Tekis (utyujniy) marmar -
bir necha qatlamli gruntdan va 2-3 qoplama
qatlamlardan tashkil topadi.
Qoplama qatlamning yuza qismiga rangli emulsiya tortiladi. Yuza marmar
rasmiga qarab chiziladi va issiq utyug bilan tekislanadi. Asosiy tarkibi xuddi aselkali
marmarga o’xshab tayyorlanadi.
Sun’iy marmar ishlab chiqarish badiiy bezakda uncha mustahkam bo’lmaydi.
Sun’iy marmar turli turdagi marmarlar: Oq marmar, ufa marmari, gazgan
marmari, shroshin marmari, davalin marmari bilan tenglashtiriladi. Sun’iy marmarni
ishlab chiqarish qiyin mehmat talab qiladi. Shuning uchun uni umumjamoa joylarida
qo’llash mumkii.Yuzini sun’iy marmardan taxlash qo’lda olib borilishi kerak.
16
Takrorlash uchun savollar:
1. Dekorativ betonlar haqida tushunchalar
2. Gips asosida betonlar qayerlarda ishlatiladi ?
3. Betonning pardozlash usullarini tushuntiring.
4. Pardozbop suvoqlar uchun qanday materiallar ishlatiladi ?
5. Sun’iy marmar qanday olinadi ?
Ma’ruza № 3-4 (4-soat)
Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida pardozlash va issiqlik izolyasiya
materiallarining tutgan o‘rni. Fanning maqsad va vazifalari.
Maruzani yoritish rejasi:
1. Issiqlik izolyasiya materiallarining o’rni.
2. Pardozlash materiallar haqida ma’lumot.
Tayanch iboralar:
Tosh materiallar, sopol materiallar, anorganik xom ashyo,
organik xom ashyo, glazur, mustahkamlik , suvga va sovuqqa chidamlilik, zichlik,
binolarning ko’rkamligi.
Pardozlash va issiqlik izolyasiya materiallari O‘zbekistonda qadimgi
zamonlardan beri keng ishlatilib kelingan. XIII-XV asrlarda Amir Temur, Ulugbek
davrlarida qurilgan va butun dunyoga mashxur bo‘lgan tarixiy yodgorliklar bunga
misol bo‘ladi. Qadimiy Samarkand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi tarixiy obidalarda
asosan pardozbop g‘ishtlar, yuzi sirlangan qoplama taxtachalar ishlatilgan. Bunday
ashyolarning mustahkamligi, chidamliligi, rangi, ko‘rkamligi hozirgacha yaxshi
saqlanib qolgan.
4-1-rasm. Pardozbop taxtachalar va g‘ishtlar.
Pardozbop taxtachalar va g‘ishtlar hozirgi kunda ham binolarning fasadlarini (old
qismini) bezashda keng ishlatilmoqda. Bunday taxtachalar Respublikamizdagi
ko‘pgina yirik binolarda, uy-joy qurilishida ishlatilmoqda. Masalan: Toshkentdagi
san’at muzeyi, Alisher Navoiy nomli teatr binosi, Toshkent sirki, Paxtakor metro
stansiyasi. Xalqlar do‘stligi muzeyi bir qator turar-joy binolari va x.k.larda pardozbop
ashyo sifatida har xil sopol plitkalar, pardozbop g‘ishtlar ishlatilgan.
17
Bunday buyumlar Angren sopol buyumlar ishlab chiqarish kombinati,
Olmaliqdagi qurilish ashyolari ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.
Respublikamizda ichki devorlar va pollarni bezashda ishlatiladigan qoplama
taxtachalar, farvor va fayansdan tayyorlangan sanitar-texnik buyumlar, kanalizatsiya
va drenaj quvurlari ishlab chiqarish ham keng yo‘lga quyilgan va jumxuriyatimizda
olib borilayotgan qurilish ishlarida keng qullanilmoqda.
4-2-rasm.
G‘isht ishlab chiqarish korxonalari davlatimizning hamma shaharlarida mavjud.
Bundan tashqari hozirgi paytda ko’pchilik qishloqlarda ham sopol ashyolarga bo‘lgan
o‘z ehtiyojlarini qoniqtirish uchun kichik korxonalar qurilganki ular joylardagi
qurilishlarni devorbop ashyolar bilan ta’minlamoqda.
Respublikamiz qurilishlarida yengil beton tayyorlash uchun kerak bo‘lgan
g‘ovak to‘ldiruvchilarga bo‘lgan talablar katta. Bu borada ham respublikada ham
keramzit, agloporit ishlab chiqaradigan korxonalar bo‘lib, ular qurilishni kerakli
mahsulot bilan ta’minlab kelmoqda.
Pardozlash va issiqlik izolyasiya materiallari ishlab chiqarish uchun
respublikamizda xom ashyo bazasi yetarli darajada bo’lib, bular har xil tuproqlar,
lyosslar, bentonitlar va boshqa mahalliy tabiiy tog’ jinslaridir. Shu bilan bir qatorda,
sanoat chiqindilarini xom ashyo sifatida ishlatishga ham alohida ahamiyat berilmoqda.
Respublikamizdagi bir qator metallurgiya va energetika korxonalarini chiqindilari
shlaklar, kukunlar, xom ashyo va qo‘shimchalar sifatida ishlab chiqarish korxonalarida
keng ishlatilmoqda.
Shunday qilib mustaqillikka erishgan O‘zbekiston Respublikasida Pardozlash va
issiqlik izolyasiya materiallari ishlab chiqarish keng yo‘lga qo’yilgan.
«Pardozlash issiqlik izolyasiya ashyolar texnologiyasi» fani «Qurilish
materiallari, buyumlari va qurilmalari ishlab chiqarish» mutaxassisligi bo’yicha
magistrlar uchun asosiy maxsus fan hisoblanadi. Bu fan bir qator umumiy-nazariy
fanlar (ximiya, fizika, matematika, qurilish materiallari, jarayonlar va apparatlar)ga
asosolangan bo’lib o’z navbatida boshqa maxsus fanlar (qurilish qurilmalari, mexanik
uskunalar, qurilish texnologiyasi, konstruksiyalar T.S.P., arxitektura, iqtisod) uchun
asos bo’lib xizmat qiladi.
18
Bu fanni o’qitishdan maqsad pardozlash issiq izolyasiya va akustik
materiallarning xossalarini chuqur biladigan, ularni ishlab chiqarish texnologiyasini
biladigan, hozirgi zamon sanoat va fuqaro qurilishidagi roli va ahamiyatini tasavvur
qila oladigan mutaxassislar tayyorlashdir.
Bu kursni o’qitishda asosiy e’tiborni xom ashyoni iloji boricha iqtisod, ratsional
sarflash, energetik resurslar va ishchi kuchini kamroq sarflab sifatli mahsulot olish,
xom ashyo sifatida sanoat chiqindilarini ishlatish, atrof-muhitni muhofaza qilish
imkoniyatlarini beradigan texnologiyalar yaratish va talabalarni hozirgi zamon
qurilishida eng zarur bo’lgan materiallar bilan tanishtirish, ularning xossalarini, ishlab
chiqarish usullarini o’rgatish, bir necha xil materialarni solishtirib, eng yaxshi
variantini tanlashni o’rganish va x.k.
Fanning asosiy vazifasi - yangi pardozbop materiallar yaratish, xilma- xil issiqlik
izolyasiya va akustik materiallarni birlashtirib o’rganish uslubi, serg’ovak tuzilishga
ega bo’lgan materiallar yaratishda asoslangan. Bu kurs besh bo’limdan iborat bo’lib,
har bir bo’lim bir necha qismlardan iborat. Laboratoriya mashg’ulotlari ilmiy
tekshirish ishlari, o’quv-ilmiy ishlar elementlari bilan olib boriladi.
Qurilayotgan bino va inshootlarni uzoq muddatlarga chidovchanligini oshirish va
ularning tashqi va ichki ko’rinishlarini go’zallashtirish uchun pardozbop materiallar
ishlatiladi. Pardozbop materiallar inshootlarning fakatgina tashqi ko’rinishini
chiroylilashtirib qolmasdan, balki Shu bilan birgalikda buyum va qurilmalarning
suvga, sovuqqa va atmosfera ta’siriga chidamliligini oshiradi, natijada bu buyum va
qurilmalarning xizmat muddati juda ko’p yillarga davom etadi.
Ishlanayotgan xom ashyoning turiga qarab pardozbop materiallar 3ta guruhga
bo’linadi, ya’ni mineral, organik va aralash xom ashyolar asosida.
Mineral xom ashyolar asosidagi pardozbop materiallarga quyidagilar kiradi:
1. Tabiiy tosh materiallar.
2. Sopol materiallar.
3. Shisha materiallar.
4. Bog’lovchi moddalar asosidagi materiallar.
5. Silikat buyumlar asosidagi materiallar.
6. Asbestotsement materiallar.
7. Metallar.
Organik xom ashyolar asosidagi quyidagi pardozbop materiallar bor:
1. Yog’och materiallar.
2. Polimer asosidagi materiallar.
3. Qishloq xo’jalik o’simliklari poyalari asosidagi materiallar.
Aralash xom ashyolar asosidagi pardozbop materiallarga lak buyoq materiallar
kiradi.
Tashqi ko’rinishiga ko’ra pardozbop materiallar:
1. Qattiq holatda.
2. Egiluvchan va o’rama holatda
3. Suyuq holatda.
Pardozbop materiallar ishlab chiqarishdagi samaradorlikni oshirishda
O’zbekistan respublikasida juda ko’p ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan
tarixiy obidalarimizda ishlatilgan pardozbop sapol gishtlar tarkibi va sirlangan yuzlari
nimalardan iborat ekanligi mutaxassis va olimlar uchun katta jumboq bo’lib turibdi.
Shuni ham aytib o’tish kerakki tabiiy tosh materiallari, sapol buyumlari,
bog’lovchi moddalar asosida olingan pardozbop buyumlardan yangidan-yangi
19
mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Bu materiallar tarixiy obidalarimizni qayta
rekonstruksiya qilishda, jamoat inshootlariga bezak berishda muhim rol uynamoqda.
Tabiiy tosh materiallaridan foydalanishda ilgarilari ulardan kerakli o’lchamlari
qirqib olinganidan so’ng qolganlari chiqindi sifatida tashlab yuborilar edi. Hozirgi
vaqtda esa ulardan chiqqan chiqindilarni yYelimlab qayta ishlanib yana pardozlash
ishlarida qo’llaniladi. Ulardan ham qolgan chiqindilardan esa to’ldiruvchi sifatida
foydalanib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |