МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
79
ko‘p tarqalgan shakli hisoblanadi. Shu sababli uslubiy birlashmalar faoliyatini yuqorida
ta’kidlangan muammolar bo‘yicha to‘g‘ri yo‘naltirish samarali usullardan sanaladi.
Aynan fan uslubiy birlashmalari o‘qituvchilar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi markaz
vazifasini bajarib, uslubiy xizmatni amalga oshiruvchi eng quyi bo‘limi hisoblanadi, zero
pedagogika sohasidagi barcha yangiliklar bevosita birlashmalar orqali o‘qituvchiga еtib
borib amaliyotga joriy etilishi lozim. Aksariyat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat
ko‘rsatayotgan tarix fanidan uslubiy birlashmalar ijtimoiy fanlardan dars beruvchi
o‘qituvchilarni o‘zida birlashtirgan. Ushbu fanlar uchun umumiy bo‘lgan dunyoqarash
yo‘nalishi birlashma a’zolarining muammo bo‘yicha yagona uslubiy mavzu ustida ish
olib borishlariga qulay imkoniyat yaratadi. Shuning uchun uslubiy birlashma ish rejasiga
mazkur muammoni dars samaradorligini oshirish omili sifatida kiritishni zarur qilib
qo‘yadi.
O‘qituvchilarning dars jarayonida kurslararo aloqalarni amalga oshirishga tayyorlashni
shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin: tanishtirish; kurslararo va kurs
ichidagi bog‘lanishi mumkin bo‘lgan mantiqiy aloqalarni rejalashtirish; mazkur aloqalarni
dars va darsdan tashqari ishlarda ro‘yobga chiqarish.
Tanishtirish bosqichi uslubiy birlashma a’zolarini muammoning nazariy asoslari va
uni amalga oshirishning shakl va usullari bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Birinchi
navbatda bu sohadagi Davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv
qo‘llanmalarining mazmuni bilan chuqurroq tanishtirish maqsadida maslahatlar beriladi.
Ulardagi materialni muammo nuqtai nazardan tavsifi, mantiqiy bayoni, tarixiy tushuncha
va atamalar, savol va topshiriqlar tizimi, illyustratsiyalari va hujjatlar, xarita, chizma,
jadvallar, rasmlar hamda boshqa qo‘shimcha manbalar bilan yaqindan tanishtiriladi.
Keyingi bosqichda ushbu aloqalar tizimi rejalashtiriladi, bunda maktabdagi eng
ommaviy reja shakllaridan biri bo‘lgan tavqimiy-mavzuiy rejada mazkur bog‘lanishlarga
alohida bo‘lim ajratildi. Ammo, bu yuqorida qayd etilgan kurslararo aloqalar o‘rnatishning
turli shakllarini hammasini ham qamrab ololmasligi ma’lum. Shunga ko‘ra, pedagogika
sohasida joriy qilingan ta’lim klasteri sharoitida, oliy ta’lim professor-o‘qituvchilari
va shu yo‘nalishda tadqiqotlar olib borayotgan amaliyotchilar tomonidan DTS, dastur,
darslik orasidagi izchillikni mustahkamlab, sinflar kesimida jahon va O‘zbekiston tarixi
darslariga integratsion yondashish asosida ta’lim mazmuni uzviyligi, o‘quvchilarining
bilim sifatini DTSga muvofiqligini ta’minlovchi tarix darslarini mavzuiy rejalashtirish
va har bir mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga
qo‘yiladigan minimal talablar bo‘yicha uslubiy tavsiyalar tayyorlab o‘quv jarayoniga
tatbiq etilishi dolzarb masalalardan sanaladi. Taqdim etilgan uslubiy tavsiyalar asosida
maktab o‘qituvchilari milliy dasturga qo‘shimcha ravishda o‘z parsial dasturlarini ham
ishlab chiqishlari va faoliyatga joriy etishlari mumkin.
Uslubiy tavsiyalarda DTS va o‘quv dasturida umumiy tarzda berilgan minimal
talablar, ya’ni har bir o‘quvchi o‘zlashtirishi shart bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar
mavjud o‘quv-uslubiy majmualarning mazmuni, didaktik jihatlari va xususiyatlaridan
kelib chiqqan holda har bir mavzuga nisbatan belgilanadi. Shuningdek, kurslararo aloqani
bog‘lash mumkin bo‘lgan mavzular ko‘rsatiladi, bunda ta’lim oluvchilarning qobiliyatlari
va ehtiyojlariga bog‘liq ravishda ta’limning tabaqalashtirish imkoniyatlari hisobga
olinishi maqsadga muvofiq. Jumladan, DTSda belgilangan me’yorlardan ortiqcha, ya’ni
o‘quvchilarning asosiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan minimal talablardan yuqori
darajadagilari ham aniqlab berilishi mumkin. Bular esa o‘qituvchilar tomonidan dars
berish uslublari to‘g‘ri tanlanishi, tarix ta’limining tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari
hamda ilmiy muammo maqsadini to‘laqonli ro‘yobga chiqarilishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |