Yuvilib turiladigan oboy qog‘ozlar
rosta yuzali, yuvishga va namlab artishga
chidamli dekorativli pardozbop urama materialdir. Ularning tashqi ko’rinishlari silikli
fakturalangan, bosma releflari bosma naqsh tushurilgan va yaltiroqli bo’lganligi uchun
turli xillarda bo’ladi.
Yuviladigan oboylarni tayyorlab chiqarish uchun 100-150 g/m
2
li massaga ega
bo‘lgan qog‘ozni ishlatadilar, sintetikali loklar, polimerlar, emulsiyalar, aliflar,
plastifiqatorlashtiruvchilar, pigmentlar, shuningdek maxsus Yelimlarni qo‘llaniladi.
Yuviladigan oboylarni uzunligi 10-15m, kengligi 500-600-750-1060 mm qilib ishlab
chiqariladi.
Linkrust
– qog‘ozli taglik ostli gliftali polimerli yoki polivinixlorli hamirsimon
qatlam bilan qoplangan qismlardan iborat. Linkrustning ustki Yuzasi botiq yoki
bo‘rtma gul chiziqlar bilan bosilgan. Bu ham shuningdek mato bo‘lib kengligi 500-
750mm, uzunligi 12 m, qalinligi 0,6-1,7mm o‘rama shaklda ishlab chiqariladi.
Linkrustlarni devorga yopishtirilgandan keyin odatda moyli va sintetik buyoqlar bilan
chiroylilashtiriladi.
Linoleum
Linoleumlarni XIII asrning oxirlarida materialllar shaklida tabiiy o’simlik
moylarini qo’llab ishlab chiqara boshlandi. Hozirgi vaqtda yig’ma tuzilma nomlar
ostila «Linoleum» deganda polivnixloridli, alkidli, rezinali va boshqa o’rama
polimerli materiallarni tushunamiz.
Polivnixloridli linoleumni 1200-2400mm kenlikda, 2,1mm qalinlikda bo’lgan va
12m 102rganic bulmagan uzunlikda mato shaklida ishlab chiqariladi. Linoleumni
asosga bitumli yoki boshqa xil mastikalar bilan yopishtiriladi. Bir qatlamli linoleum
butqasining tarkibiga odatda 40-45% ga polinivixlorid suspenziya, barqarorligi 19-
36%ga to’ldirgichlar, 5-15% ga pigmentlar kiradi.
Gliftali linoleum
– ostki qatlamli asosda tayyorlangan bo’lib, polimer
butqasidan foydalanib glitsirindan, modifitsirlangan qo’shimchalardan, unga o’simlik
moyi, boshqa modda kukun to’ldirgichli pukak, pigmentlar qo’shib, sun’iy yoki tabiiy
smolalardan iborat 102rganic massa qatlam yotqiziladi. Bu o’ramaning uzunligi 20m,
eni 1,8-2,0m, qalinligi 2,5-3,0mm qilib ham ishlab chiqariladi.
Kalloksilinli
linoleumning gliftali linoleumdan farqi shundaki, buning osti
qatlamsiz qilib chiqariladi.
Kaloksilin bu yog’och natritsiya mahsuloti yoki paxta sellyulozalardir. Yana
smola va to’ldirgichlardan tashkil topgan 102rganic massani maxsus barabanlar
vositasida yasalib ishlangan bir qatlamli asossiz o’rama tasmadir. O’ramaning uzunligi
20m gacha, eni 0,88-1,2m gacha. Bu turdagi linoleum qizil yoki jigarrang tusdagi
o’ziga xos rangda bo’lib, yuqori bukuluvchanlikka ega. Hatto nisbiy haroratda ham
egiluvchandir. Yana bir kamchiligi yonuvchandir.
103
Do'stlaringiz bilan baham: |