Referat nurmurodova dilovar doniyorovna bakalavriat yo’nalishi: 5111700 – boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish



Download 302,5 Kb.
bet7/10
Sana06.04.2022
Hajmi302,5 Kb.
#531806
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O’quvchilarda iqtisodiy malakalarni shakllantirish

Boshlang’ich sinf o’quvchilari ongiga iqtisodiy tushunchalarni singdirishda biz ularning aniq tafakkur qilish qobiliyatining ko’proq rivojlanganligi, mantiqiy abstraktlash, aqliy muloxazalar hamda umumlashtiruvchi hulosalar chiqarish qobiliyati esa xali u darajada shakllanmaganligini inobatga olishga harakat qildik.

Shuning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilariga iqtisodiy bilim va ko’nikmalar berishning dastlabki yilida ularni shunday iqtisodga oid tushunchalar bilan tanishtirish kerakki, o’quvchilar bu tushunchalar bilan o’z oilalari, yaqinlari, maktab jamoasi orasida duch kelgan bo’lishlari lozim. Taqdim etilayotgan iqtisodga oid bilim, tushunchalar o’quvchilarga yaqin va tanish bo’lgani uchun, ular dars davomida mavzu bo’yicha bemalol mushoxada yurita oladilar, hulosalar chiqaradilar. Sinfdan sinfga o’tib borgan sari o’quvchilar aniq dalillarni umumlashtirish, bir qancha abstrakt tushunchalarni shakllantirishni o’rganadilar, ularda izchil taxlil qilish ko’nikmalari paydo bo’ladi. SHuning uchun taqdim etilayotgan iqtisodga oid bilim, tushunchalar doirasi bosqichma-bosqich kengaytirilib, chuqurlashtirilib borilishi lozim.

Masalan, 1-sinfda o’quvchilar pul, tovarlar narhi xaqida tushunchaga ega bo’lsalar, 2-sinfda ish xaqi (maosh), mukofot, daromad, harajat, 3-sinfda oila byudjeti, foyda, chiqim, 4-sinfda biznes, tovarlar eksporti va importi xaqida tushunchalarga ega bo’ladilar.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarining iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirish uchun o’qish darslarida iqtisodiy mazmundagi kichik xajmli matnlarni ifodali o’qish, xikoya qilib berish, shu matndagi iqtisodga oid so’zlar lug’atini tuzishni yo’lga qo’yish, og’zaki nutqini mukammallashtirish maqsadida esa iqtisodiy mavzudagi dialoglardan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ona tili darslarida o’quvchilarning yozma nutqini shakllantirishga qaratilgan diktant, bayon, xikoya tuzish kabi nazoratlar uchun tanlanadigan mavzular iqtisodga oid bo’lishiga e’tibor qaratish lozim.


Iqtisodiy atamalarni o’quvchilar tomonidan to’g’ri talaffuz qilinishiga erishish uchun, ularni dars boshida sinf doskasiga yozib qo’yish tavsiya etiladi. Bu esa, o’quvchining mazkur atamani eslab qolishini ta’minlaydi. Analogiya (o’hshash) tarzdagi o’quv topshiriqlarini bajarishga o’quvchi nisbatan kam kuch sarflaydi. Chunonchi, maxsulot, ayirboshlash, bozor kabi iqtisodiy atamalarni o’quvchilar ongiga singdirishda ko’proq vaqt sarf qilinadigan bo’lsa, tovar, barter, birja kabi o’hshash bo’lgan atamalarni ularga etkazish ancha oson kechadi. Iqtisodga oid bilimlarni taqdim etishga yo’naltirilgan ta’limiy topshiriqlar hamda o’quv materiallarining mazmunini belgilash jarayonida bu xolatni aloxida xisobga olishga intildik (2-ilovaga qarang). Bunday ta’limiy topshiriqlarni bajarish jarayonida o’quvchi mustaqil fikrlaydi, faol harakat qiladi, ijodiy faollik ko’rsatadi va shu asosda egallagan iqtisodga oid bilim, ko’nikma va malakalarini namoyon qiladi.
Iqtisodga oid bilim va tushunchalarni o’rgatishga yo’naltirilgan o’quv materiallarining mazmuni, izchilligi va xajmini belgilash jarayonida didaktikaning mana shu qonuniyatiga amal qilish nazarda tutiladi.
O’quvchilarning izlanuvchanlik, kuzatuvchanlik, topqirlik, ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik kabi harakatlari tartibsiz tarzda vujudga kelmasligi, balki iqtisodga oid bilimlarning mazmuni bunga asos bo’lishi lozim. SHuningdek, taqdim etilayotgan iqtisodga oid bilimlar o’quvchining faoliyatini maqsadli tarzda rivojlantirishga hizmat qilishi kerak. O’quvchilarning iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirishda muayyan yoshdagi bolalarning ruxiy xolatiga hamda imkoniyati va extiyojlariga mos ko’nikma, malakalar tizimini tarkib toptirishni ko’zda tutish maqsadga muvofiqdir.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirish ta’lim berishning faoliyatli yondashuvidan faol foydalanishga qaratilmog’i lozim. Bunda ta’limning asosini o’quvchilar tomonidan o’qituvchi bergan ma’lumotlarning hammasini eslab qolish emas, balki ularni ma’lumotlar taqdim etish jarayonidagi ishtiroki tashkil etishi kerak. O’quvchi ta’lim jarayonining sub’ekti sifatida unda faol ishtirok etishi lozim.
Ta’lim jarayonida o’quvchining faolligi, ijodkorligi uning iqtisodiy bilim va tushunchalarni o’zlashtirishga bo’lgan qiziqishi bilan uzviy bog’liqlikda bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Shundagina o’quvchi o’qituvchi tomonidan qo’yilgan iqtisodga oid savollarning muxokamasida ishtirok eta oladi, taqdim etilayotgan iqtisodiy materialga hamda o’qituvchining vazifalariga e’tibori oshadi.
O’quvchilar ongiga iqtisodga oid bilim va tushunchalarni singdirish spiral (burama chiziq) tarzida qurilishi lozim. Buning ma’nosi shuki, o’rganilgan iqtisodiy tushunchalarga ularni kengaytirgan, chuqurlashtirgan, yangi atamalar qo’shilgan xolda qaytib kelinadi. O’qituvchining asosiy vazifasi quyi sinflarda qisman tanishtirib o’tilgan materiallarga moxirona qaytishdan iborat. Bunda o’qituvchi o’rganilgan iqtisodiy mavzuni qaytarmasdan, balki uni o’quvchiga kengaytirib, chuqurlashtirib, yangi ma’lumotlar bilan boyitgan xolda taqdim etishi lozim. Boshlang’ich sinflarda beriladigan iqtisodga oid bilimlarning mazmuni ham spiral asosida belgilanishi talab etiladi.
Masalan, o’quvchilarga 1-sinfda maxsulot va uning turlari xaqida ma’lumot berilsa, 2-sinfda natural maxsulot va tovar, 3-sinfda esa moddiy va hizmat shaklidagi tovarlarning bir- biridan farqi, 4-sinfda tovarlarga bo’lgan talab va taklif xaqida ma’lumot beriladi.
Bank, birja, bozor, do’kon, o’lkashunoslik muzeylari hamda korhonalarga ekskursiyalar uyushtirish o’quvchilarga o’tilgan materialni mustaxkamlash, darsda olgan bilimlari xaqida aniq tasavvur xosil qilish imkonini beradi.
O’quvchilarning iqtisodga oid bilim, tushuncha va ko’nikmalarini rivojlantirish uchun:
1) 1-4-sinf o’quvchilariga o’rgatilishi ko’zda tutilgan iqtisodiy atama va tushunchalarni aniqlash, ularni izchil tizimga solish;
2) o’rgatilishi nazarda tutilgan iqtisodiy bilim va tushunchalarni o’quvchilarga singdirishning vosita va usullarini ishlab chiqish;
3) taqdim etilgan o’quv materiallarining o’quvchilar iqtisodiy bilimdonlik darajasini rivojlantirishga ko’rsatadigan ta’sirini aniqlash muxim ahamiyatga egadir.
O’quvchilarning iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirish maqsadida o’yin, munozara, xikoya qilib berish, test savollari, boshqotirma va boshqa metodlardan foydalanish maqsadga erishishda katta ahamiyatga ega.
O’quvchi-yoshlarda iqtisodiy bilimdonlikning rivojlanishi natijasida ular ijtimoiy xayotga jadal moslashib boradilar. YOshlikdan boshlab o’quvchilar tanlov muammosini, ya’ni qaysi kitobni o’qish, kim bilan do’stlashish, uy ishini nimadan boshlash, qaerga borish kerak va boshqalarni o’zlari xal qila boshlaydilar. Tanlov muammosini mustaqil xal qila olmagan o’quvchi «boqimandalikka» o’rganib qoladi.
Iqtisodiy bilimlar o’quvchilarning nafaqat iqtisodiy tafakkurini, balki ma’naviy dunyoqarashini ham rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. O’quvchilar bozor iqtisodiyoti tushunchasining tarkibiy elementlari bilan tanishish natijasida ishchanlik, ish etikasi shu tushunchaning tarkibiy qismi ekanligiga ishonch xosil qiladilar. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida esa tadbirkorlik faoliyati uchun (moliyaviy masalalarda) «so’zining ustidan chiqish», ya’ni tadbirkorning imidji (obro’-e’tibori) moddiy kafolatdan ham ustun turishini o’quvchilarga ta’limning ilk bosqichlaridan boshlab anglatib borish lozim.
Boshlang’ich sinflar uchun taqdim etiladigan iqtisodga oid bilim va tushunchalarning o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi natijasida quyidagi vazifalar xal qilinadi:
1. Iqtisodga oid bilim va tushunchalarni bilish o’quvchilarga atrof-muxit hamda unda sodir bo’layotgan voqea-xodisalarni idrok etishga ko’maklashadi.
2. O’quvchilarning umumiy rivojlanishi, ya’ni fikrlashi, emotsional-irodasi hamda ruxiy-ahloqiy sifatlarini shakllanishiga yordam beradi.
3. O’quvchilarga xayotda hamda keyinchalik yuqori sinflarda iqtisod asoslari fanini o’qishni davom ettirish uchun bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantiradi.
4. O’quvchilarda iqtisodiy munosabatlarda ishtirok etish ko’nikmasini hamda iqtisodiy tafakkur madaniyatini rivojlantiradi.
5. O’quvchilarda iqtisodiy bilim va ko’nikmalarni amaliy faoliyatda qo’llay olish malakasini shakllantiradi.
Biz boshlang’ich sinflarda iqtisodga oid bilim, tushuncha va atamalarning barchasini umumiy qamrab olishni maqsad qilib qo’ymadik. O’quvchilarga bir qator iqtisodga oid boshlang’ich bilim va tushunchalar taqdim etiladiki, ular keyinchalik iqtisodiy ta’limning poydevorini tashkil qiladi.

Download 302,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish