Rollarga bo’linib o’ynash – pedagog taklif qilgan dilemma vaziyatini sah nalashtirish. Bunday yondashuvda o’rganilayotgan muammolar shaxsiy ahamiyatga ega bo’lib boradi: o’quvchilar obrazga kirar ekanlar, muammoni yanada chuqurroq o’rganadilar. Bu xildagi mashqlarni bajarishda aktyorlik qobiliyati unchalik ahamiyatga ega emas. Berilgan rolga mos xulq-atvor usulini (tarzini) tanlash, inson hatti-harakatlarining sabablarini, uning ko’nglida kechayotgan holatni va yuz berayotgan voqealarga munosabatini asoslab berish qobiliyati ko’proq muhimdir. O’yin davomida ikkinchi darajali holatlarni muhokama qilish bilan ovora bo’lmasdan, qo’yilgan masalani yechish muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: |