Oquvchilarga iqtisodiy talim-tarbiya berish sohasidagi tarihiy tajribalar
Malumki, ozbek halqi azal-azaldan tijorat bilan shugullanib kelgan, butun olamga ozining donoligi, tadbirkorligi, mexnatsevarligi bilan nom chiqargan.
Ajdodlarimiz jamiyat xayotining asosini tashkil qilgan iqtisodiyot va tijoratga oid boy bilim, tajriba toplashga erishganlar. Koplab ilmiy va badiiy manbalar, Sharq, shu jumladan ozbek halqining xayoti, turmush tarzi xaqida malumotlar beruvchi tarihiy, falsafiy adabiyotlar bunga misol bola oladi.
Xalollik, poklik, haromdan xazar, birovning xaqiga hiyonat qilmaslik-odamiylik, odoblilik gavhari bolib, odamni inson sifatida yuksak darajada ezozlaydi, uluglaydi. Shuning uchun ham Sharq halqlari adabiyoti, falsafasi, tarihi va madaniyati, shuningdek Islom talimoti, ularning asosini tashkil etgan Quroni karim va Xadisi shariflarda har bir kishiga xalol yol, peshona teri bilan mexnat qilib mol topish, pokiza xayot kechirishlik qayta-qayta uqtiriladi.
Avlod-ajdodlarimiz ozlarining bir necha ming yillik xayot tajribalari va tarihiy kuzatishlaridan kelib chiqib, ogrilik, bosqinchilik, qalloblik, tovlamachilik, firibgarlik, kozboyamachilik, hiyonatkorlik, porahorlik va boshqa nopok yollar bilan boylik orttirishni keskin qoralaganlar. Bolalarni tejamkorlik, isrofgarchilikka yol qoymaslik, mexnatsevar, rostgoy, insofli, sabr-qanoatli bolish ruxida tarbiyalaganlar.
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «Vatan sajdagox kabi muqaddasdir» asarida buyuk ajdodlarimizning tarihiy-iqtisodiy talimotlarini tadqiq etish, ularni bugungi iqtisodiy isloxotlarga hizmat qildirish, yosh avlodning iqtisodiy bilimdonligini allomalarimizning iqtisodga oid bilimlari bilan singdirish asosida tarbiyalash har qachongidan ham dolzarbroq bolib qolganligi xaqida quyidagilarni takidlab otgan: «Qadimda ajdodlarimiz komil inson xaqida butun bir ahloqiy talablar majmuasini, zamonaviy tilda aytsak, sharqona ahloq Kodeksini ishlab chiqqanlar. Kishi qalbida haromdan xazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bolishi kerak. Shunday odamgina lafzini saqlaydi, birovning xaqiga hiyonat qilmaydi, sadoqatli boladi. Vatani, halqi uchun jonini fido etishga ham ozini ayamaydi...»
Malumki, azaldan ota-onalar bolalarini hojalik ishlari bilan tanishtirib, ularda oilaning moddiy axvoli xaqida tasavvur xosil bolishga etibor berganlar. Shuningdek, ozbek oilalarida bolalarga rozgor buyumlarini extiyotlab, asrab-avaylash lozimligi uqtirib kelingan. Qadimda ota-bobolarimiz bolalarni tejamkorlik ruxida tarbiyalab, bu tuyguni ular ongiga singdirib borganlar. Otalar ogillariga savdo-sotiq, uy-rozgor ishlarini, onalar esa qizlariga uy tutish, oziq-ovqatni saqlash, tayyorlashni orgatganlar va bu odatlar qadimiy urf-odatlarimizdan xisoblanib kelgan.
Musulmonchilikda «halol» va «harom», «savob» va «gunoh» kabi tushunchalarni farqlash muhim ahamiyat kasb etgan. Ota-bobolarimiz musulmonchilik qoidalari deganda islom dinining asosi bolgan shariy xukmlarni tushunganlar. Ozbek oilalarida shariat qonun-qoidalariga amal qilish bolalar tarbiyasiga ijobiy ravishda tasir qilib kelgan. Qadriyatlarimizga kora, nonni xalollab egan, haromga yolamagan, birovning xaqidan xazar qilgan, savdo paytida tarozidan ham, olchovdan ham urib qolmagan, buni xatto xayoliga ham keltirmagan diyonatli tijoratchilarni jamiki odamzod boshiga kotargan.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga otish odamlarda iymon-etiqod, vijdon, xalollik, birovning xaqini eyishdan qorqish, hayr-exson singari fazilatlar bolishini taqozo etadi. Bu xaqida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov quyidagilarni takidlagan: «Manaviyat tarbiyaning eng tasirchan quroli ekan, undan oqilona foydalanish, bolalarimizni vatanparvarlik, rostgoylik, xaqsevarlikka orgatish kerak boladi. Aslini olganda, ahloq - manaviyatning ozagi. Inson ahloqi shunchaki salom-alik, hushmuomaladangina iborat emas. Ahloq - bu avvalo insof va adolat tuygusi, iymon, xalollik degani».
Bugungi kunda istiqlol sharofati tufayli yoshlarda milliy, manaviy qadriyatlar, qadimiy urf-odatlar, tilimiz, tarihimiz, otmish merosimizga etiqodni tarbiyalash uchun eng qulay muxit, shart-sharoit yaratildi.
Donishmandlarning har bir sozi, tasirchan, sermano asarlari odamlarning qalbi va ongi, xis-tuygulariga tasir etib, xayotimizdagi kamchiliklar, nuqsonlarni bartaraf etish, rivojlanayotgan shahs dunyoqarashi, uning manaviy, iqtisodiy hamda estetik bilimdonligini shakllantirishga komaklashadi.
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ilm-fanning barcha sohalarida buyuk ajdodlarimiz qoldirgan motabar manaviy nematlar va ilmiy qadriyatlarni tadqiq qilib, ozbek halqining bugungi avlodiga etkazib berishga davat etib kelmoqda. Jumladan: «Mubolagasiz aytish mumkinki, fanimiz, aql-zakovat saloxiyatimizning noyob va gozal binosiga bundan kop asrlar muqaddam poydevor solingan edi. Mamlakatimiz fani juda qadim zamondan yuksala boshlanganini, uning chuqur va qudratli ildizlari borligini fahrlanib ayta olamiz. U asrlar davomida ozbek millatiga, butun insoniyatga tabiat sirlarini organishda, tibbiyot, falsafa, xuquqshunoslik, iloxiyot, adabiyotshunoslik va tilshunoslikda ishonchli hizmat qilib kelmoqda.
Chunonchi, Imom Ismoil al Buhoriyning «Al-jomi as-saxix» (Ishonarli toplam) asari oquvchilarda bozor iqtisodiyotiga otishning manaviy-ahloqiy asoslarini tarkib toptirish va rivojlantirishda muxim ahamiyatga ega. Chunki xadislarda ilgari surilgan fikrlar xozirgi iqtisodiy munosabatlarda ham oz ahamiyatini yoqotgani yoq. Xadislarda insoniy hislatlardan ezgulik, sabr-qanoat, shukronalik kabilar uluglansa, isrofgarchilik, tamagirlik, ochkozlik, bahillik, joxillik kabi illatlar qoralanadi. Xadislarda halq tajribasida sinalgan ezgu goyalar kuchaytiriladi, ular nasixat va talab shaklida halqqa etkaziladi, halq goyalariga zid odatlar esa majoziy jixatdan borttiriladi, yomon oqibatlardan ogox etiladi. Bunday xollarda mubolagali usul orqali xadislarning tarbiyaviy tasiri kuchaytiriladi.
Asardan keltirilgan quyidagi parchalar fikrimizning dalilidir:
Miqdor raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasulullox sallollohu alayhi vasallom: «Xech kim oz qoli bilan topgan rizqdan kora lazzatliroq taom emagan. Olloxning paygambari Dovud alayxissalom ham oz qollarining mexnati birlan tirikchilik qilganlar». Bu erda mexnatsevarlik, xalollik uluglanib, insonning oz mexnati evaziga topilgan rizqining naqadar lazzatli ekanligi takidlanadi.
Umuminsoniy qadriyat darajasiga kotarilgan sahiylik, oliyjanoblik, ezgulik holis niyatda amalga oshirilmogi zarur ekanligi quyidagi xadisda takidlanadi:
Jobir ibn Abdullox raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biror narsa sotishda yoki harid qilishda yoxud biror xukm chiqarishda oliyjanoblik korsatgan odamni Ollox taolo oz raxmatiga olur».
Navbatdagi nasixatda tamagirlik, ochkozlik bilan mol-dunyo toplash sahiylikka zid bolib, u minnat evaziga, garazli maqsadda qilinishi, Ollox taolo nochorlarning qarzidan kechgan sahiy, feli keng odamlarning gunoxidan otishi xaqida quyidagilar takidlanadi:
Hufayza raziyalloxu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasullox sallolloxu alayxi vasallam bunday deydilar: «Bir odam vaqti-soati etib dunyodan otdi. Shunda unga: «Xayotlik vaqtingda qanday hayrli ish qilgansan?»-deyildi. U: «Odamlar bilan savdo-sotiq qilar edim. Shunda qarzini uzishga qurbi etadigan, (ammo vaqtincha uzolmay turgan) kishiga muhlat berar, nochorlarning qarzini kechib yuborar edim»,-deydi. Shul bois, Ollox taolo uning gunohlaridan otdi».
«Abu Hurayra raziyalloxu anxu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi vasallam bunday deydilar: «Bir tojir (savdogar) odamlarga qarz berardi. Agar nochor odamlarga qarz bersa, qol ostidagilarga: «Uning qarzidan otib qoya qolinglar, shoyad Ollox taolo ham bizning gunoxlarimizdan otsa!»,-derdi. Shunga binoan uning hizmatchilari nochorlarning qarzini kechib yuborardilar. Shuning uchun Allox taolo u dunyoda osha savdogarning gunoxidan otdi».
Agar inson ozini yolgon gapirish, ikki yuzlamachilik, ochkozlikdan saqlasa, shahs va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, manaviy takomillashuviga ijobiy tasir etadi. Xadislarda birovning xaqiga hiyonat qilmaslik, xalollik, togrisozlik savdoda baraka keltirishi, ochkozlik, bir-biriga girromlik qilish uning barakasini uchirishi xaqida quyidagi fikrlar berilgan: «Al-Ado ibn Holid raziyalloxu anxu rivoyat qiladilar: «Nabiiy sallolloxu alayxi vasallam: Agar sotuvchi oz molining aybini yashirmasa hamda oluvchi ham pul berishda girromlik qilmasa, (bunday) savdoda baraka bolur. Agar har ikkala tomon ham bir-biriga girromlik qilsa, bunday savdoda baraka bolmas!».
Demak, shunday hulosa qilish mumkinki, har ikkala tomon bir-birini aldasa, girromlik qilsa, bu savdo xalol savdo xisoblanmaydi. Savdo-sotiq ishi xalollikni yoqtiradi, shuning uchun sotuvchi ham, haridor ham rost gapirishi shart.
Uqba ibn Omir raziyalloxu anxu: «Kishi oz molining aybini yashirgan xolda savdo qilishi xalol ermas»,-deydilar.
Shuningdek, savdoda poklik, insof, diyonat, togrilik tuygulariga rioya qilish xaqidagi sozlar yuqoridagi fikrlarni toldiradi. Ibn Umar raziyalloxu anxu rivoyat qiladilar: «Bir odam janob Rasulullox sallolloxu alayxi vasallamga (har safar) savdoda aldanib qolishidan shikoyat qildi. Shunda janob Rasullullox: Har safar savdo qilayotganingda: «Savdoda aldov yoq» deb qoy!».
Savdo-sotiq ishlarida amal qilinadigan shartlardan yana biri savdogarlar ozaro bir-birlarining savdolarini buzmasliklari lozimligidir. Keyingi nasixatda birodariga hiyonat qilish, nopok narsalarga vaqti va pulini sarf etish gumrox odamlarga hos qusurlar ekanligi, ularning topgani esa xalol bolmasligi takidlanadi. Ibn Umar raziyalloxu anxu rivoyat qiladilar: «Rasulullox alayhi vasallam: «Birortangiz birodaringiz savdosi ustiga savdo qilmangiz!».
Hadislarda savdo-sotiq ishida sudhorlik bilan shugullanish qoralanadi. Sudhorlikdan olingan foyda xalol foyda emas va shuning uchun uning barakasi ham bolmaydi. qirromlik qilish ham sudhorlikning bir korinishi sifatida qoralanadi. Ibn Abu Avfo: «Molning bahosini suniy oshiruvchi odam sudhor, hoin va aldamchi bolib, topgani xalol ermas»,-deydilar.
Yangi jamiyat kishisini tarbiyalashda yuqorida keltirilgan bunday fikrlar juda katta talim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ushbu fikrlar yosh avlodni insoniy fazilatlar bilan qurollantirishdan tashqari ular tafakkurini iqtisodiy bilimlar bilan ham boyitib boradi. Shuning uchun bu fikrlardan odobnoma, oqish, ona tili, mexnat, matematika darslarida samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Isrof sozining lugaviy manosi-molni gunox ishlarga sarflash yoki ozi va bola-chaqasi uchun ham narsa qoldirmay, bor-yogini mayda-chuyda, ikir-chiqirlarga sarflab yuborish manosini anglatadi. Isrof, u qaysi korinishda bolmasin, kishining bor-yogini sovuradi, yakson qiladi,-degan fikr ilgari suriladi.
Keyingi xadisda quyidagilar takidlanadi. Abdullox ibn Abbosdan rivoyat qilindi: Rasulullox: «Yahshi siyrat, chiroyli xayat va har bir ishda iqtisodchilik etmish hislatdan bir bolagidir»,- deydilar. Bu orinda yahshi siyrat deganda yahshi muomala, chiroyli xayat tashqi korinishni yahshilab yurish, iqtisod, har bir hatti-harakatda meyorni kozlash nazarda tutiladi.
Molni tejash va kopaytirish, savob xaqida quyidagi xadisda shunday rivoyat qilinadi. Anas ibn Molikdan rivoyat qilindi: Rasulullox: «Birortangiz ekish uchun qolingizda bir kochatni ushlab turgan vaqtingizda qiyomat qoyim bolib qolsa-yu, qoim bolishdan ilgariroq uni ekib olishga kozingiz etsa, albatta ekib qoying»,-deydilar. Keyingi xadisda xayot kechirishda tartibli bolish xaqida quyidagilar bayon etiladi. Kusayyir ibn Ubayd (roziyolloxu anxu) aytdilar: Men xazrati Oysha xuzurlariga kirdim. Shunda u zot menga: ozgina sabr et, men lungimni tikib olay, dedilar. Men u zotga agar bu voqeani chiqib odamlarga gapirsam, ular sizni albatta bahil deb xisoblashadi, dedim. Oysha «Mayli, ozing bilasan. Eski kiyim kiymaydigan kishida yangi kiyim bolmaydi»,-dedilar.
Abu Xurayradan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: Rasulullox: «Sizlarning uchta ishingiz uchun Allox taolo rozi va uchta ishingiz uchun gazablik boladi: ... molni noorin erlarga sarf qilib zoe qilmogingizga gazablanadi»,-dedilar.
Shunday qilib, xadislar Sharq madaniyatining buyuk obidasi sifatida uzoq tarihga ega bolib, ular ozining chuqur falsafiy mazmuni, kishilarning manaviy, iqtisodiy madaniyatini shakllantirishdagi boy tarbiyaviy imkoniyatlari hamda Sharq halqlarining qimmatli merosi sifatida oquvchi-yoshlarning iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatorda ushbu xadislardan oqituvchilar talim-tarbiya berish jarayonida samarali foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.
Ozbek halqining manaviy merosida, uning madaniyati halqaro miqyos kasb etishida ulug shoirimiz va mutafakkir Alisher Navoiyning orni, uning hizmatlari beqiyosdir. Alisher Navoiyning ilmiy merosi shu qadar boy va keng qirraliki, unda iqtisodiyot masalalariga doir kopgina qimmatli goyalar ham oz ifodasini topgan. Mutafakkirning iqtisodga oid qarashlari uning «Maxbub ul-qulub» (Qalblar sevgilisi) asarida bayon qilingan. Bu asarda Navoiy hiyonatchi, oz foydasini kozlaydigan, elga qaxatchilik tilaydigan, arzon olib, qimmatga sotib, ziyon etkazadigan olibsotarlarni lanatlaydi. U asarda odamlarni odob-ahloqli, kamtar, kamsuqum, sharm-xayoli, insof-tofiqli, xalol, pok, nafsini tiya oladigan bolishga davat etadi, odamiylikni yuksak darajada uluglaydi.
Keyingi pand nasixatlarda A.Navoiy nafsni tiyish, takabburlik va manmanlik nodon odamlarga hosligi, orinsiz isrof qilish bu sahiylik emasligi xaqida soz yuritadi. «Nafs ketiga tushgan-nafsoniyat manzilidagina tohtaydi. Xech kim oz kongliga gam tilamaydi va oz nafsini qiynashni hoxlamaydi».
Asarda hasislikni insondagi eng yaramas sifat deb korsatilgan va undan jirkanilgan. «Bahil odam molini asrash uchun qattiq azob chekadi. Xasadchi esa oz yaramas feli tufayli tinch yashay olmaydi. Unisi oziga ozi bergan azobdan qiynaladi, bunisi esa oz qiligidan dard chekadi».
Asarda A.Navoiy taqsimot munosabatlari, ularning adolatli tashkil etilishiga etiborni qaratadi, hususan hizmatga yarasha xaq tolash masalasi diqqat markazda turadi. U yasovul misolida shunday deydi: «Yasovul shunday odamki, u mazlum, ezilgan kishini zolimning zulmidan qutqargay. Lekin yasovul bu hizmati uchun xaligi mazlumdan ortiqcha xaq olguday bolsa, u ham zulmkorning zulmiga kattakon sherikdir. Agar hizmatiga yarasha xaq olish hayolida bolsa, u ota merosi va ona suti kabi xaloldir...».
Alloma savdogarlarni insofga, diyonatga chaqiradi, ulardan faqat oz foydasini kozlab ish tutmaslikni talab qiladi. A.Navoiy odamlarni hunarli bolish, doimo harakat bilan yashash, tadbirkorlik, tejamkorlik hislatlarini egallashga undaydi. U bu xaqda shunday deydi: «Har bir ishdan foyda kutganingda, uni bajarishda qiyinchiliklar va ikkilanishlar paydo bolsa, mashaqqati ozroq tomonga kuch ber, qiyinchiligidan ezilmaslik chorasini kor... Nodon ogitida hato bolishi muqarrardir; dushman nasixatida aldov bolishi shubxasizdir. Unisidan aldanma va bunisiga ozingni aldatma».
Korinib turibdiki, bu goyalarda tadbirkorlikning mazmuni, hosiyati chuqur mantiqiylik bilan bayon qilingan, ularda insonni aql-zakovat bilan ish yuritishga davat etilgan.
Alisher Navoiy iqtisodiyotning muxim jixati bolgan mulk masalasiga etiborni qaratdi. U mulkni togri ishlatish, isrofgarchilikka yol qoymaslik kerak deydi. Ana shunday odamlar toq va farovon yashashlari mumkinligi xaqida shunday deydi: «Isrof qilish-sahiylik emas, orinsiz sovurishni aqlli odamlar sahiylik demas. Halol molni kuydirganni-devona deydilar; yorug joyda sham yoqqanni aqldan begona deydilar...».
Quyidagi fikrlardan shunday hulosaga kelish mumkinki, mexnat evaziga orttirilgan barcha narsalarga tejamlilik va jonkuyarlik bilan munosabatda bolish, isrofgarchilikka yol qoymaslik natijasida farovonlikka erishilar ekan. «Har ishning bir sababi bordir. Ammo qashshoqlikning sababi isrofdir. Isrof faqat molni sarf qilishgina emas, ovqat, kishining qiliqlari, nutqida ham isrof boladi, isrof tanni aldaydi, nafasini ranjitadi, aqlni qochiradi va tirikni oldiradi, kormaysanmiki, chiroqning tirikligi yog bilandir. Agar yogni xaddan tashqari kop solsang, yog pilikning boshiga chiqib, chiroqni ochiradi, yog esa chiroqning yonishiga sababchi edi, isrof jixatdan olimiga sabab boldi...».
Savdodagi togrilik va savdogarlik xaqida quyidagi fikrlar keltirilgan: «Savdo ikki hildir, ikkovi ham hatarlidir: biri muomala, ikkinchisi musofirlikdir. Muomala ortoqlar (muqimlar)ga hosdirkim, kasod mollarni foyda ta’ma bilan sotib oladilar. Bu ishda mol hatarlidirkim, jasoratli va oldindan koruvchi kishi kasod molni foyda umidi bilan olishi kerak.
Demak, har yol bilan savdogar ozining moli va taniga extiyot bolishi, beparvo bolmasligi kerak. Shu bilan birga, (savdogar) omonat va togrilikni oziga odat qilishi zarur, ozining foydasi uchun ozgalarga ziyon etkazmasligi kerak va oziga tobe bolgan kishi bilan muomala qilgay. U shunday ulug odam bilan muomala qilishi mumkinki, u odam diyonatli va muruvvatli bolgay, firibgar kishidan qochgay. Molning yahshi va yomonini bilmagan va moli oz odam bilan muomala qilmagay. (Agar shunday odam bilan muomala) qilsa, foydadan tama qilmagay, toki ikkovining orasidagi dostlik vayron bolmagay».
Keyingi nasixat esa savdo-sotiq ishida kishilarni birovning xaqiga hiyonat qilmaslikka, rostgoy hamda muruvvatli bolishga undaydi. «Savdoda yolgon soz aytmagil, kofir va musulmon orasida savdo vaqtida yolgon soz aytish kop yomon feldir. Sotmaguncha xech molni qoldan bermagil va muomalada sharm qilmagilkim, donishmandlar aytibdilarki, sharmdan kop umid va orzular xosil bolmogusidir. Lekin kop bemuruvvat va bexayo bolma, (bu) foyda bermaydi. Debdilarki, savdogarchilikning asli tasarruf va muruvvatdir. Chunki bular molni omon saqlashga sabab bolur».
Oldi-sotdida muloyim bolish, berilgan vadaga vafo qilish, hiyonat qilmaslik, bir marta hiyonat qilgan kishi el nazaridan qolishi xaqida quyidagi nasixatda shunday maslaxat beriladi:
«Ey farzand, hiyonatdan qochgilki, kimki bir marta hiyonat qilsa, unga xech kimning etimodi qolmaydi. Togrilikni ozingga kasb qilib olgilki, togrilik eng yahshi ishdir. Oldi-sotdida muloyim bol va kishiga vada qilmagil, vada qilsang, unga hilof etmagil. Haridorga yolgon soz demagil, rostini aytgil. Muomalada, birovga xujjat berganingda yoki xujjat olganingda extiyot bol, xujjat berishni istasang, to xaqingni qolga olmaguningcha xujjatni qolingdan bermagil».
Birovning xaqiga hiyonat qilgan odam ohir oqibat ozi zarar korishi xaqida quyidagi hikoyatda bayon etiladi. «Shunday eshitdimki, bir kishining qoyi xaddan tashqari kop edi. Uning nomusli va hiyonat qilmaydigan bir choponi bor edi. U har kuni qoylarni sogib, sutni qoy egasining oldiga keltirardi. Qoy egasi sutga yarim xissa suv qoshib, choponga sotib kelishni topshirardi. Chopon unga shunday nasixat qildi: «Ey hoja, musulmonlarga hiyonat qilmagilki, ozingga zarar etkazasan». U kishi choponning nasixatini eshitmadi va hiyonat qilaverdi. Bir kecha baxor vaqtida qoylarni sel oqadigan joyga qoydi va ozi bir balandlikka chiqib uhlab qoldi. Ittifoqo, kop yomgir yogdi va sel oqib kelib qoylarni oqizib ketdi va barcha qoylar xalok boldilar. Ikkinchi kun chopon shaharga keldi. Qoy egasi unga dedi: «Bugun nima uchun sut keltirmading?» Chopon: «Ey hoja, men senga sutga suv qoshmagil degan edim, mening sozimni aslo eshitmading. Otgan kechasi sutga qoshgan suvlaringning hammasi yigilib, sel bolib oqdi va qoylarni oqizib ketdi»,-deb javob berdi».
Yana bir hikoyatda omonatga hiyonat qilmaslik haqida shunday nasixat beriladi: «Men shunday eshitganmanki, bir kishi kechasi sahar vaqtida qorongida uyidan chiqib ketdi va hammomga bormoqchi boldi. Oz dostlaridan biriga: «Men bilan hamrox bolib hammomga borgil!»-dedi. U dedi: «Sen bilan birga boraman-u, ammo hammomga tushmayman, chunki mening bir zarur ishim bor». U kishi hamroxi bilan hammom tomonga qarab ketdi. Ikki ul ketgan joyga borib, hammomga boruvchi dostiga bildirmasdan boshqa yolga kirdi. Hamroxi yolgiz ozi hammomga ketaverdi va dostim bilan kelayotirman deb oylab boraverdi. Ittifoqo, bir ogri u kishining izidan ketaverdi, u kishi buni dostim deb faxmladi va uning qoynida yuz tillasi bor edi. Hammomning eshigida tillani qoynidan chiqarib kecha qorongisida tanimay xaligi ogriga berdi va dedi: «Ey birodor, men hammomga kirib chiqquncha bu tilla senda tursin, hammomdan chiqqanimdan keyin menga topshirasan». Ogri tillani olib, osha joyda otirdi. U kishi hammomdan chiqib, kiyimlarini kiyib ketaverdi. Ogri uning orqasidan chaqirib dedi: «Ey juvonmard, kel mendan oltinlaringni ol. Bugun men sening omonatingni saqlab oz ishimdan qoldim». U kishi dedi: «Sen kimsan, bu oltin qanday oltin?» Ogri dedi: «Men bir ogriman, bu oltin sening menga topshirgan oltiningdir». U kishi dedi: «Agar sen ogri bolsang, nima uchun bu oltinlarni olib ketmading?» Ogri dedi: «Agar ming tilla bolsa ham, sendan andisha qilmay olib ketardim, lekin sen bu oltinni menga omonat topshirding. Omonatga hiyonat qilmoq juvonmardlikdan emas».
Bizga malumki, otmishda xayotning iqtisodiy asoslarini organishga hizmat qiladigan bilimlar oilalarda ota-onalar tomonidan hamda maktab va madrasalarda badiiy-ilmiy, tarihiy manbalar vositasida orgatilgan. Bu manbalarda kundalik xayotda uchraydigan barcha katta-kichik masalalar xoh u iqtisodiy, moliyaviy sohada bolsin, xoh ijtimoiy-mamuriy, qonunshunoslik doirasida bolsin oz ifodasini topgan va xayotiy asosda tushunarli qilib ochib berilgan.
Chunonchi, Ali ibn Abu Bakr Margiloniyning «Muhtasar» (Shariat qonunlariga sharh) asari bunga misol boladi. Bu asarning ahamiyati shundaki, unda islom diniga muvofiq qonun-qoidalar, shu jumladan, iqtisodiy munosabatlar ham ihcham shaklda bayon qilingan. Ushbu asarda sotuvchi va haridor ortasida savdo-sotiq jarayonida yuz berishi mumkin bolgan muammolar aniq va tushunarli qilib echilgan.
«1. Oluv-sotuv bir molni ikkinchi mol barobariga ikki yoki undan ortiq kishilarning rozilashib almashtirishlaridir. Almashtiruvchilarning bir tomondagisi iyjob qilsa, yani oluv-sotuv qilayotganlarning sozni avval aytadigani «sotdim» yoki «sotdingmi?» kabi sozlardan birini aytsa, ikkinchi tomondagisi qabul qilsa, masalan, «oldim» yo «sotdim» kabi sozlardan birini aytsa oluv-sotuv shartnomasi tuzilgan xisoblanadi.
Sozlashib qilinadigan oluv-sotuv muomalasi xaqiqiy yoki xukman otgan zamonga dalolat qiladigan sozlar bolishi kerak. Xaqiqiy otgan zamonga dalolat qiladigan sozlarning misoli «sotdim», «oldim», xukman otgan zamonga dalolat qiladigan sozlarning misoli «sotdingmi?», «oldingmi?» kabi sozlardir. Ammo sotuv-oluv shartnomasi kelajak zamonga dalolat qiladigan sozlar bilan, masalan, «sotasanmi?», «olasanmi?», «sotaman», «olaman» kabi sozlar bilan tuzilmas. Va yana ikki kishining bir-birlariga mollarini umuman sozlashmay berishlari bilan sotuv-oluv shartnomasi uzil-kesil tuzilgan boladi, u mollar oltin, kumushga ohshash juda qiymatli bolsa ham yoki qovun-tarvuz, bodringga ohshash oz qiymatli bolsa ham».
«1. Oldi-sotdi kelishgan vaqtda sozni qatiy qilib kesib, savdoni bitirgandan keyin molni yoqtirmaganidan yoki boshqa sababdan savdo qiluvchilarning biri savdoni buzishni hoxlasa ham buza olmagani kabi savdoni qilayotgan vaqtda uch kun yo undan kam vaqtda qaytarishga yo olishga sotuvchining yo oluvchining yoki har ikkalasining ihtiyorli bolishlarini shart qilish durust. Buni ihtiyori shart deyiladi...
2. Shuningdek, pulni uch kun ichida bermagan taqdirda savdoni qaytarishga ihtiyorni shart qilib savdo qilish ham durust. Uch kun tolguncha pulni tolasa, savdo sobit boladi hamda uch kundan kop vaqtda, masalan besh kunda ham pulni tolay olmagan taqdirda qaytarishga ihtiyorni shart qilib savdo qilganda uch kun tolguncha tolasa, savdo durustga aylanadi. Uch kun tolguncha molning pulini tolay olmasa savdo buzuladi».
Savdo-sotiq davrida molda bazi bir kamchiliklar uchrashi mumkin. Mana shunday vaqtda haridor va sotuvchi ortasida har hil muammolar vujudga keladi. Muammolarning echimiga yordam beradigan fikrlar «Muhtasar» kitobida oz ifodasini topgan. Masalan:
«1. Bir kishi bir narsani sotib olgach; narsada savdogarlar qoshida baxosi tushmasdan avvalgi aybini topsa ihtiyori bor: hoxlasa narsani sotuvchisiga qaytaradi, hoxlasa avvalda kelishgan baxosi barobariga oladi, ammo pulini avvalda kelishgandan kamaytira olmas.
8. Yongoq va shunga ohshash magizli narsalarni sotib olganda magizning yomonligi bazisini chaqib korganda bilinsa qaralur: agar qolganlarining hammasi foydalanishga yaroqli bolsa, kamchiligiga yarasha baxosi sotuvchidan undirib olinur, ammo qolganlarining hammasi yo bazisi foydalanishga yaroqli bolmasa narsaning hammasini qaytarib berib, pulni qaytarib olinur.
XIX asr ohiri va XX asrning boshlarida yashab, ijod etgan mashxur ozbek pedagogi Abdulla Avloniy koplab mavzularda ilmiy asarlar yozgan. Uning ilmiy kitoblari orasida eng mashxur, mazmundor va puhta sanalgan asari «Turkiy guliston yoxud ahloq» bolib, u pedagogika, bola tarbiyasi va ahloqiga bagishlanadi Bola tarbiyasida muallif u yashab turgan sharoit, muxit, kishilarning orni katta ekanligini korsatadi va bu sohada oila, maktab sharoitini ham nazar-etiboridan chetda qoldirmaydi.
Avloniy mexnatni uluglab, bolalarni xunar organishga chaqiradi, kishilarni biror kasb bilan shugullanishga undaydi.
Asarning bir bobi «Iqtisod» deb nomlanadi. Avloniyning fikricha, iqtisod, tejamkorlik, insonlar xayotining negizini tashkil etadi. Negaki, kishilar amalga oshirayotgan ishlarning rivoji, toplangan pul yoki molni qoldan boy bermaslik, ularni yanada kopaytirish uchun goyatda tejamkor, ishbilarmon bolishlari darkor. «Iqtisod» tushunchasiga mashxur ozbek muallimi quyidagicha tarif beradi: «Iqtisod deb pul va mol kabi nematlarning qadrini bilmakka aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar orinsiz erga bir tiyin sarf qilmas, orni kelganda somni ayamas. Saxovatning ziddi bahillik oldigi kabi iqtisodning ziddi isrofdir. Alloh taolo isrof qilguchilarni suymas ..».
Demak, tejamkorlik ozbek halqining doim diqqat markazida turgan. Eyish, ichish, oqishdan ham aynan tejamkorlik, iqtisod va unga taalluqli madaniyat muximroq orinda turgan. Chunki bola ozida tejamkorlik tuygusini shakllantira borib, oz mexnatini ham qadriga etadigan bolib tarbiyalanadi. Buni anglab etishdan bolada ozi, ota-onasi va jamiyat yaratgan boyliklarning qadriga etish, ularni asrab-avaylash konikma, malakasi paydo bola boshlaydi.
A.Avloniy bu boradagi fikrlarini davom ettirib, oz zamonasiga hos bolgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning moxiyatini aniq va ravshan ochib beradi. «Xozirgi zamonda maqsudga etmak, oz millatiga hizmat qilmak, halqiga maqbul bolmak uchun ilm va mol lozimdir. Olamdagi hamma millatlarning xol va qudratlari mol va boyliklari ila olchanadur. Har erda boy millatlar ogir kelub, pallani bosib hoja olganidan faqirlari engib kelub, qul va asir bolib, osilib qoladur. Mol topmakning eng barakatli yollari: xunarchilik, ekinchilik, chorvachilik, savdogarlikdir. Bularning har biriga ham bu zamonamizda bilim lozimdur. Bobolarimizning «bolsa bolar, bolmasa govlab ketar» zamonlari otub, orniga «bilgan bitar, bilmagan yitar» zamoni keldi. Sozning qisqasi, xozirgi zamonga muvofiq kishi bolmak uchun ilm va marifat ila barobar iqtisod, insof, tuganmas say, bitmas gayrat lozimdir».
Avloniyning muloxazalariga kora, kishilar oz kozlagan maqsadlariga etishishlari, asosiysi oz millatiga hizmat qilishlari va halq orasida, jamiyatda munosib orin topishlari uchun ilm va mol zarur xisoblanadi. Kimning ilmi, orttirgan bilimlari, mol-mulki etarli va koproq bolsa, ana shu kishining oz jamiyati rivojiga qoshadigan xissasi yanada salmoqli boladi. Uning bu fikrlari zamirida barcha davrlar uchun ahamiyatli bolgan juda katta mazmun yotadi. Chunki ota-onalarga iqtisod ilmi hamisha zarur va u bolalarni manaviy-ahloqiy tarbiyalashda juda qol keladi.
Avloniy «Iqtisod» bobini shunday bayt bilan yakunlaydi:
«Halq ichinda motabar bir narsa yoq davlat kabi,
Bolmagay davlat jaxonda quvvatu sixxat kabi.
Iqtisod, insof ziynatdur vujudi odama,
Yahshi nemat yoq kishiga say ila gayrat kibi».
A.Avloniyning «Turkiy guliston yoxud ahloq» asari, undagi «iqtisod» bobi yosh avlodni yangi zamon talablari asosida tarbiyalash, iqtisodiy bilimdonlikni oshirish, iqtisodiy madaniyati va tafakkurini shakllantirish uchun katta ahamiyatga ega. Asardagi malumotlardan boshlangich sinf oqish, odobnoma darslarida foydalanish yahshi samaralar beradi. SHuning uchun bolalarni yoshlikdan tejamkorlik ruxida tarbiyalab borish kerak.
Tejamkorlik, xalollik, rostgoylik, mexnatsevarlik, togrilik, insof, diyonat mavzulari halq maqollarida ham oz ifodasini topgan. Maqollar inson aql-zakovati, mexr-shafqati va uning buyuk yaratuvchilik qudratini ota tasirchan badiiy vositalar orqali ifodalaydi. Ular yuz yillar davomida avloddan-avlodga otib, halqning tilida saqlanib kelmoqda. Halq maqollaridan boshlangich sinf oquvchilarining iqtisodiy bilimdonligini oshirishda foydalanish ijobiy natijalarni beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |