Metall-ligand qaytar bog‘lanishi
2) Metall-ligand qaytar bog‘lanishi 73-rasmda ko‘rsatilgan. Bunda elektron zichlik metallning to‘ldirilgan d-orbitalidan r- yoki d -turdagi ligandning to‘ldirilmagan qarshi bog‘laydigan orbitaliga o‘tishi ko‘rsatilgan. Qaytar bog‘lanish π-variantida bo‘lib, metall-ligand bog‘i elektron zichligining ikkita maksimumi bog‘ning ikki tomonida joylashgan. Bu M-L-bog‘ini kuchaytiradi, lekin ligandning ichidagi bog‘larni (masalan SO-dagi C-O bog‘i) kuchsizlantiradi, chunki qaytar ko‘chirish ligandning qarshi bog‘laydigan orbitalida o‘tadi, bu esa bog‘ning umumiy tartibini kamaytiradi.
Ushbu ikkita bir birini kuchaytiradigan komponentlarni “sinergetik” deb ataydilar. Bu model Polingning elektrmanfiylik prinsipiga muvofiq (alohida atomda zaryad to‘planishi mumkin emas), chunki π-kislotali ligandning bo‘linmagan elektron jufti bergan zaryadi uning o‘ziga qaytar bog‘lanish yo‘li bilan qaytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |