МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
78
Ilmurodova F.Sh.
Toshkent shahri Mirzo Ulug’bek tumani 275-sonli maktabi Tarix fani o’qituvchisi
Tayanch so‘zlar:
fanlararo, kurslararo, uslubiy birlashmalar, bosqichlar, tarixiy ong, tarixiy
tafakkur, umumiy kompetensiyalar, kuchaytirilgan kompetensiyalar, standart darajalar, tarixiy
manba, o‘qitish uslublari.
Ключевые словы:
междисциплинарный, междисциплинарный, методологические объ
-
единения, этапы, историческое сознание, историческое мышление, общие компетенции, рас
-
ширенные компетенции, типовые уровни, исторические источники, методы обучения.
Key words:
interdisciplinary, interdisciplinary, methodological associations, stages, historical
consciousness, historical thinking, general competencies, enhanced competencies, standard levels,
historical sources, teaching methods.
KURSLARARO UZVIYLIK ASOSIDA TARIX FANLARINI
O‘QITISHNING PEDAGOGIK VA METODIK TALABLARI
МИЛЛИЙ ИДЕЯ ҲӘМ РУЎХЫЙЛЫҚ
ТИЙКАРЛАРЫ, ТАРИЙХ, ФИЛОСОФИЯ
Yangi O‘zbekistonning asosiy strategiyalaridan biri sifatida “Uzluksiz ta’lim
tizimida ijtimoiy fanlarni o‘qitish tartibi va tamoyillari to‘g‘risida” qonun ishlab chiqish
va uni amaliyotga joriy etish ehtiyoji ham mavjudligi ta’kidlab o‘tildi. Bu yo‘nalishda
Sh.Mirziyoev tomonidan “2022-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasining uzluksiz
ta’lim va tarbiya sohasini gumanitarlashtirish strategiyasi” yaratilishi va amalga oshirilishi
tavsiya etildi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridan tarix fanlarini o‘qitishda kurslararo
bog‘lanishning uslubiy sharoitlari va shakllarini aniqlash, so‘ngra uni amaliyotga joriy
etishning pedagogik shart-sharoitlari usul va vositalarini ishlab chiqish dolzarb ahamiyat
kasb etib, bu bevosita ta’lim oluvchilar tomonidan tarixiy bilimlarga xos kompetensiyalarni
muvaffaqiyatli egallashga xizmat qiladi. Chunonchi, bugungi kunda xorijiy “ilg‘or
tajribalarning ko‘rsatishicha, o‘qituvchilarni o‘qitishning samarali usullarini tanlashga
o‘rgatish uchun maktabda muayyan tashkiliy-pedagogik sharoitlar yaratilgan bo‘lishi
kerak”. Tarixdan fanlararo, kurslararo va kurs ichidagi aloqalarni muvafaqqiyatli amalga
oshirish ko‘p jihatdan tarix o‘qituvchilarining tayyorgarlik darajasiga bog‘liq. Umumiy o‘rta
ta’lim muassasalaridagi tarix fanlari o‘qituvchilarining uslubiy birlashmalari o‘qituvchilar
malakasini oshirish, ularga metodik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha jamoa uslubiy ishining eng
Do'stlaringiz bilan baham: |