Boshlangich sinf oquvchilari ongiga iqtisodiy tushunchalarni singdirishda biz ularning aniq tafakkur qilish qobiliyatining koproq rivojlanganligi, mantiqiy abstraktlash, aqliy muloxazalar hamda umumlashtiruvchi hulosalar chiqarish qobiliyati esa xali u darajada shakllanmaganligini inobatga olishga harakat qildik. Shuning uchun boshlangich sinf oquvchilariga iqtisodiy bilim va konikmalar berishning dastlabki yilida ularni shunday iqtisodga oid tushunchalar bilan tanishtirish kerakki, oquvchilar bu tushunchalar bilan oz oilalari, yaqinlari, maktab jamoasi orasida duch kelgan bolishlari lozim. Taqdim etilayotgan iqtisodga oid bilim, tushunchalar oquvchilarga yaqin va tanish bolgani uchun, ular dars davomida mavzu boyicha bemalol mushoxada yurita oladilar, hulosalar chiqaradilar. Sinfdan sinfga otib borgan sari oquvchilar aniq dalillarni umumlashtirish, bir qancha abstrakt tushunchalarni shakllantirishni organadilar, ularda izchil taxlil qilish konikmalari paydo boladi. SHuning uchun taqdim etilayotgan iqtisodga oid bilim, tushunchalar doirasi bosqichma-bosqich kengaytirilib, chuqurlashtirilib borilishi lozim. Masalan, 1-sinfda oquvchilar pul, tovarlar narhi xaqida tushunchaga ega bolsalar, 2-sinfda ish xaqi (maosh), mukofot, daromad, harajat, 3-sinfda oila byudjeti, foyda, chiqim, 4-sinfda biznes, tovarlar eksporti va importi xaqida tushunchalarga ega boladilar. Boshlangich sinf oquvchilarining iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirish uchun oqish darslarida iqtisodiy mazmundagi kichik xajmli matnlarni ifodali oqish, xikoya qilib berish, shu matndagi iqtisodga oid sozlar lugatini tuzishni yolga qoyish, ogzaki nutqini mukammallashtirish maqsadida esa iqtisodiy mavzudagi dialoglardan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ona tili darslarida oquvchilarning yozma nutqini shakllantirishga qaratilgan diktant, bayon, xikoya tuzish kabi nazoratlar uchun tanlanadigan mavzular iqtisodga oid bolishiga etibor qaratish lozim.
Iqtisodiy atamalarni oquvchilar tomonidan togri talaffuz qilinishiga erishish uchun, ularni dars boshida sinf doskasiga yozib qoyish tavsiya etiladi. Bu esa, oquvchining mazkur atamani eslab qolishini taminlaydi. Analogiya (ohshash) tarzdagi oquv topshiriqlarini bajarishga oquvchi nisbatan kam kuch sarflaydi. Chunonchi, maxsulot, ayirboshlash, bozor kabi iqtisodiy atamalarni oquvchilar ongiga singdirishda koproq vaqt sarf qilinadigan bolsa, tovar, barter, birja kabi ohshash bolgan atamalarni ularga etkazish ancha oson kechadi. Iqtisodga oid bilimlarni taqdim etishga yonaltirilgan talimiy topshiriqlar hamda oquv materiallarining mazmunini belgilash jarayonida bu xolatni aloxida xisobga olishga intildik (2-ilovaga qarang). Bunday talimiy topshiriqlarni bajarish jarayonida oquvchi mustaqil fikrlaydi, faol harakat qiladi, ijodiy faollik korsatadi va shu asosda egallagan iqtisodga oid bilim, konikma va malakalarini namoyon qiladi.
Iqtisodga oid bilim va tushunchalarni orgatishga yonaltirilgan oquv materiallarining mazmuni, izchilligi va xajmini belgilash jarayonida didaktikaning mana shu qonuniyatiga amal qilish nazarda tutiladi.
Oquvchilarning izlanuvchanlik, kuzatuvchanlik, topqirlik, ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik kabi harakatlari tartibsiz tarzda vujudga kelmasligi, balki iqtisodga oid bilimlarning mazmuni bunga asos bolishi lozim. SHuningdek, taqdim etilayotgan iqtisodga oid bilimlar oquvchining faoliyatini maqsadli tarzda rivojlantirishga hizmat qilishi kerak. Oquvchilarning iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirishda muayyan yoshdagi bolalarning ruxiy xolatiga hamda imkoniyati va extiyojlariga mos konikma, malakalar tizimini tarkib toptirishni kozda tutish maqsadga muvofiqdir.
Boshlangich sinf oquvchilarining iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirish talim berishning faoliyatli yondashuvidan faol foydalanishga qaratilmogi lozim. Bunda talimning asosini oquvchilar tomonidan oqituvchi bergan malumotlarning hammasini eslab qolish emas, balki ularni malumotlar taqdim etish jarayonidagi ishtiroki tashkil etishi kerak. Oquvchi talim jarayonining subekti sifatida unda faol ishtirok etishi lozim.
Talim jarayonida oquvchining faolligi, ijodkorligi uning iqtisodiy bilim va tushunchalarni ozlashtirishga bolgan qiziqishi bilan uzviy bogliqlikda bolishi maqsadga muvofiqdir. Shundagina oquvchi oqituvchi tomonidan qoyilgan iqtisodga oid savollarning muxokamasida ishtirok eta oladi, taqdim etilayotgan iqtisodiy materialga hamda oqituvchining vazifalariga etibori oshadi.
Oquvchilar ongiga iqtisodga oid bilim va tushunchalarni singdirish spiral (burama chiziq) tarzida qurilishi lozim. Buning manosi shuki, organilgan iqtisodiy tushunchalarga ularni kengaytirgan, chuqurlashtirgan, yangi atamalar qoshilgan xolda qaytib kelinadi. Oqituvchining asosiy vazifasi quyi sinflarda qisman tanishtirib otilgan materiallarga moxirona qaytishdan iborat. Bunda oqituvchi organilgan iqtisodiy mavzuni qaytarmasdan, balki uni oquvchiga kengaytirib, chuqurlashtirib, yangi malumotlar bilan boyitgan xolda taqdim etishi lozim. Boshlangich sinflarda beriladigan iqtisodga oid bilimlarning mazmuni ham spiral asosida belgilanishi talab etiladi.
Masalan, oquvchilarga 1-sinfda maxsulot va uning turlari xaqida malumot berilsa, 2-sinfda natural maxsulot va tovar, 3-sinfda esa moddiy va hizmat shaklidagi tovarlarning bir- biridan farqi, 4-sinfda tovarlarga bolgan talab va taklif xaqida malumot beriladi.
Bank, birja, bozor, dokon, olkashunoslik muzeylari hamda korhonalarga ekskursiyalar uyushtirish oquvchilarga otilgan materialni mustaxkamlash, darsda olgan bilimlari xaqida aniq tasavvur xosil qilish imkonini beradi.
Oquvchilarning iqtisodga oid bilim, tushuncha va konikmalarini rivojlantirish uchun:
1) 1-4-sinf oquvchilariga orgatilishi kozda tutilgan iqtisodiy atama va tushunchalarni aniqlash, ularni izchil tizimga solish;
2) orgatilishi nazarda tutilgan iqtisodiy bilim va tushunchalarni oquvchilarga singdirishning vosita va usullarini ishlab chiqish;
3) taqdim etilgan oquv materiallarining oquvchilar iqtisodiy bilimdonlik darajasini rivojlantirishga korsatadigan tasirini aniqlash muxim ahamiyatga egadir.
Oquvchilarning iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirish maqsadida oyin, munozara, xikoya qilib berish, test savollari, boshqotirma va boshqa metodlardan foydalanish maqsadga erishishda katta ahamiyatga ega.
Oquvchi-yoshlarda iqtisodiy bilimdonlikning rivojlanishi natijasida ular ijtimoiy xayotga jadal moslashib boradilar. YOshlikdan boshlab oquvchilar tanlov muammosini, yani qaysi kitobni oqish, kim bilan dostlashish, uy ishini nimadan boshlash, qaerga borish kerak va boshqalarni ozlari xal qila boshlaydilar. Tanlov muammosini mustaqil xal qila olmagan oquvchi «boqimandalikka» organib qoladi.
Iqtisodiy bilimlar oquvchilarning nafaqat iqtisodiy tafakkurini, balki manaviy dunyoqarashini ham rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Oquvchilar bozor iqtisodiyoti tushunchasining tarkibiy elementlari bilan tanishish natijasida ishchanlik, ish etikasi shu tushunchaning tarkibiy qismi ekanligiga ishonch xosil qiladilar. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida esa tadbirkorlik faoliyati uchun (moliyaviy masalalarda) «sozining ustidan chiqish», yani tadbirkorning imidji (obro-etibori) moddiy kafolatdan ham ustun turishini oquvchilarga talimning ilk bosqichlaridan boshlab anglatib borish lozim.
Boshlangich sinflar uchun taqdim etiladigan iqtisodga oid bilim va tushunchalarning oquvchilar tomonidan ozlashtirilishi natijasida quyidagi vazifalar xal qilinadi:
1. Iqtisodga oid bilim va tushunchalarni bilish oquvchilarga atrof-muxit hamda unda sodir bolayotgan voqea-xodisalarni idrok etishga komaklashadi.
2. Oquvchilarning umumiy rivojlanishi, yani fikrlashi, emotsional-irodasi hamda ruxiy-ahloqiy sifatlarini shakllanishiga yordam beradi.
3. Oquvchilarga xayotda hamda keyinchalik yuqori sinflarda iqtisod asoslari fanini oqishni davom ettirish uchun bilim, konikma va malakalarni shakllantiradi.
4. Oquvchilarda iqtisodiy munosabatlarda ishtirok etish konikmasini hamda iqtisodiy tafakkur madaniyatini rivojlantiradi.
5. Oquvchilarda iqtisodiy bilim va konikmalarni amaliy faoliyatda qollay olish malakasini shakllantiradi.
Biz boshlangich sinflarda iqtisodga oid bilim, tushuncha va atamalarning barchasini umumiy qamrab olishni maqsad qilib qoymadik. Oquvchilarga bir qator iqtisodga oid boshlangich bilim va tushunchalar taqdim etiladiki, ular keyinchalik iqtisodiy talimning poydevorini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |