Referat mavzu: «Jigardagi zaharli moddalarni zararsizlantirish»


RES  - havoda  ruxsat  etilgan  zahar  miqdori  mg/m 3 .  CHMM



Download 339,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana23.04.2022
Hajmi339,4 Kb.
#578010
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jumayeva Xolida (1)

RES 
-
havoda 
ruxsat 
etilgan 
zahar 
miqdori 
mg/m
3

CHMM
- (Chegaraviy me’yoriy miqdor) havodagi taxminiy zararsiz zahar 
miqdori, mg/m
3
. Kimyoviy moddalarning xavflilik darajasi ularni kuchli ta'sir 
etuvchi 
miqdori 
bilan 
ham 
belgilanadi. 

quyidagicha 
aniqlanadi: 
Bu nisbat qancha katta bo‘lsa zaharli birikma shunchalik xavfsiz hisoblanadi. 
Modda zaharli effekti, modda ta'siridan organizm a'zolari funksiyasi va faoliyatini 
o‘zgartirishi bilan belgilanadi. Bu jihatdan zaharlanish kimyoviy ta'sir sifatida 
belgilanadi. 
Odamlar uchun moddalarni o‘limga olib keluvchi va zaharlovchi dozalari 
aniqlanmagan. Bu miqdor tajriba hayvonlarida(sichqon, kalamush, quyon) bergan 
ma'lumotlarga qarab taxminiy belgilanadi. 
Zaharli modda organizmga ogʻiz, meʼdaichak, nafas yoʻllari orqali kirganda, 
teridan soʻrilganda, teri ostiga, orasiga, venaga yuborilganda roʻy beradigan 
kasallik 
holati. Organizm 
faoliyatining 
izdan chiqishi bilan kechadi. 
Zaharlanishning yuzaga kelishi va kechishi zaharlovchi moddaning organizmga 
qaysi yoʻl bilan kirganligiga, uning miqdori (dozasi), fizikkimyoviy holati (gaz, 
eritma, chang va h.k.), shuningdek, organizmning umumiy ahvoli va tashqi muhit 
omillariga bogʻliq, Odamlarda zaharlanishning oʻtkir va surunkali xili farq qilinadi. 
Oʻtkir tasodifiy va qasddan boʻlishi mumkin, ular zaharli moddaning organizmga 
bir marta kuchli taʼsiri tufayli yuzaga kelib, hayotiy muhim funksiyalarning izdan 
chiqishi bilan kechadi. Surunkali zaharli moddaning organizmga uzoq vaqt 
ozozdan taʼsir etishi oqibatida roʻy beradi; dorilardan boʻladigan, shuningdek, 
kasbkorga aloqador zaharlanishlar kuzatiladi. Turmushda kundalik hayotda uchrab 
turadi. Pechka yoqish va gaz plitalaridan foydalanish qoidalariga rioya 
qilinmaganda is yoki yoritish gazidan aynigan ovqat isteʼmol qilinganda 
alkogoldan dezinseksiya, deratizatsiya va b. maqsadlar uchun ishlatiladigan 
ximikatlardan. Dorilardan ular dozalanganda, yanglish ishlatilganda, notoʻgʻri 


tayyorlanganda kelib chiqadi. Odamning nechogʻli qattiq zaharlanishi shu doriga 
organizmning qanchalik sezgirligiga ham bogʻliq. Kasbga aloqador baʼzi 
korxonalarda xavfsizlik texnikasi kridalari buzilib, qoʻrgʻoshin, simob, mis, 
mishyak birikmalaridan zaharlanganda roʻy berishi mumkin. Tasodifiy va qasddan 
(mas, oʻzini yoki birovni oʻldirish maqsadida) zaharlanish ham ajratiladi. Kuchli 
taʼsir etadigan moddalar va dorilar notoʻgʻri saklanganda koʻpincha bolalar 
zaharlanib qoladi. Shuning uchun zaharli dorilar bolalar boʻyi yetmaydigan joyda 
sakdanish kerak. Kislota va ishqorlardan Zaharlanishda badanda qatgiq ogʻriq 
seziladi, lab va ogʻiz shilliq pardasi kuyadi. Suv yutganda, toʻsh orqasi va osti 
ogʻriydi; odam qon aralash qusadi. Ovqatdan zaharlangan kishi qornida ogʻriq 
sezadi, qusadi, ichi ketadi, boshi ogʻriydi, boshi aylanadi, darmoni quriydi, qattiq 
zaharlangan boʻlsa, hushidan ketadi, oʻlib qolishi ham mumkin. Alkogoldan 
Zaharlanishda mastlik, avval qoʻzgʻalish, yuz kizarishi, alkogol hidi anqib turishi, 
soʻngra alahlash, yuzning boʻzarishi, behushlik qayd qilinadi. Narkotik 
vauxlatuvchi dorilar (morfin, barbital, fenobarbital va h.k.)dan Zaharlanishda 
mudrash, bosh aylanishi, quloq shangʻillashi, qusish, tomir urishining sust va zaif 
boʻlishi, tirishish kuzatiladi. Is gazi [uglerod (P)oksid] va yoritish gazidan 
zaharlanish shu gazlarning nafas yoʻllari orqali kirishidan boʻladi. Belgilari; bosh 
ogʻriydi, quloq shangʻillaydi, bosh aylanadi, bemorning darmoni quriydi, 
halloslaydi; pulsi susayadi, koʻngli ayniydi va qusadi; qattiq zaharlanganda 
tipirchilaydi, hushidan ketadi, oʻlib qolishi ham mumkin. 3. alomatlari xilmaxil 
boʻlib, u jigar, buyrak, qon, markaziy va periferik nerv sistemasining qay daraja 
zararlanganiga bogʻliq. Davo zaharlanishga sabab boʻlgan zaharli moddani iloji 
boricha organizmdan tezroq chiqarish choralarini koʻrish, zaharli moddaning 
zaharini kesuvchi ziddizaharlardan foydalanish, zaharlangan aʼzolar faoliyatini 
tiklashdan iborat. Birinchi yordam: zaharlanishga gumon tugʻilganda darhol vrach 
chaqirish yoki bemorni yaqin oradagi kasalxonaga olib borish kerak. Kislotalar 
(sirka essensiyasi, xlorid kislota va h.k.)dan zaharlanganda kuydirilgan magneziya 
bilan suv yoki suvning oʻzini koʻp ichirib, qustiriladi. Bemor behush yoki kollaps 
holatida boʻlsa, qustirish yaramaydi. Ishqorlar (novshadil spirti)dan zaharlanganda 
3% sirka (1 stakan suvga 1 choy qoshiq) qoʻshilgan limonli suv ichirib qustiriladi. 
Soʻngra bir boʻlak muz yuttirib, sovuq qaymoq yoki sutni choy qoshiqlab 


ichiriladi, xom tuxum, bir boʻlak sariyogʻ yuttiriladi; toʻsh ostiga muzli xalta, 
qoʻloyoqqa grelka qoʻyiladi. Ovqatdan zaharlanganda meʼda yuvilgandan keyin 
qorin va qoʻloyoqqa grelka qoʻyiladi. Koʻplab issiq ichimlik, quyuq kofe ichiriladi. 
Alkogoldan zaharlangan kishiga ehtiyotkorlik bilan novshadil spirta hidla tiladi, 
meʼdasini yuvgach, surgi beriladi, soʻngra bir stakan suvga novshadil spirtidan 3—
5 tomchi qoʻshib ichiriladi. Boshiga muzli xalta qoʻyiladi. Koʻp choy yoki quyuq 
kofe ichiriladi. Narkotik va uxlatuvchi dorilardan zaharlanganda meʼdani yuvgach, 
bemorni bir oz yurgizish, ustidan sovuk, suv quyib, keyin issiq suvga tushirish
badanini issiq tutish, ishqalash, nafas toʻxtab qolganda sunʼiy nafas oldirish kerak. 
Is gazi va yoritish gazidan zaharlanganda sof havoga olib chiqib, novshadil spirti 
hidlatish, sunʼiy nafas oldirish, badanini ishqalash, achchiq choy, quyuq kofe 
ichirish kerak. Hayvonlar zaharli oʻt, buzilgan yemxashak yeganda, ogʻziga zaharli 
moddalar tushganda va zaharli gaz bilan nafas olganda zaharlanadi. Zaharlangan 
hayvon boʻshashadi, soʻlagi oqadi, ichi ketadi, nerv sistemasining faoliyati 
buziladi. Birinchi yordam: meʼdasi yuviladi, goʻshtxoʻr hayvon va choʻchqalarga 
qustiruvchi dori beriladi, surgi ichiriladi. Hazm yoʻlida zaharning soʻrilishini 
sekinlatish uchun adsorbsiyalovchi dorilar beriladi. 
Ipakchilik sanoati korxonalarining sexlaridan ishlatilgan havo bilan birga chiqib 
ketuvchi zararli ajralmalarni ikki asosiy turga: zararli gazlar va changga ajratish 
mumkin. Zararli gazlar bilan ifloslangan havo pilla tortish sexlari uchun xosdir. U 
tozalanmagan holda umumiy va mahalliy so‘rish tizimlari vositasida so‘rish 
quvurlari orqali tashqariga chiqaribyuboriladi. Pillalarga quruqlayin ishlov berish 
sexining havosida chang konsentrasiyasi ruxsat etilgan chekli konsentrasiyadan 8-
10 baravar ko‘p bo'lishi mumkin.Bunga texnologik uskunalaming tozalash tizimi 


qoniqarsiz ishlashi sabab bo'ladi. Sex havosiga aralashgan chang qurilish 
konstruksiyalari va uskunalarga o ‘tiradi. Yulish-yulish mashinasi changning katta 
manbaidir. Undan chiqadigan 
mayda chang sex havosiga qo'shiladi, yirik chang va unga yopishgan mayda chang 
esa mashina ostidagi bo'shliqda to'planadi. 

Download 339,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish