Ishlab chiqarish omillarining1 mahsulot hajmining ko‘payishiga ta’siri
Firmaning xatti-harakati u yoki bu hajmdagi resurslardan qancha mahsulot ishlab chiqarish mumkinligini ko‘rsatadi. Bunday tahlil ishlab chiqarish funksiyalaridan yoki omillaridan boshlanadi. «Ishlab chiqarish funksiyasi» deb, ishlab chiqariladigan muhsulot hajmini firma sarf qiladigan mehnat va kapital resurslari hajmiga bog‘liqligiga aytiladi. Ishlab chiqarish funksiyasi quyidagicha: Q = F (L, K) Bunda: L — mehnat, К — kapital. Bu tenglama m a’lum turdagi m ahsulotni (masalan, vino yoki kompyuter ishlab chiqarish, poyafzal, shakar) ishlab chiqarishning ma’lum usullari yoki texnologiyasidan foydalanishda qo‘llaniladi. Yoki mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillari — kapital, mehnat, xomashyo, materillarni birlashtirish uchun zarur bo‘lgan turli xil usullar to ‘g‘risida ma’lum darajada bilimlar bo‘lganda ishlatiladi. Ma’lumki, texnologiyalar taraqqiy etib, rivojlanib boradi. 1 Ishlab chiqarish funksiyalari deb ham yuritiladi. Shuning uchun firma ma’lum miqdordagi va sifatdagi ishlab chiqarish omillarini (resurslarini) tanlagandagina mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishi mumkin. Barcha firmalar samarador bo‘lishga harakat qiladilar. Lekin buning uchun ishlab chiqarishni shunday usullarini tanlash kerakki, ular ham texnologik, ham iqtisodiy jihatdan samarador boMsin. Berilgan hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun boshqa hech qanday usullar b o ‘lmay, faqat shu bitta ishlab chiqarish usuli yordamida kamida resurslarning biron xili bo'yicha xarajatlari oz bo‘lgan ishlab chiqarish usuli texnologik jihatdan samarador usul hisoblanadi. Yoki shu berilgan hajmdagi resurslardan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi maksimal darajada bo‘lsa, bunday ishlab chiqarish usuli texnologik jihatdan samarador hisoblanadi. Bu ikki tushuncha bir xil ma’noni beradi, chunki ular resurslar isrof bo‘lmasligini talab etadi. Ishlab chiqarish omillaridan foydalanish - isrofgarchilikka yoki unum siz, foydasiz ishlab chiqarish jarayonlarini qo'llashga y o ‘l qo‘ymaydi. Ular firmalar samaradorligining ta’minlanishini taqazo etadi, ya’ni firmalar har bir ishlab chiqarish omillaridan ma’lum nisbatda foydalanib maksimal samaradorlikka erishishlari mumkin. M ahsulot hajmini kamaytiradigan ishlab chiqarish om illarining kombinatsiyasi ishlatilmaydi. Albatta, «ishlab chiqarish har doim ham iqtisodiy samarador bo‘ladi» deb aytish haqiqatga to ‘g‘ri kelmaydi. Lekin «maksimal foydaga erishaman» deb intilgan firmalar resurslarni bekorga sarf etm aydi, deb aytishga barcha asoslar bor. Foydani maksimallashtirish uchun firma xarajat qiladigan resurslarni shunday tanlab olish kerakki, bazorda sotishga m o'ljallangan m ahsulot miqdoriga ketadigan ishlab chiqarish xarajatlari minimal darajada bo‘lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |