Ayrim keng tarqalgan kraun-efirlar
Sintez
Pedersen o‘zining ishida kraun-efirlarning faqat oltita olish usullarini keltirgan. Ular hali ham kraun-efirlar sintezi uchun asos bo‘lib hisoblanadi . Ko‘pgina yangi kraun-efirlar (a) yoki (b) usulda olingan. Sxemada ko‘rsatilgan barcha usullar efirning Vilyamson sinteziga misol bo‘la oladi, aynan (v) usulda birinchi dibenzo-18-kraun-6 efir olingan. (g) Usulini Pedersen ushbu makrotsiklni (5.1) olish uchun qo‘llagan.
Yangi kraun efirlarining sintezi
Lariat efirlar va podandlar
Podandlar deb “shokila” shaklda bog‘lash markaziga ega atsiklik mezbonlarga aytiladi. Eng oddiy podand bu kraun-efirlarning atsiklik analogi, masalan pentaetilenglikol dimetil efiri (5.2) 18-kraun-6 yoki diol analogiga (5.3) o‘xshash.
Entropiya va entalpiya salbiy ta'sirlari natijasida mezbon podandlarning kationlarga moyilligi siklik analoglardan kamroq bo‘ladi, lekin kraun-efirlarga o‘xshab mos keladigan metall kationlarini “o‘raydigan” konformatsiyasini olish mumkin, masalan, lantanoid kationlarini (46-rasm). Podand mezbonlarning yuqori egiluvchanligi ularga ko‘p markazli ko‘prik va spiral bog‘lanishda ishtirok etishga imkoniyat beradi, biroq, kraun efirlarida bunday bog‘lanish amalga oshmaydi
Yeu(III) podand kompleksining kristallik tuzilishi
Oddiy podand trigidroksietilenglikolning navbatma- navbat almashinadigan koordinatsion shakllari
1972 yilda Syurixdagi Federal Texnologiya institutidan (Shveysariya) Simon guruhi transmembrana ionoforlari kabi Ca2+-ning tashuvchilar podandlar haqida habar bergan edi. Ushbu mezbonlar harakati (masalan, 5.4) qutbli amid guruhlarining bog‘lanish qobiliyatiga hamda efir guruhlarning egiluvchan uzun speyserlar orqasiga burilib shu vaqtning o‘zida metall kationini koordinatsiya qilishiga asoslangan.
Alifatik zanjirlar ham birikma lipofilligiga shuningdek, membrana tashish qobiliyatiga katta xissa qo‘shadi.
"Podand" atamasi F. Fyogtle va E. Veber (1979) tomonidan kiritilgan, ularning ilk ilmiy ishlari ohirgi xinolin guruhli podandlarga bag‘ishlangan edi, masalan (5.5). Bunday podandlar qator ishqoriy metall tuzlari, shuningdek, o‘tish metallari xatto uranil nitrat UO2(MOzJ-6N2O bilan ham kristallik birikmalar hosil qiladilar. Bu tadqiqotchi olimlar o‘z ishini bir qismi bo‘lgan podandlar bo‘yicha qattiq oxirgi guruh konsepsiyasini ishlab chiqdilar. Muammolardan biri - podandlarning yuqori egiluvchanligi bo‘lib, ular bog‘lanmaydigan ochiq konformatsiyaga ega bo‘ladilar. Biroq, podand ohirida qattiq funksional guruh bo‘lsa (aril, murakkab efir, amid) podand mezbon ohirgi guruhining qo‘shimcha tashkil qilish darajasi orqali bog‘lanish kuchayadi. Birikma (5.6) bu konsepsiyaning misoli bo‘la oladi, bunda benzoy kislota tutashgan fragmentlari qattiq, tekis va qisman oldindan tashkil bo‘lgan bog‘lovchi kovak kalta dietilenglikol ko‘prikcha bilan qo‘shilgan. Ikkita qattiq oxirgi xinonmonoimin guruhli podand (5.7) ionofor sifatida o‘rganilgan. Ushbu svitter-ion podandi ikkita anion kislorod donori orqali bog‘lashni amalga oshiradi va ikki valentli kationlar qatnashganda katta spektral o‘zgarishlarga olib keladi.
Ushbu tasavvurlarni tripodal molekulalar uchun qo‘llash mumkin, ya'ni uchta egiluvchan zanjirli podandlar, ular mehmonlarni to‘la kapsulalaydi, masalan
Do'stlaringiz bilan baham: |