Razgrafka yoki karta kesimi bu ko’p varaqli kartani varaqlarga ajratish tizimidir



Download 4,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/23
Sana25.11.2022
Hajmi4,28 Mb.
#872232
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23


29
 
2.3. Kartografik proeksiyaning tashqi ko’rinishi, ramkalari va 
komponovkasi 
Razgrafka yoki karta kesimi - bu ko’p varaqli kartani varaqlarga ajratish tizimidir. 
Ko’pincha razgrafkaning 2 turi ishlatiladi: trapetsiyasimon (varaqlar chegarasi bo’lib, 
meridianlar va parallellar xizmat qiladi) va to’g’ri burchakli (bir xil kattalikdagi to’g’ri 
burchakli yoki kvadrat varaqlar ajratiladi). 
Ko’p varaqli kartani alohida varaqlarga bo’linishiga razgrafka deyiladi. Ko’p varaqli 
kartani alohida varaqlarini ma’lum sistema bo’yicha belgilashga nomenklatura deyiladi. 
Topografik kartalar varaqlarining razgrafkasi va nomenklaturasi 1:1 000 000 masshtabdagi 
xalqaro kartaning razgrafkasiga va nomeklaturasiga asoslangan. Xalqaro nomenklatura 
sistemasi 1909 yilda London va 1913 yilda Parij shaxarlarida o’tkazilgan Xalqaro geografik 
kongresslarda qabul qilingan. 
Minglab varaqlarni o’z ichiga olgan davlat topografik va mavzuli kartalari har bir 
mamlakatda standart razgrafkaga ega bo’ladi. Masalan, Rossiyada topografik kartalar 
razgrafkasi asosiga 1 : 1 000 000 masshtabli karta qo’yilgan bo’lib, uning istalgan varag’i 
mos ravishda 6 va 4° orqali o’tkazilgan meridianlar va parallellar bilan chegaralangan 
trapetsiyadan iborat. Yanada yirikroq masshtabli kartalar razgrafkasi millionli kartani 
qismlarga bo’lib olinadi. Millionli kartaning bir varag’ida 1 : 500 000 masshtabli kartaning 
to’rtta varag’i, 1 : 200 000 masshtabli kartaning 36 varag’i bo’ladi
a) 1 : 1 000 000 masshtabli kartaning razgrafkasi sxemasi; b) 1 : 500 000 va 1 : 200 
000 masshtabli kartalar varaqlaridagi N-36 varaq razgrafkasi. N-36-A va N-36-XX varaqlar 
shtrixlangan. 
1 : 2 500 000 masshtabli xalqaro karta uchun alohida razgrafka usuli qo’llanilgan 
(2-rasm). Yer shari yuzasi oltita zonaga (ekvatorda shimolga va janubga uchtadan) 
ajratilgan. To’rtta zona teng oraliqli konusli proyeksiyada, ikkita qutbyoni zonasi esa teng 
oraliqli azimutal proyeksiyada berilgan. Karta 224 ta asosiy varoq hamda alohida kompakt 
rayonlar va mamlakatlarni yaxlit tasvirlash uchun 38 ta qoplash varaqlarini o’z ichiga oladi.


30
 
To’g’ri burchakli razgrafkada karta bir xil formatdagi varaqlarga kesiladi, bu kartani 
chop etish, ulami umumiy ramkaga joylashtirish, kleylash yoki broshyurovka qilishda qulaydir. 
Ayrim hollarda kartadan foydalanishda qulaylik bo’lishi uchun razgrafka varaqlarni 
ko’proq yoki kamroq qoplash bilan beriladi. Masalan, dengiz navigatsiya kartalari kattaligi 10 
sm gacha qoplanadi (3-rasm) - bu aralash varaqlarda kema kursi qulayligi uchun qilingan. 
Razgrafka bilan nomenklatura, ya’ni ko’p varaqli karta seriyalarida varaqlarni izohlash 
tizimi bevosita bog’liqdir. Topografik va obzor-topografik kartalar uchun milliondan 
boshlanadigan va izchil ko’payuvchi yagona davlat nomenklatura sistemasi o’rnatilgan. 
Mavzuli kartalar nomenklaturasi topografik kartalar nomenklaturasi bilan mos kelishi yoki 
ixtiyoriy bo’lishi mumkin. Masalan, 1 : 2 500 000 masshtabli Rossiyaning qo’shni davlatlari 
bilan gipsometrik kartasi varaqlari tartib raqamlari bilan beriladi. 
Razgrafka sxemasi, odatda, maxsus to’plam varaqda berilib, unda ko’p varaqli karta 
egallagan hudud konturi, alohida varaqlarga ajratilishi va bu varaqlarning nomenklaturasi 
ko’rsatiladi. 
Razgrafkaga mos ravishda karta ramkalari shakli ham o’zgaradi: ular trapetsiyasimon 
yoki to’g’ri burchakli bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, karta ramkalari doira (masalan, yarim 
sharlar kartalari uchun) va ellipslar (psevdosilindrik proyeksiyalardagi dunyo kartalari uchun) 
shaklida berilishi mumkin. 
Bevosita kartografik tasvirni chegaralovchi ichki ramka, kenglik va uzunlik bo’yicha 
gradus va/yoki minutli ajratish ko’rsatilgan gradusli va minutli ramkalar, shuningdek, butun 
kartani egallagan, boshqa barcha ramkalarni qamrab olgan va dekorativ ahamiyatga ega tashqi 
ramkani ajratish qabul qilingan. 
Topografik kartalarni varaqlarga bo’lish, hamda bu varaqlarni belgilash, ya’ni ularga 
nom berish sistemasi nomenklatura deyiladi. 
Topografik kartalarining nomenklaturasi 1:1000000 masshtabli karta nomenklaturasiga 
asoslangan. 1:1000000 masshtabli karta varag’ining o’lchami meridian bo’yicha 4° va parallel 
bo’yicha 6° ga teng. Kartaning varaqlariga nom berish uchun ekvatordan qutblarga tomon 4° 
dan parallel o’tkazilib - qator, 180° li meridiandan boshlab 6° dan meridianlar o’tkazilib - 
kolonnalar hosil qilinadi. 
Qatorlar ekvatordan qutblarga tomon lotin alvafitining bosh xarflari (A dan Z gacha), 
kolonnalar esa 180° li meridiandan boshlab 1 dan 60 gacha arab raqamlari bilan belgilanadi. 
Shunda 1:1000000 masshtabli karta har bir varag’ining nomenklaturasi qatorni belgilovchi harf 


31
 
va kolonna nomerini ko’rsatuvchi raqamdan iborat bo’ladi. Masalan, Toshkent shahri 
joylashgan varaq (trapetsiya) ning nomenklaturasi K-42 bo’ladi. 
1:500000 
masshtabi 
karta 
varag’ining nomenklaturasini keltirib 
chiqarish uchun 1:1000000 masshtabli 
karta varag’ini 4 teng bo’lakka 
bo’lamiz. 
1:200000 
masshtabli 
karta 
nomenklaturasini keltirib chiqarish 
uchun 36 teng bo’lakka bo’lib I - 
XXXVI gacha belgilab olamiz. 
1:300000 
masshtabli 
karta 
varag’ining nomenklaturasini keltirib 
chiqarish uchun 1:1000000 masshtabli 
karta varag’ini 9 ta teng bo’lakka 
bo’lamiz I - IX gacha belgilab olamiz. 
1:100000 
masshtabli 
karta 
varag’ini nomenklaturasini keltirib 
chiqarish uchun, 1:1000000 masshtabli 
karta varag’ini 144 teng bo’lakka 
bo’lamiz va 1-144 belgilab olamiz. 
1:100000 masshtabli topografik 
kartaning nomenklaturasi barcha yirik mashtabli topografik kartalar va planlarning 
nomenklaturasi uchun asos qilib olingan. 
1:50000 masshtabli karta varag’ini 
nomenklaturasini keltirib chiqarish uchun 
1:100000 masshtabli karta varag’ini 4 ta teng 
bo’lakka bo’lamiz; (A, B, V, G) - K- 42-102-B. 
1:25000 masshtabli karta varag’ini 
nomenklaturasini 
keltirib 
chiqarish 
uchun 
1:50000 masshtabli karta varag’ini 4 ta teng 
bo’lakka bo’lamiz; (a, b, v, g) - K-42- 102-B-b. 
1:10000 
masshtabli karta varag’ini 
nomenklaturasini 
keltirib 
chiqarish 
uchun 
1:25000 masshtabli karta varag’ini 4 ta teng 
bo’lakka bo’lamiz (1, 2, 3, 4) - K-42- 102-B-b-3. 


32
 
1:5000 va 1:2000 nomenklaturasi 1:100000 - 256 ta teng bo’lakka bo’lsak - 1:5000 
kelib chiqadi. (K-42-102 (132)); 
1:2000 ni keltirish uchun 1:5000 ni 9 ta teng bo’lakka bo’lamiz ( a, b, v, g, d, ye, j, z, i) 
K-42-102 (132-d). 


33
 
Karta masshtabi 
Kenglik 
Uzunlik 
Nomenklatura 
1:1000000 
4° 
6° 
K-42 
1:500000 
2° 
3° 
K-42-G 
1:300000 
1°20' 
2° 
K-42-IX 
1:200000 
40' 
1° 
K-42-XX 
1:100000 
20' 
30' 
K-42-102 
1:50000 
10' 
15' 
K-42-102-B 
1:25000 
5' 
1'30" 
K-42-102-V-g 
1:10000 
2'30" 
3'45" 
K-42-102-V-a-3 
1:5000 
1'15" 
1'52,5" 
K-42-102(132) 
1:2000 
0'25" 
0'337,5" 
K-42-102(132-d) 
7-rasm. 


34
 
Mamlakatimizda topografik karta va planlar tuzish uchun, asosan, quyidagi 
standart masshtablar qabul qilingan: 
1:1 000 000; 1:500 000; 1:300 000; 1:200 000; 
1:100 000; 1:50 000; 1:25 000; 1:10 000; 
1:5 000; 1:2 000; 1:1 000; 1:500. 
1:100 000 va undan maydaroq masshtabdagi karta varaqlarining 
nomenklaturasi 1:1 000 000 masshtabdagi karta varag’ining ichida bo’ladi, 1:50 000 
va undan yirikroq masshtabdagi karta va plan varaqlarining nomenklaturasi esa 
1:100 000 masshtabdagi karta varag’ining ichida. 1:1 000 000 masshtabdagi bitta 
varaqda 4 ta A, B, V va G harflari bilan belgilanadigan 1:500 000 masshtabdagi 
karta varaqlari to’g’ri keladi, bu varaqlarning nomenklaturasi 1:1 000 000 varaq 
nomenklaturasiga ushbu varaq harfi qo’shib yoziladi. 
Quyidagi jadvalda 1:1 000 000 dan 1:2000 gacha masshtablardagi karta va planlar 
nomenklaturasi va ular ramkalarining o’lchamlari berilgan. 

Download 4,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish