DARS OLIB BORISH METODIKASI
Pedagogik texnologiyalardan foydalanishni o’tish jarayonida texnologik xaritada ko’rsatilgan axborot-kommunikativ va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanilishi nazarda tutiladi;
Pedagogik texnologiyalardan foydalanish mavzusining dolzarbligi, o’rganilganlik darajasi, bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mazmuni haqida tushuncha beriladi;
Mavzuga oid milliy, xorijiy va xalqaro manba va hujjatlar bilan tanishtiriladi va tahlil qilinadi;
Reja asosida taqdimotlar yordamida o’quv kursi mazmun-mohiyati tushuntiriladi;
Mavzuga doir munozarali (nazariy) savollar bo’yicha bahs-munozara (diskussiya) o’tkaziladi va ularga baho beriladi;
Muammoli masalalar tarqatiladi va ularning yechimi eshitiladi;
Mavzuga doir audioviziual, video materiallar namoyish etiladi va munosabat bildiriladi;
Zaruriyat tug’ilganda, masala va savollar uyga topshiriq sifatida beriladi;
Asosiy tushunchalar, savol-javoblar umumlashtirilib, Pedagogik texnologiyalardan foydalanishga yakun yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |