98
2)
gaz ajralib chiqishi ko‘pchitilayotgan plastmassaning to‘liq yumshash
haroratiga bir tekis sakramasdan amalga oshishi va jaralib chiqayotgan gaz miqdori
nazariy miqdorga yaqin bo‘lishi;
3)
gaz hosil qiluvchining yemirilishi – polimer destruksiyasiga sabab bo‘luvchi
issiqlik miqdorini ajratish bilan kuzatilmasligi;
4)
ajralib chiquvchi gazlar inson sog‘ligi uchun bezarar bo‘lishi;
5)
ajralib chiquvchi gazlar polimer bilan reaksiyaga kirishmasligi va texnologik
uskuna korroziyasiga sabab bo‘lmasligi;
6)
ular notaqchil, arzon va transportirovka va saqlashga chidamli bo‘lishi.
Gazsimon ko‘piruvchi moddalar quyidagi sharoitlarda materialda bir tekis
taqsimlangan g’ovak hosil qiladi:
a) bosim va haroratning mos parametrlarida yumshatilgan polimerda gazning
yaxshi erishi;
b) material g‘ovaklaridagi gaz bosimi va tashqi muhit bosimi orasidagi
yetarlicha farq;
v) gaz to‘ldirilgan materialni aralashtirish va ishlatish vaqtida g‘ovaklar
devorlari orasidagi gaz diffuziyasining yo‘qligi.
Temperatura oshishi bilan g‘ovaklar devorlari orasidagi gaz diffuziyasi oshadi,
polimerdagi gaz eruvchanligi esa kamayadi.
Eruvchanlik va diffuziya g‘ovaklashtirilayotgan polimer turi va ishchi gaz
tabiatiga bog‘liq. Yopiq g‘ovak g‘ovak tuzilishga ega materiallarni olish uchun,
g‘ovak devorlari orasidan yomon o‘tuvchi gazlarni, masalan azot yoki havoni qo‘llash
maqsadga muvofiqdir.
Birlashgan g‘ovak materiallarni odatda yengil eruvchan gazlar, masalan
ammiak yoki uglenordon gazlarni qo‘llash bilan olinadi.
Plastiklovchi
va
boshqa
qo‘shimchalar.
Ayrim
gaz
to‘ldirilgan
plastmassalarning elastikligini oshirish uchun oddiy va manfiy haroratlarda
plastifiqatorlar ishlatiladi, ular polimerga qo‘shiladi, ko‘p hollarda kimyoviy
reaksiyaga kirishmaydi, komponentlarning birgalikda erishi natijasida gomogen
modda hosil qiladilar.
Polimerga qo‘shiluvchi plastifiqatorlar miqdori – uning polimerga mos tushishi
va kristallanishga moyilligiga bog‘liq: mos tushishlik qanchalik yuqori va
kristallanishga moyillik qanchalik past bo‘lsa, plastifiqatorni qo‘shish shunchalik ko‘p
bo‘lishi mumkin.
Elastik ko‘pikpolivinilxloridlar va ko‘pikpoliuretanlarni olishda plastifiqatorlar
sifatida qutbli yuqori qaynovchi va kam uchuvchi suyuqliklar (dibutilftalat,
trikrezilfosfat, trixloretilfosfat va va boshqalar) ishlatiladi.
Polimerlarga
to‘ldiruvchilarni
qo‘shish
faqat
issiqlik
izolyasiya
plastmassalarining fizik-mexanik xususiyatlarini o‘zgartiribgina qolmay, balki ularni
arzonlashtiradi.
To‘ldiruvchilar mineral va organik bo‘lishi mumkin: shishatola, asbest, perlit
qum, kvars qumi, yog’och uni, sintetik kauchuk va boshqalar.
Polimerning polimerizatsiya jarayonini uyg‘otish uchun initsiator (tashabbuschi)lar –
polimerizatsiyaning zanjirli reaksiyasini uyg‘otuvchi moddalar ishlatiladi.
Polixlorvinil polimerlar ishlab chiqarishda tashabbuschilar sifatida benzol perekisi
yoki ammoniy persulfati ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: