МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
89
yakunida o‘qitishning rejalashtirilgan natijalariga erishish darajasini baholash uchun
mo‘ljallangan.
Monitoringning yakuniy bosqichi bitiruvchilarda shakllangan kompetensiyalarning
yakuniy davlat attestasiyasi hamda bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida tegishli
kasbiy yo‘nalish talablariga muvofiqligi darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan.
Monitoring natijalarini talqin qilish talabalarda kompetensiyalar shakllanganligining
qayd qilingan darajasini rejadagi ko‘zlangan daraja bilan solishtirish, ya’ni DTS malaka
talablari, matematika o‘qitish metodikasi o‘quv fani dasturining yakuniy maqsadi, kasbiy
modul yoki o‘qitishning butun dasturi asosida amalga oshiriladi.
Talabalarda kompetensiyalarning shakllanganlik darajasini baholash uchun ilmiy
asoslangan mezonlar tizimidan foydalanish zarur.
Mezon, kriteriy (yunoncha “kriterion”- fikrlash uchun vosita)
–
uning asosida baholash amalga oshiriladigan xususiyat, tekshirish vositasi,
baholash mezoni;
– bilim olish nazariyasida;
– haqqoniylik yoki holat yolg‘onligi belgisi.
Mezonlar muayyan ko‘rsatkichlar orqali namoyon bo‘ladi. Ularning namoyon bo‘lish
darajasiga ko‘ra mezonning ifodalanganlik darajasini qayd qilish mumkin. Shunday qilib,
kompetensiyalar shakllanganligini baholash darajali hisoblanadi.
Kompetensiyalarning shakllanganlik darajasi deganda ularning kasbiy faoliyatini
amalga oshira olish ko‘nikmalari, intellektual va ijtimoiy faolligida namoyon bo‘ladigan
ifodalanganlik darajasi tushuniladi. Tadqiqotlarda ko‘pincha talabalar kompetentligi
shakllanganligining dastlabki va yuqori darajalari ajratiladi. Ayrim mutaxassislar yana
ildamlovchi darajani ham ajratadi. Ularning har birini tavsiflab chiqamiz.
Talaba kompetentligi shakllanganligining dastlabki darajasi quyidagi mezonlar
bilan tavsiflanadi: bilish, tushunish, qo‘llash. Agarda bakalavr dalil va hodisalarni
tasvirlash uchun matematika turkumidaga fanlarning mazkur sohani o‘rganish obyektlari
xususiyatlari va qonuniyatlaridan foydalanishga misollar keltirsa, uning kompetentligi
dastlabki darajada shakllangan deb hisoblanadi.
Talaba kompetentligi shakllanganligining yuqori darajasi qo‘shimcha mezonlar bilan
xarakterlanadi: analiz va sintez. Agarda bakalavr mazkur ta’lim sohasiga muvofiq obyekt,
hodisa va jarayonlar xususiyatlari to‘g‘risidagi axborotni tahlil qilsa, anglasa va tavsiflay
olsa, aniq obyekt va hodisalarni tasvirlashga oid o‘rganiladigan nazariyalarni qo‘llash
to‘g‘risidagi masalalarini hal qila olsa uning kompetentligi yuqori darajada shakllangan
deb hisoblash mumkin.
Respublikamizda zamonaviy ta’limning asosiy muammolaridan biri ta’lim sifatini
baholash, uning monitoringini olib borish orqali yuqori kasbiy kompetentli pedagog
kadrlar tayyorlash hisoblanadi.
So‘nggi vaqtlarda ko‘pgina olimlar ta’lim sifatini integral tavsifiga e’tibor qaratib,
ta’lim natijalarining me’yoriy talablarga, ijtimoiy va shaxsiy kutiladigan ehtiyojlarga
muvofiqlik darajasini aks ettiradi.
O‘qituvchilar kasbiy tayyorgarligi sifatini kompetentli-metodologik paradigma
asosida kompetensiyalarini baholashning yangi texnologiyalarini, yangi tizimini ishlab
chiqish lozim. Ayni vaqtda har bir ta’lim muassasasi o‘quv va kasbiy faoliyat sohalari
Do'stlaringiz bilan baham: |