Ahamiyatiga qarab tartibga solish – bunda bir qator mulohazalarni ko’rib chiqish va ularning har birini boshqasiga nisbatan muhimligi yoki qimmatliligi jihatidan taqqoslash talab etiladi. Bunday topshiriqni bajarish shaxsiy fikrga asoslangan bo’lib, ko’p bah slarga sabab bo’ladi. Bu xildagi topshiriqlar o’quvchilarning biror muammoni amalda qanday tushunishlarini aniqlashuchun juda foydali. Masalan, bir guruh taniqli arboblarning bitta muammo bo’yicha bildirgan fikrlarini shu tarzda tabaqalashtirib ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |