163
2. Aralashma tayyorlash-yog’och tolasi sement bilan aralashtiriladi yog’och:sement
1:2,3gacha. Shixtaga qo’shiladigan suv miqdori 45-50%.
3. Qoliplash.
4. Issiq ishlov berish.
Qurilishda pardoz ishlari uchun ham foydalaniladi. Yog’och juda sifatli va ko’rkam
materialdir.
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda yog’och zaxiralari juda kamdir.
Shuning uchun chet el
davlatlardan yog’och materiallari olib kelinadi. Pardozbop materiallar yog’ochdan turli xil
dizayn ko’rinishidagi buyumlar tayyorlanadi. Ular binoga chiroy va ko’rkamlik baxsh etadi.
Ularga: parket pollar ham kiradi. Parket pollar ham xar xil bo’ladi: parket doskalar,
mozaikali parketlar, parketli shitlar va donali parketlar. Ular dub, buk, yasen, klenlardan
olinadi.
Parket doskalar 1200:300 mmgacha uzunlikda va 145:202
mm eniga, qalinligi 25:18mm
dan ishlab chiqariladi. Ustki qismi qattiq yog’och bilan qoplanadi. Yuzasi laklanib
tekislanadi. Ular asosan yog’och qoldiklaridan qilinadi. Parket doskalar pollar kabi yog’och
balkali plitalarga yoki temirbeton yopmalarga yotqiziladi. Ular yaxshi tovush izolyasiyasida
xizmat qiladi. Mozaikali parketlar hozirgi paytda keng tarqalgan yopma poldir. Bu xil
parketlar ishlab chiqarish oddiyligi va iqtisodiy samaradorligi, turli
xil bezaklari bilan pol
uchun xizmat qiladi. Ular tushalganda kvadrat shaklida bo’ladi. 400x400mm, 480x480mm,
600x600mm. Ular ikki xil ko’rinishda bo’ladi: 1. Ustki qismida kraft-qog’oz yopishtirilgan
holda, ular tushalgandan keyin yuzasi olib tashlanadigan yoki parket pol tushalgandan keyin
yuzasi olib tashlanmaydigan qilib tushaladi. Mozaikali parket pol asosi yaxshi to’qilgan va bir
xil o’lchamda bo’lishni talab qiladi. U sement qumli tushamaga suv va kley aralashmasi bilan
yopishtiriladi. Ularning o’lchamlari yog’och materialdan chiqqan ortiqcha yog’ochlardan turli
me’morlarga pol kurinishini har xil turlarda, kompozitsiyasini boyitishga yordam beradi.
Shuning uchun o’lchami katta bo’lmagan parketlar har xil ko’rinishdagi archa shaklida,
shashka shaklida va har xil ranglarda foydalanilishi mumkin.
Parket shitlar parket doskalar kabi turli xil o’lchamda ishlab chiqariladi. Bu tur parketlar
mehnatni ko’p talab etganligi va iqtisodga tejamliligi bo’lganligi sababli qurilishlarda kamroq
ishlatiladi. Shitlar yuza qismi va asosdan iborat. Ustki qismi ortiqcha yog’ochdan
qilinadi,
asosi esa fanerlar yoki yog’och plitalardan qilinadi. Konstruksiyasiga qarab ular har xil
reykalardan tashkil topgan va asosi perpendikulyar reykalardan qilingan tiplarda bo’ladi.
Parket shitlar ramkali va reykali asoslari qalinligi 30-40mm, chunki ularga yaxshi forma
yetkazilganda qulay bo’lishi uchun yog’och plitalardan tashkil topgan asosli 20-30 mmli
bo’ladi. Ular sementli qum ustida yaxshi yotqiziladi.
Reykalarning qalinligi asosi ikki reykali shitlar uchun 40 mm bo’lishi kerak. Ularning
ustki qismi qimmatbaho yog’ochdan bezatiladi.
Donali parketlar yuqori sifatli va qimmatbaho yog’ochdan qilingan materialdir. U
to’g’ri burchakli o’lchamlari, uzunligi 150: 500 mmgacha, eni 30: 90 mm, qalinligi 15: 18mm
bo’ladi. Ularning ustki qismi shunday chiqarilganki, ular yotqizilgandan keyin tozalanadi va
tekislanadi. Toza pol ostidagi asos betonli, yog’ochli va boshqa xillar bo’lishi mumkin.
Yog’ochli asosga parketlar mix bilan qoqiladi va boshqa xil asosga ega, kley yoki mastaka
bilan yopishtiriladi. Donali parket qurilish talablariga buncha yaxshi javob bermaydi.
Qurilishda yog’och materialdan ya’ni yunib tayyorlangan
pardoz uchun ishlatilgan
buyumlar ham foydalaniladi. Bularga: metal va yog’ochdan yasalgan zinapoyalarga va
balkonlarga tutkichlar, pol uchun plintuslar, deraza va oynalarga nalichniklar, tushama devor
va potoloklarga, deraza osti doskalar. Yunib tayyorlangan detallar yumshoq barglilar olxa,
beryoza, osinalardan qilinadi. Bu materialar uzugligiga kengayadigan qilib chiqariladi. Ularni
lestvennitsa, el, pixta va tersisdan qilinishiga yul quyilmaydi. Ikki xil profillilar tavsiya
qilinadi, 74 mm.li va 54 mm.li. Plintuslar 4 xil bo’ladi. Ikkita buyicha uzaytirilgan (54mm) va
va ikkita qisqa (38, 25 mm).
164
Deraza va eshik romlariga tutkichlar qilinadi. Ular asosan qarag’aydan qilinadi. Ular 2
xilda: keng 74mm gacha va ingichka 34 mm gacha qilinadi.
Ular maxsus aralashmalarga
tuyintiriladi, laklanadi va bo’yaladi. Ular turli yog’ochlardan balki qoldiq reykalardan
qilinadi. Deraza osti doskalari sosna va yeldan tayyorlanadi. Ular 2 xilda chiqariladi. Uzunligi
700x1600mm gacha, qalinligi 34mm va uzunligi 1900:2800 mm gacha, qalinligi 42mm.
Deraza osti doskalari yopishtirilgan bruslardan tayyorlanadi.
Oldindan yunib tayyorlangan detallar - tutkichlar, plintuslar, nalichniklar va deraza osti
doskalar ikki marta buyaladi. Fanerlar yupqa yog’och qatlamlari tolalarini bir-biriga tik quyib
yelim bilan yopishtirib tayyorlanadi. Bu qatlamlar yuqori sifatli, tanasi to’g’ri bo’lgan qattiq,
zirk daraxti, terak hamda qarag’aydan ishlanadi. Maxsus dastgohlarning keng va juda o’tkir
pichog’i yordamida aylanib turuvchi xaridan yupqa qatlam faner shponi ishlanadi. Fanerning
o’lchamlari 72,5x183sm, qalinligi 0,15: 1,2 sm bo’ladi. Faner tayyorlashda ishlatiladigan
yelim xossalariga qarab u suvga chidamsiz va suvga chidamli xillarga bo’linadi. Suvga
chidamlisi qayin daraxtining
shponidan tayyorlanadi, bunday fanerning shponlari maxsus
sintetik smolalardan olingan yelimlar bilan yopishtiriladi va 7, 9, 11 qatlam bo’ladi. Oq qayin
yog’ochdan ishlangan shponlarni pakelit yelimlari bilan yopishtirib fanerlar olinadi. Ular
BFS, BFV-1, BFV-2 markalarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: