56
boradigan belgilar
Geometrik belgilar aylana (doira), kvadrat,
uchburchak, romb, to’rtburchak
va boshqa shu kabi geometrik shakllarga ega bo’ladi
(22-rasm, a). Ular chizish uchun qulay, oddiy,
legenda bo’yicha yaxshi tanib olinadi, nisbatan kam
joyni
egallaydi, obyektni joylashgan o’rnini aniq
ko’rsatadi, o’lchami bo’yicha oson taqqoslanadi.
Elementar geometrik figuralarni soni unchalik ko’p
emas, lekin belgilar uchun har xil ranglardan
foydalanib va ularni ichki rasmlarini ko’rinishini
o’zgartirib ularni sonini ko’paytirish mumkin (2-
rasm).
2-rasm. Ichki strukturasi bo’yicha farqlanadigan eng oddiy geometrik belgilar
(E.Arnberger bo’yicha)
Harfli belgilar - bu tasvirlanayotgan obyekt yoki hodisa nomini bitta yoki ikkita
boshlang’ich harflaridir (1-rasm, b). Masalan, temir va fosfor rudalari uchun Fe va P. Harfli
belgilarni qo’llash nisbatan chegaralangan, chunki ular obyektlarni aniq joylashgan o’rnini
ko’rsatmaydi, kartani har xil harflar bilan to’ldirib
tashlaydi, o’lchami bo’yicha yomon
taqqoslanadi. Agar harflar birorta geometrik figurani, masalan, kvadratni ichiga olib
yozilgan bo’lsa, ularni o’lchami bo’yicha bir-biriga taqqoslash va joylashtirish ancha
yengil bo’ladi, bunday holda ikkala tipdagi belgilarni yaxshi tomonlari uyg’unlashadi.
Kartada tasvirlanmoqchi bo’lgan voqea va hodisalarning
nomlarini bosh harf- lari
yoki kimyoviy belgilari bilan ifodalanadi; Foydali qazilmalardan alyuminiy Al, oltin Au,
kaliy K deb yoziladi. Lekin harfli belgilarni ko’p ishlatib bo’lmaydi, chunki harflar
yordamida faqat obyektlarning o’rni aniqlansa ham, ularning miqdorini aniqlab bo’lmaydi.
Miqdorini aniqlash uchun doiraga tushirib tasvirlash mumkin. Bu usul ko’proq qazilma
boyliklar kartalarida foydalaniladi.
Ko’rgazmali belgilar - rasmi bo’yicha tasvirlanayotgan obyektlarni esga soladi.
Ularni ichida ramziy (simvolik) va naturalistiklarini (asliga qarab olingan) ajratiladi
(1-rasm, v). Ramziy belgilarni shakli tasvirlanayotgan obyekt bilan birorta bir-birini
eslatadigan o’zaro bog’lanish borligini ko’rsatadi. Masalan,
shahar planida teatr binosi
joylashgan yerni maska bilan belgilash va hokozo. Naturalistik belgilar, masalan traktor
ishlab chiqaradigan zavodlarni ko’rsatish uchun traktorni rasmi (surati)dan foydalaniladi.
Bunday belgilar obyektlarni taqqoslash va joylashtirish uchun qulay emas. Lekin ular
ommaviy nashrlarda, masalan targ’ibot va tashviqot
maqsadlarida ishlangan
karta-plakatlarda uchrab turadi. Tanlangan belgilar uzoqdan ko’zga tashlanib turishi,
tushunarli (hammabop) va uzoq masofadan turib idrok qilinadigan bo’lishi kerak.
Obyektlarni nisbatlarini belgilarni o’lchami (katta-kichikligi) orqali berish har xil asosda
amalga oshirilishi mumkin (1-rasm, g, d, ye).