Pedagogik texnologiya - 1) oldindan loyihalashtirilgan pedagogik jarayonni amaliyotda rejali va bir maromda tatbiq etish yoki pedagogik masalani yechishga qaratilgan pedagogning uzluksiz o’zaro bog’langan harakatlari tizimidir; 2) ta’lim va tarbiya metodlarining u yoki bu to’plamini qo’llash bilan bog’liq bo’lgan pedagogning uzluksiz, o’zaro shartlangan harakatlari tizimidir; 3) pedagogning yutuqlariga kafolat beradigan aniq ishlab chiqilgan va qatiy ilmiy loyihalashtirilgan pedagogik harakat; 4) ta’lim shakllarini optimallashtirishga qaratilgan va texnika hamda inson omillari, uning o’zaro hamkorligi asosida o’qitish jarayoni va bilimlarni egallash, yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli metodidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |