IQTISODIY TARBIYA HAQIDA TUSHUNCHA
Bolalarga maktab va oila sharoitida iqtisodiy tarbiya berish muammosi kopdan buyon pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bolib kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga otilayotgan bir paytda yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash ayniqsa muhimdir.
Avvalo, iqtisodiy tarbiya haqida mukammal tushunchaga ega bolmoq darkor. Iqtisodiy tarbiya oquvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob va ayni shu kabilar haqida fikrlay olish qobiliyatini kamol toptirishdir.
Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan muntazam boyitib kelindi. Chunonchi, Muhammad Ibn Muso al-Horazmiy matematika fani inson hayotida asosiy orin tutishini alohida takidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va oz ishiga pishiq bolishi kerak. Shunda u oz mehnatining natijalarini olchovlar orqali aniqlay olishi mumkin.
Abu Nasr al-Farobiy insonga yashash uchun juda kop narsalar kerakligi va ularni vujudga keltirish yolida boshqa shahslarga murojaat qilishni etirof etadi. Bu orinda olim iqtisodiy aloqa zaruriyatini korsatib otgan edi.
Darhaqiqat, iqtisodiy aloqa ornatish uchun odamlar, davlatlar,jamiyatlar integratsiya yolida harakat qiladilar. Hozirgi paytda bu fikr nechoglik togri ekanligini Ovropa amaliyoti misolida korib turibmiz. Iqtisodiy integratsiya davlatlarga faqat boylik keltirayapti. Al-Farobiy "Baht-saodatga erishuv haqida" asarida shunday yozadi: inson oz mablagini sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizganchiqlik qilish hasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka etaklaydi".
Korinib turibdiki, otmish mutafakkirlari maktab va oila sharoitlarida bolalarni iqtisodiy tafakkurini kengaytirish, ularni hamkorlikka, ishbilarmonlikka, iqtisodiy hisob-kitobga orgatishni hayotiy tajriba asosida amalga oshirish lozimligiga etibor qaratganlar. Bolaga iqtisodiy tarbiya berish oiladan boshlanadi. Har bir kishi bugdoy, gurunch, mevalarni saqlash yollarini bilishi kerak. Ehtiyojni yaroqli narsalarga tejamkorlik bilan munosabatda bolishi lozim. Ota-ona uvol qilish gunohligini farzandiga yoshligidanoq nasihat yoli bilan orgatadi.
Ibn Sino bolalarni hayotga tayyorlash uchun ularga hunar orgatish lozim deb korsatadi. Inson hunarni puhta organishi shart. Chunki hunar unga kelajakda rozgor tebratish uchun kerak. Bu shunday olib borilishi kerakki, u oz mehnatining natijalarini kora bilsin. Shundagina bola oz imkoniyatidan togri yoki notogri foydalanayotganini anglashi lozim.
Hunar egallash yoshlarni mustaqillikka orgatadi. Bu jarayonda bola hisob-kitob qilishni ham organadi, ishbilarmonlik va tashabbuskorlik hususiyatlariga ega boladi.
Farzand oilada ota-ona tajribalari tasirida tarbiya koradi. Ota-ona har qadam, har nafasda bolaga saboq beradi:
-Asbobni ishlatgach, darhol orniga, yopiq joyga olib, qoy.U yomgir emas, shudring tegsa ham zanglaydi, otmaslashib qoladi
-Tovoningni togri bos, poyafzalning poshnasi eyilmasin...
-Suvning bir tomchisi ham aziz. Uni qadrla...
-Nonning uvoli turmushga, qogozning uvoli obroga putur etkazadi.
- Uvoqni kordingmi, kozingga surt, qogoz parchasini chetga olib qoy....
-Rozgoringda hech bolmasa, otin yoki un, yog ortib turishi kerak.
-Ikki kishi uchun tayyorlanayotgan mastavaga ikki dona kartoshka, bir dona piyoz, yarim piyola gurunch etadi. Ertaga ichaveramiz deganing hato, qolgan ovqat soviydi, quyulib qoladi, achiydi. Ovqatni har kuni yangidan hozirlash kerak.
Mazmuni olamcha bolgan bu ogitlar ota-onalar tomonidan farzandlar ongiga singdirilayotgani hasislik alomatlari emas, balki turmush tajribasining durdona hulosasi, tejamkorlikka undashdir. Tejamkorlik tarbiyasiga ahloqiy tarbiyaning hisob-kitob bilan yashashga orgatadigan muhim sohasi sanaladi.
Ishlab chiqarish korhonasidami, rozgordami, tabiat bagridami, qaerda bolmasin, tejalgan nemat katta ijtimoiy ahamiyatga ega.
Agar biz ozimizga berilgan rizqu rozimizni tejamkorlik bilan istemol qilsak, jamiyatimiz boyligini tejagan bolamiz. Jamiyat mulkini, boyligini tejab borsak, uning navfi har bir kishiga tegishi muqarrar. Demak, jamiyat mulkini tejash orqali ozimizdan tashqari jamiyatga malum darajada foyda keltirgan bolamiz. Ham shahsiy, ham ijtimoiy mulkni barobar tejash esa bizdai dunyoqarashimiz va ahloqimiz, turmush tarzimiz darajasini namoyon etadi.
Tejamkorlik jarayoni oila yoki davlatning moddiy qudratini mustahkamlashdan tashqari, odamlarni turmush kechirish meyoriga amal qilishni ham vujudga keltiradi.
Non, tuz, qogoz, yoqilgi, elektr quvvati, gaz, neft, ruda, mato, qoyingki, barcha nematlar-aziz. Ammo inson ozi yaratuvchi, ozi istemolchi, ozi nazoratchi bolganligi uchun ham, ularning hammasidan arzonroqdir. Shu sababli, avvalo, insonning ozini uning umri, kuchi, aql-zakovati, istedodi, kayfiyatini, mehnatga qobiliyatini asrash umrining uzaytirish temkorlikning eng hususiyatli tomoni hisoblanadi.
Vaqt- inson ihtiyoridagi bebaho hazina. Uni faqat dunyoni organish va ozgartirishga, shahsiy manfaati va el-yurt hizmatiga, mehnat samadorligini oshirish va mahsulot tannarhini arzonlashtirishga sarf etish hususiyati har bir kishida shakllanishi zarur bolgan ulugvor fazilatdir.
Tejamkorlik hususiyatlari kishilarda ularning majoziy hislatlariga muvofiq ravishda shakllanadi va hasislik, pishiqlik, sahiylik, halollik tarzida kozga tashlanadi.
Hasis kishilar oz imkoniyatlarini tejashga doimo intiladilar, ammo ozgalarning va jamiyat manfaatini himoya qilishga moyil olmaydilar,undaylar shahsiy manfaat, boyligini kopaytirish jazavasi bilan yonib, insof, muruvvat va odamiylikni unutib yashaydilar.Bunday kishilar sarhil mevamiz bozoriga, sutimizning qaymogi haridorga, nonimizning mazalisi, korpa-toshakning yangisi, honamizning chiroylisi mehmonga, ozimiz sifatsiz nematlarni tozalab eb, labi uchgan idishlar ishlatsak ham, yashasak ham bolaveradi, deb tushunadilar. Bu bilan obro orttirishga intiladilar. Ular "Topganingdan etarlisini eb-ichib, kiy, salomat, tetik, bearmon yasha», degan goyaga qarshi ish tutib, farovonligimizning asl mazmuniga putur etkazadilar: yashash va daromad qilishning vijdonga, tarbiyaga hilof usullarini qollab, bazan kopchilikning nafratiga duchor boladilar, oz hasisliklari, yasama hushomadlari, yolgon mulozamatlari bilan turmush kechirish, mehmon kuzatish va farzand tarbiyalash madaniyatiga dog tushiradilar.
Pishiqlik daromad va harajatni togri rejalashtirish, isrofgarchilikka yol qoymaslik, hojasizlikning oldini olish manbaidir.
Rozgorda yoki hojalikda bor narsani qizganmaslik, inson qadrini moddiy jihatdan ragbatlantirib borish sahiylik alomatidir. Sahiylik kishilarda kamtarlik, soddalik, kongilchanlik, rahmdillik, samimiylik,mehmondostlik, muhtojni qollash, berilgan yordamni tana qilmaslik hususiyatlari ustun boladi.
Sahiylik yuksak darajadagi insonparvarlikdir. SHu bilan birga sahiylik, tejamkorlik ruhi bilan sugorilmogi kerak. YOshlarga daromad hajmini belgilash va harajatning meyorini barqarorlashtirish, boshqacha aytganda, nemat yaratish va uni tasarruf etish rejasini ishlab chiqish va unga qatiy amal qilish konikmasi singdirilishi darkor.
qiymati qay darajada bolishidan qatiy nazar, narsani egasidan sorab yoki rozi qilib olish, omonatni ehtiyotlab ishlatish va qaytarish halollik belgisidir.
Yoshlarga nimani, qachon, nima uchun va qay darajada asrash lozimligi,tejashning mohiyati va usullarini togri anglatish tejamkorlik tarbiyasining maqsadi hisoblanadi. Bu maqsadning tolaqonli amalga oshishi ota-onalar, oqituvchilar, tarbiyachilar, rahbarlar, jamoatchilikning faolligiga bogliq.
Har qanday ota-ona oz farzandini voyaga etkazib, uylab-joylagunga qadar, hatto undan keyin ham otdan, suvdan, shamol va ofatdan, sinish,chiqish, zaharlanish, gaflat va hayosizlikdan, sayoqlik va begamlikdan, moddiy tanglik va jinoyat qilishdan, hijolatlik va ganimlar nazaridan qudrati etguncha ehtiyotlaydi, asraydi.
Demak, tejamkorlik tarbiyasining mazmuni, tasirchanligi va samarasi bilan bolalar dastlab oz oilalarida tanishadilar. Ota-onaning hal qiluvchi roli ana shu tanishuvdan boshlab yuzaga chiqadi va sekin-asta kuchaya boradi.Namuna korsatish, ishontirish, nasihat qilish, maslahat berish yoli bilan farzandlarni tejamkor bolishga safarbar etish,ular faoliyatini doimo nazorat qilib borish, lozim bolsa, isrofgarchilik qilganlari uchun jazolash va ota-onalarning tarbiyalay olish mahoratlariga bogliq.
Tarbiyaviy tasir tarbiyalanuvchi shahsida qisqa muddatli, uzoq muddatli, beqaror yoki turgun asorat hosil qilishi mumkin. Tasir qanchalik togri, asosli va kuchli bolsa, farzandlarda tejamkorlikka moyillik, ishqibozlik shu qadar mustahkam shakllanadi.
Ota-onalar hovli va honadonlarni tartibga solish, ovqat pishirish, kir yuvish va kiyim-kechakni yamash, rozgor asboblari va uydagi jihozlarni tamirlash sohasida bolalar mehnatini tashkil etadilar. Bunda ota-ona yumushlarni bolalarga ularning jismoniy, aqliy, ruhiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda topshirishlari kerak.
Ishni topshirish bilan cheklanmay, bola uni qanday bajarayotganini nazorat qilib turish, lozim bolsa, maslahat, komak berishi, gayratbahsh sozlar aytib ruhlantirib turishi maqsadga muvofiqdir. Bola mustaqil topshiriqni bajarish jarayonida rejadagi ishni uddalash uchun sarf etiladigan hom ashyo, mablag, vaqt, kuch, kayfiyat, hajmini aniqlash, kerakli uskunalarni tayyorlash, sozlash malakalari takomillashadi.
Matbuot, radio, televideniya habarlari, oqituvchilar, tarbiyachilar tomonidan berilgan tejamkorlikka oid malumotlar, ota-onalar hamda keksalarning bu togridagi maslahatlari, tanbehlari ham bolada mazkur tushunchaning kengayishiga ijobiy tasir etadi.
Darhaqiqat, tarbiyaning samaradorligini oshirish kop jihatdan oila, maktab, jamoatchilik va mehnat jamoalarining bahamjihat kuch-gayrat sarflariga va oquvchilarga nisbatan qoyiladigan talablari bir hil bolishiga bogliq.
Maktab sharoitida iqtisodiy tarbiyaning hilma-hil vazifalari bir necha fan boyicha darslarda amalga oshiriladi. Masalan, tabiiy fanlar, matematika, fizika, kimyo, biologiya oquvchilarga iqtisodiy rivojlanish ichki kuchlarga etibor berishni orgatadilar.
Ozbekiston davlatining moddiy va manaviy osish iqtisodiy
qonuniyati bilan oquvchilar shu tabiiy fanlar mazmunida tanishadilar.
Jamiyatshunoslik darslarida bolalar halq farovonligini yuqori darajaga kotarish uchun qanday iqtisodiy vazifalarni bajarilishi lozimligini organadilar.
Kimyo, biologiya darslarida oqituvchilar yoshlarga mineral ogitning iqtisodiy ahamiyatini yaqqol misollar bilan korsatishadi.
Yangi tehnologiya nima va u sanoatga qanday joriy qilinadi.
Fan kashfiyotlari qay darajada iqtisodiy foyda keltirishi mumkin? Shunday savollarga bolalar oqituvchilar yordamida dars va darsdan tashqari mashgulotlarda javob topadilar.
Iqtisodiy tarbiyaning qator vazifalari mehnat darslarida amalga oshiriladi. Bu darslar nechoglik qiziqarli va foydali tashkil etilsa,oquvchilar shunchalik iqtisodiy bilim va malaka oladilar.
Bunday bilimlar oquvchilar kelajakda qaysi sohada ishlash yoki qaerda oqishlari mumkinligini moljallashlariga imkon beradi.
Oquvchilarga iqisodiy tarbiya berish bilan chambarchas olib borilishiga erishish zarur.
Iqtisodiy tarbiya uslublari hilma-hildir.Jumladan,suhbat,maruza,amaliy mashgulot, sanoat shahobchalariga sayohat otkazish, solishtirish, hisob-kitob qilish goyatda tasirchan uslublar hisoblanadi. Oquvchilarda iqtisod borasida ijodiy fikr yuritishni shakllantirishda darslarda va darsdan tashqari mashgulotlardan unumli foydalanish mumkin. Oquvchilarni nechoglik iqtisodiy tarbiya topganliklari oqituvchilar tomonidan kuzatib borilishi kerak.
Tejamkorlik, ijodkorlik, masuliyat hissi tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, hisob-kitob mohirligi oquvchilar iqtisodiy tarbiyadan qanday saboq olayotganliklarini korsatuvchi muhim belgilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |