Referat mavzulari ro’yxati


Polimerli emulsion bo‘yoqlar



Download 3,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/137
Sana21.04.2022
Hajmi3,3 Mb.
#570220
TuriReferat
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   137
Bog'liq
PARDOZ UMK

Polimerli emulsion bo‘yoqlar. 
Polimerli emulsion bo‘yoqlar asosan ikki bir-
birovi bilan aralashmaydigan suyuqliklardan iborat. Ustuvor hamda qatlamlarga 
ajralmaydigan emulsiya olish uchun emulgator solinadi. Ularga lignosulfonatlar 
(SDB), sovunnaft, ko‘pik kanifol va boshqalar kiradi. Emulsion bo‘yoqlar zararsiz, 
ichki va tashqi pardozlash ishlarida ishlatiladi. 
Polivinilatsetat bo‘yog‘i polivinilatsetatning suvli dispersiyasidagi pigmentdan 
va dibutilftalat suyultiruvchisidan iborat. Beton, suvoq, yog’ochlarni bo‘yashda 
ishlatiladi. 
Akrilatli bo‘yoqlar atmosfera ta’siriga yuqori chidamliligi sababli bino va 
inshootlarning fasadini, shuningdek nam sharoitda ishlatiladigan binolarni 
pardozlashda ishlatiladi. Ular oq, qizil va boshqa ranglarda chiqariladi. 
Suvga chidamli emulsiyali bo‘yoq bilan qoplangan yuzalarni suv bilan sovunlab 
yuvsa bo‘ladi. 
Polimersementli bo‘yoqlar. 
Bunday bo‘yoqlar asosan polimerning suvli 
dispersiyasi va oq portlandsementdan iborat bo‘lib, unga ishqorlar, quyosh nuriga 
chidamli pigmentlar va to‘ldirgichlar solinadi. To‘ldiruvchi sifatida ohak uni, talk va 
shunga o‘xshashlar ishlatiladi. Polimer bog‘lovchi sifatida polivinilatsetat, 
perxlovinilatsetat yoki perxlorvinil emulsiyasidan foydalaniladi. Bu bo‘yoqlar 
binolarning ichki va tashqi yuzalarini qoplashda ishlatiladi.
Loklar va emal bo‘yoqlar 
Loklar. 
Loklar deb sun’iy yoki sintetik smolalarning, bitumning, oliflarning 
uchib ketuvchi eritmalarda tayyorlangan, yupqa pardasimon qoplama hosil qiluvchi 
bo‘yoqlarga aytiladi. Biroq yuzaga lokning yupqa qatlami surtilsa, eritgich uchib ketib, 
rangsiz, yaltiroq yoki noyaltiroq mustahkam parda hosil bo‘ladi. Parda hosil qiluvchi 
moddaning turiga qarab bitumli, spirtli, smolali, moy-smolali loklar va nitroloklarga 
bo‘linadilar. Lokning tarkibi asosiy komponentlardan tashqari suyultiruvchi, 
qotiruvchi va lok qoplamasi sifatini yaxshilovchi boshqa maxsus qo‘shilmalardan 
iborat. 
Bitumli (asfaltli) loklar
uchib ketuvchi eritgichdagi bitumning kolloidli 
qorishmasidir. Bunday loklar suvga chidamli qora rangli pardalar hosil qiladi. Bu 


112 
loklar kanalizatsion va gaz quvurlarni, sanitar-texnik uskunalarning metall qismlarini 
va shunga o‘xshashlarni korroziyaga qarshi qoplash uchun ishlatiladi. 
Bitum-moyli loklar
qo‘l tutgichlarini, to‘siqlarni va boshqa metall qismlarni 
bo‘yash uchun ishlatiladi. Tarkibidagi o‘simlik moyi loklarni sovuqda elastikligini 
saqlaydi va qoplama tez «qarimaydi». 
Spirtli loklar va polituralar
tabiiy va sun’iy smolalarning spirtdagi eritmasi 
hisoblanadi, ular sariq, jigarrang va boshqa ranglarda yuzalarini qoplashda hamda 
mebelsozlik sanoatida keng ko‘lamda qo‘llaniladi. 
Nitrolaklar
sellyuloza hosilalarining 112rganic eritgichlardagi eritmalari bo‘lib, 
odatda suyultiruvchilar bilan birga tayyorlanadi. Nitrolok tez quriydi, jigarrang yoki 
sariq rang yaltiroq parda hosil qiladi. Ular asosan yog’och buyumlar va mebellarni 
bo‘yashda qo‘llaniladi. Nitroloklar tez yonadi; qurish jarayonida o‘zidan zararli 
bug‘lar chiqaradi, shuning uchun ulardan foydalanishda nihoyatda hushyor bo‘lib va 
mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish zarur. 
Smolali 
moysiz 
loklar
sintetik 
smolalarning 
112rganic 
erituvchidagi 
emulsiyasidir. Mochevin-formaldegid, poliefir smolalari asosidagi loklar, parket 
pollar, yog’och tolali taxtalar (DVP) va duradgorlik buyumlarini qoplash uchun 
ishlatiladi. 

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish