Referat mavzu : Nerv tizimi a’zolarining gistofiziologiyasini o’rganish. Bajardi


BOSh MIYa YaRIM ShARLARI PO’STLOFI



Download 364,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana03.02.2022
Hajmi364,68 Kb.
#427017
TuriReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
nerv tizimi azolarining gistofiziologiyasini organish

BOSh MIYa YaRIM ShARLARI PO’STLOFI. 
Bosh miya yarim sharlari po’stlog’i ruhiy va ixtiyoriy faoliyat markazi hisoblanadi. Bosh 
miya po’stlog’i miya stvoli va orqa miya harakat apparatlari bilan piramidal yo’lning nerv 
tutamlari va miya yarim sharlari kulrang va oq moddadan iborat. Kulrang modda tashqarida 
joylashgan bo’lib, katta yarim sharlarning po’stlog’ini hosil qiladi. Oq modda esa uning ostida 
yotadi. 
Bosh miya yarim sharlari po’stlog’i nerv hujayralaridan tuzilgan bo’lib, ularning soni 10-
14 milliardga yetadi. Bosh miya po’stlog’ining qalinligi taxminan 3 mm bo’lib, miyaning ba’zi 
qismlarida hujayralari tuzilishi va tolalarining o’ziga hos joylashishi bilan farq qiladi. Miya 
yarim sharlari po’stlog’i tuzilishidagi bu farq funksional xarakterdagi farqlarga anchagina mos 
tushib, nerv impulslarining aktiv analiz va sintez qilinish joyi – po’stloq maydonchasiga hos 
bo’ladi. Miya po’stlog’ining barcha hujayralari multipolyar neyronlardan iborat bo’lib, ularning 
bir qancha xillari – piramidasimon, duksimon, yulduzsimon, o’rgimchaksimon va ko’ndalang 
joylashgan neyronlar tafovut qilinadi. 
Bosh miya po’stlog’ining asosiy hujayralari piramidasimon neyronlardir. Ular mayda 
(kattaligi 10-12 mkm) o’rta (20mkm) va yirik (40 mkm va undan ziyod) bo’ladi. Bu 
neyronlarning tanasi konussimon bo’lib, hujayra uchi miya yuzasiga qaragan. Hujayra uchidan 
chiqqan uzun, yog’on dendrit miya po’stlarining yuzasida yelpig’ichsimon ko’pgina tolalarga 
bo’linib ketadi.Neyron tanasining yonlaridan chiqqan neyrit assotsiativ, komissural va 
proyeksion yo’l tolalarini tashkil qiladi. 
Bosh miya po’stlog’ining duksimon hujayralari turli kattalikka ega bo’lib, po’stloqning 
quyi qatlamlarida joylashadi. 
Yulduzsimon hujayralr turlicha kattalikda bo’ladi. Bu neyronlar tanasidan ko’plab 
dendritlar chiqadi. Yulduzsimon hujayralar miya po’stlog’ining turli qatlamlarida joylashadi. 
Chuqur qatlamlarida joylashgan hujayrlaar ko’tariluvchi uzun aksonlarga ega bo’lib, ular miya 
po’stlog’ining tashqi yuzasiga yonaladi. Bu aksonlar o’z yo’liga boshqa neyronlarning 
dendritlari bilan kollaterallar hosil qialdi. O’rgimchaksimon va shaxlangan neyronlar tanasi 
mayda bo’lib, ularning aksonlari kalta va bir talay tarmoqlangandir. 
Bosh miya po’stlog’ining ko’ndalang neyronlari po’stloqning yuza qatlamlarida 
joylashadi. Gorizontal yonalgan nerv o’simtalari piramidasimon hujayralarning dendritlari bilan 
qo’shilib, po’stloq tarkibida ko’ndalangiga birlashgan sistemani hosil qiladi. 
Bosh miya yarim sharlari po’stlog’i neyronlari neyrogliositlar bilan yaqindan aloqador 
bo’ladi. Tayanch vazifani bajaruvchi astrositlar o’simtalarining qo’shilishi po’stloqning sinsitiy 
tuzilishiga ega bo’lgan asosni yaratadi. Asosan trofik vazifani bajaruvchi oligodendrogliositlar 
po’stloq neyronlari bilan o’ta yaqin aloqada bo’lib, nerv o’simtalarining paradalari hosil qiladi. 
Epidemogliositlar bosh miya yarim sharlari qorinchalarining devorini qoplab turadi. Bosh 
miya yarim sharlari po’stlog’ining eng yuza sathida bir qator gliositlardan iborat hujayralar 
joylashib, ular po’stlog’ining nerv elementlarini yumshoq miya qivatidan ajratib turadi. 
Bosh miya po’stlog’ining diqqat bilan qaralsa, uning har xil qismlarida turlicha 
ifodalangan neyronlar qatlamini ko’rish mumkin. Miya po’stlog’ida neyronlarning 
joylashishiga sitoarxitektonika, nerv tolalarining joylashishiga esa miyeloarxitektonika 
deyiladi. 
Bosh miya yarim sharlari po’stlog’ining harakatlantiruvchi zonasida (masalan, markaziy 
oldingi pushtasi) aniq chegaralanmagan 6 qavat tafovut qilinadi. 
1.
Molekulyar qavat (lamina molecularis) oz miqdorda urchuqsimon mayda 
neyronlardan tashkil topgan (assosiativ neyronlar) bo’lib, ularning neyritlari 


miya sirtiga parallel holda joylashgan nerv tolalarining chigali tarkibiga kiradi. 
2.
Tashqi donador qavat (lamina granularis externa) mayda nefronlar hisobiga hosil 
bo’lib, ular asosan piramida shaklidadir. Bu hujayralarning neyritlari oq modda 
tomonga yonalib, qisman molekulyar qavatning tangensial chigaliga ham 
qo’shilib ketadi. 
3.
Piramidasimon hujayralar qavati (lamina piramidalis) mayda va kalta 
piramidasimon neyronlardan iborat. Bu neyronlar kattaligi 10-40 mkm bo’ladi. 
Ularning uchidan chiqqan shoxlanuvchi dendritlari molekulyar qavatda 
tugallanadi, yon tomondan chiquvchi dendritlari esa shu qavatdagi qo’shni 
hujayralar bilan sinapslar hosil qiladi. Neyritlar esa oq modda tomon yonaladi. 
4.
Ichki donador qavat (lamina granularis interna) po’stloqning har xil qismlarida 
turlicha rivojlangan. Po’stloqning ayrim joylarida umuman bo’lmasligi mumkin. 
Ular mayda piramidasimon va yulduzsimon hujayralardan iborat. Bu qavatda 
yaxshi rivojlangan tangensial – tashqi ko’ndalang nerv toalalari (Bayarje 
chizimchalari) joylashadi. 
5.
Ganglionar qavat (lamina gaglionaris) yirik piramidasimon neyronlar qavati 
bo’lib, po’stloqning asosan harakatlantiruvchi markazlarida, masalan, oldingi 
markaziy pushtada mujassamlangan. Bu hujayralarning eng kattalarining 
balandligi 120 mkm va kengligi 80 mkm bo’lib, birinchi marta 1871 – yilda 
kiyevlik olim V.Y.Bes tomonidan topilganligi sababli Bes hujayralari deyiladi. 
Bu hujayralarning neyritlari harakatlantiruvchi yadrolarning neyronlari bilan 
sinapslar hosil qilib tugaydi. Shu bilan birga Bes hujayralarining neyritlari ko’p 
miqdorda kollaterallar hosil qilib, ular orqali po’stloqning bevosita o’ziga 
tormozlovchi impulslar berish mumkin. 
6.
Polimorf hujayralar qavati (lamina multiformis) turli shakldagi miyada 
neyronlardan iborat bo’lib, ularning neyritlari oq moddaga yonalgan, dendritlari 
po’stloqning molekulyar qavatigacha yetgan bo’ladi. 
Po’stloqda joylashgan nerv tolalari (miyeloarxitektonika) ham bir nechta qavat hosil 
qiladi. Nerv toalalri po’stloqning turli joylarida har xil bo’lib, bo’ylama va ko’ndalang yonalgan 
7 qavatdan iborat:1) tangensial tolalar qavati; 2) mag’izli nerv tolalari kam bo’lgan qavat; 3) 
chizimcha ustki qavati; 4) tangensial mag’iz nerv tolalaridan iborat tashqi Bayarje chizimchasi;
5) chizimchalararo qavat; 6) ichki Bayarje chizimchasi ( bu qavat ham tangensial yonalgan 
mag’izli nerv tolalaridan iborat); 7) chizimcha ostki qavat. 
Nerv tolalarining qavati neyronlar qavatiga mos tushadi. Ikkala Bayarje chizimchasi ham 
piramidasimon hujayralarning afferent tolalari va ular kolalterallaridan hosil bo’ladi. 
Bosh miya po’stlog’ida faoliyat jihatidan quyidagi nerv tolalari ajratiladi. 
1.
Proyeksion tolalari – ular afferent (markazga intiluvchi yoki sezuvchi) va 
efferent ( markazdan qochuvchi yoki harakatlantiruvchi ) bo’lishi mumkin. 
2.
Assosiativ tolalar- po’stloqning turli qismlarini o’zaro bog’lab turadi. 
3.
Komissural tolalar – ikkala yarim sharlarni o’zaro bog’lash vazifasini o’taydi. 
Proyeksion tolalar-
miya po’stlog’iga organizmning ichki va tashqi muhitidan yonalgan 
nerv impulslarini o’tkazadi. Shu bilan birga proyeksion tolalar o’z tarkibida nerv sistemasining 
quy bo’limlariga javob impulslarini olib boruvchi tolalarni ham saqlaydi. 
Assosiativ nerv tolalar
ning uzun va kalta xillari bo’ladi. Kalta nerv tolalari bosh miya 
yarim sharlarining ayrim qismlarini o’zaro bog’lasa, uzun nerv tolalari bitta yarim sharining 
uzoqroq qismlarini tutashtirib turadi. 
Komissural tolalar 
bosh miya po’stlog’ining uzun neyritlari hisobiga hosil bo’lib, bir bosh 
miya yarim sharini ikkinchisi bilan bog’lab turadi. 
Bosh miya yarim sharlari po’stlog’ining ayrim maydonchalari yuqorida ko’rsatib o’tilgan 
qavatlarning turli darajada rivojlanganligi bilan farq qiladi. Masalan, harakat markazi 
hisoblangan oldingi markaziy pushta po’stlog’ida uchinchi, beshinchi va oltinchi qavatlar 


yaxshi rivojlangan bo’lib, ikkinchi va to’rtinchi qavatlar sust rivojlangandir. Bunday miya 
po’stlog’i agranular tip tuzilishiga ega bo’lgan po’stloq deb ataladi. Sezuvchi markazlarda esa, 
aksincha, donador qavatlar (ya’ni ikkinchi va to’rtinchi qavat) o’ta rivojlangan bo’ladi. Bunday 
tuzilishga ega bo’lgan miya po’stlog’i granulyar tipdagi po’stloqdir. 
Yumshoq miya pardasidan po’stloqqa ko’pgina mayda arteriyalar kiradi. Bu 
arteriyalarning ko’pchiligi tarmoqlanib, po’stloq yuza sathida va uning chuqur qatlamlarida 
kapillyarlar to’rini hosil qiladi. Ayrim arteriyalar oq moddaga qadar davom etib, kapillyarlarga 
bo’linib ketadi. Kapillyarlar to’rining zichligi miya po’stlog’ining hamma qavatlarida bir xil 
bo’lmaydi. Yirik neyronlar atrofida kapillyarlar zich to’rlar hosil qiladi. Shuni alohida ta’kidlab 
o’tish kerakki, bosh miyaning kulrang moddasi (po’stlog’i va yadrolari) oq moddasiga nisbatan 
juda kuchli rivojlangan kapillyarlar to’riga ega bo’ladi. Kapillyarlarning yaxlit endoteliysi va 
uzluksiz bazal membranasi ularni tashqi tarafdan o’rab turgan astrositlarning o’simtalari bilan 
birlikda mahsus gematoensefalik (ya’ni “qon-miya”) to’siqni hosil qiladi. 
Bu to’siq qon orqali kelayotgan yot moddalarni miya moddasiga o’tkazmaydi va shu 
tufayli miya neyronlari uchun himoya vazifasini o’taydi. 

Download 364,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish