pedagogika nazariyasi va amaliyotidagi to’plangan barcha tajribalar va ta’lim jarayonida jadallashtiruvchi hamda rivojlantiruvchi metodlarni o’zida mujassamlashtiradi. An’anaviy ta’lim jarayonining asosiy kamchiligi o’qituvchining o’quvchi ustidan mutlaq xokimlik maqomiga ega bo’lishidan iboratdir. Ta’lim berish hamda shahsning rivojlanish qonuniyati esa o’quv jarayonini shunday tashkil etilishini talab qiladiki, unda o’quvchi o’zi mustaqil ravishda bilim olishi, o’qituvchi esa darsni tashkil qilishi, o’quvchiga maslaxat berishi hamda uni nazorat qilib turishi lozim. Innovatsion usul mana shu vazifani bajaradi, ya’ni o’quv jarayonida sub’ekt-sub’ekt munosabatlariga keng yo’l ochadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o’z yo’liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir»

XULOSA Hozirgi kun talablariga javob berish barobarida uzluksiz ta’limning yagona tizimi, umumta’lim tayyorgarligining uzluksiz ta’limdagi ahamiyati, shaxs barkamolligi, mustaqil ijodiy faoliyat ko’rsata olishda yoshlarni iqtisodiy munosabatlarga jalb etish va tayyorlashga yo’naltirilgan ilmiy qarashlar tizimi shakllanmoqda.


«Iqtisodiy ta’lim-tarbiyani takomillashtirishni vaqt bilan qat’iy chegaralash mumkin emas. Uning uzluksizligini ta’minlovchi, iqtisodga yo’naltirilgan ta’lim-tarbiya tadbirlari tizimidagi markaziy siymo jaxon andozasiga mos keluvchi ijodkor shahsdir. Shaxsning kamolotga intilishi ijodkorlikni ta’minlaydi»-deyilgan J.Fozilov va boshqalarning «O’quvchi ma’naviyatini shakllantirish» nomli risolasida.
Darxaqiqat, ta’lim–tarbiya jarayonida o’quvchining iqtisodiy bilimdonligini ta’minlashni yuqori sinflardan emas, balki boshlang’ich ta’lim bosqichidan boshlash har tomonlama maqsadga muvofiqdir.
1. Bugungi kunda ta’lim jarayonining bosh maqsadi o’quvchilarni uzluksiz rivojlantirib borgan holda ularni ijtimoiy hayotga tayyorlashdan iboratdir. Ijtimoiy munosabatlarga kirishning eng muhim belgisi esa iqtisodiy bilimdonlikda namoyon bo’ladi. Shuning uchun iqtisodiy bilimdonlikka oid ko’nikmalarni boshlang’ich sinflardan boshlab rivojlantirib borish bugungi kunda tobora ko’proq ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga iqtisodiy bilim berishga hizmat qilayotgan metodik qo’llanma, dastur, darsliklarning mazmunini taxlil qilish hamda shu sohada amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari va ta’lim jarayoni oldiga qo’yilayotgan ijtimoiy buyurtmani o’rganish natijasida, boshlang’ich sinf o’quvchilarining iqtisodiy bilimlarini innovatsion usullar vositasida rivojlantirishning didaktik asoslarini ishlab chiqish pedagogika fanida o’z echimini kutayotgan dolzarb muammo ekanligini aniqlash imkoniga ega bo’ldik.
2. O’quvchilarning iqtisodga oid bilim va ko’nikmalarining mavjud darajasini o’rganish natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, bugungi kunda o’quvchilarning bu sohadagi bilimlari etarli emas. Ular ijtimoiy xayotda o’zlari duch kelayotgan iqtisodiy atamalarning mazmunini to’liq tushunib etmayaptilar. Ularning xisob-kitob qilish ko’nikmalari etarlicha shakllanmagan. O’quv dasturlari va darsliklarda taqdim etilayotgan iqtisodiy bilim va tushunchalarning berilishida izchillikka amal qilinmagan. O’quvchilarning yosh hususiyatlari va ijtimoiy tajribalarining mavjud darajasi ularni o’zlashtirishga imkon bermaydi. Bularning barchasi boshlang’ich sinf o’quvchilari egallashi zarur bo’lgan iqtisodga oid bilimlar mazmunini muayyan didaktik printsiplarga tayangan xolda belgilab berish zaruriyatini qo’ydi.
3. O’quvchilarning iqtisodga oid bilimlarini rivojlantirishda darsning turli shakl hamda vositalaridan foydalanish lozimligi tadqiqotlarimiz natijasida aniqlandi.
4. Innovatsion usuldan dars jarayonida foydalanish uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjud bo’lishi hamda innovatsion usuldan foydalanishning maqsadini aniq belgilab olish lozimligi tadqiqot ishlari jarayonida nazariy jixatdan asoslab berildi.


Download 302,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish