Ravshan rajabov jahon sivilizatsiyalari tarixi


partiyalar tarix sahnasidan tushib ketadi



Download 7,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/126
Sana18.01.2022
Hajmi7,88 Mb.
#385540
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   126
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi


partiyalar tarix sahnasidan tushib ketadi;
Siyosiy plyuralizm , turli  ijtimoiy  guruhlam ing manfaatlarini  aks etti- 
radigan, saylov kom paniyasini olib boradigan, lekin m onopol ta’sirga ega
2 7 7


R. RAJABOV
bo ‘la  olm aydigan  ko‘pgina  siyosiy  partiyalar  paydo  bo‘iadi.  Postsotsia- 
listik davlatlarda siyosiy  partiyalar paydo  boMadi.  Bu davlatlarda siyosiy 
partiyalam ing konsolidatsiyasi  bir necha o ‘n yillar davom  etadi;
-   siyosiy  kurashning  keskinligi  zaiflashadi.  Saylovchilar  orasida 
apatiya keng tarqaladi.  Siyosiy hayotning davom iy  nisbatan  sokin davri 
vaqti-vaqti  bilan  tushkunlik  vaziyatlarida  kuchlar  nisbatini  tub  o ‘zga- 
rishlari  davrida  siyosiy  ziddiyatlar,  keskinliklar  davri  bilan  alm ashib 
turadi.
-   o ‘tm ishda  aniqlangan  siyosiy  m unosabatlarning  siklik  dinamikasi 
qonuniyatlari  kelajakda  ham   saqlanib  qoladi.  XX  asrning  70-yillaridan
XXI  asm ing 20-yillari  o ‘rtalarigacha b o ‘lgan  uzoq  muddatli  siyosiy  sikl 
to ‘g ‘risida  gapirish  mumkin.  Bu  oraliq  davom iyligi  15-20  yil  boMgan 
uch-to‘rt o ‘rta m uddatli  siklni o ‘z ichiga ola oladi.
Ulardan biri  XX  asm ing 90-yillarida tugadi  v a bu sohada navbatdagi 
yarim   asrlik  siklga  o ‘tish  bilan  bogMangan  tushkunlikni  qam rab  olishni 
aks ettirdi. Ikkinchisi, XX asm ing 90-yillarida boshlanib, XXI asm ing bi- 
rinchi o ‘n yilligi  oxirida tugashi kutiladi.  U siyosiy sohada tub o'zgarish- 
lar  bilan  tavsiflanadi.  Deyarli  barcha  hukm ron  kom m unistik  partiyalar 
tarix  sahnasidan  tushdi,  sotsialistik,  xristian-dem okratik  partiyalam ing 
ta ’siri  zaiflashdi.  Sharqiy  Yevropa,  SSSR,  M ongoliya  siyosiy  tuzum lar 
halokatga  uchradi.  M illatlararo  to'qnashuvlar  kuchaydi.  Sotsial-dem ok- 
ratik  an ’analar postsotsialistik b o ‘shliqda qayta uyg‘ona boshladi. Yangi 
siyosiy  y o ‘lboshchilar  siyosiy  m aydonga  chiqdi.  M am lakatlar  o ‘rtasida 
integratsiya jarayonlari  kuchayib boradi.
Uchinchi  o ‘rta  m uddatli  sikl  taxm inan  XXI  asm ing 20-yillari  o ‘rta- 
larigacha  davom  etib,  yangi  siyosiy  kuchlarning  konsolidatsiyasi,  ye- 
takchilik  qilayotgan  m am lakatlarda  postindustrial  sivilizatsiyaga  mos 
siyosiy m unosabatlarning qaror topishi  bilan belgilanadi. Yuzaga kelgan 
muam m olarni  hal  qilish  uchun  turli  hududiy  ham korlik tashkilotlari  tu- 
ziladi.
Ikkinchi  uzoq  m uddatli  sikl  vaqtida  u XXI  asm ing   70-yillarigacha 
davom   etadi.  Siyosiy  tuzum   keng  rivojlanadi,  yangi-yangi  m am lakat- 
larni  qam rab  olib,  am alga  oshirish  m exanizm larini  m ukam m allash- 
tirib,  chuqur  rivojlanadi.  Bu  bosqichda  qurolli  zidd iy atlar  qisqaradi. 
Q urolsizlanish  siyosati  zonasi  kengayadi,  asta-sekin  urush  siyosatini 
am alga  oshirish  vositasi  hisobidan  chiqariladi.  0 4 i s h   davrida  shaxs 
va jam iy atn in g   insonparvarlik  rolini  o ‘sishi,  iqtisodiy-ijtim oiy  kuchlar
2 7 8


Jahon sivilizatsiyalari tarixi
nisbatining o ‘zgarishi  davlat huquqiy  so h a d a jid d iy  o ‘zgarishlarga olib 
keladi.
XX  asrning  so ‘nggi  choragida  davlatchilikning  chuqur  tushk un li­
gi  kuzatiladi.  U nga teng  keladigani  postindustrial  sivilizatsiyaga  o ‘tish 
davridan  keyin  b o ‘lm agan  edi.  N isbatan  yum shoq  shaklda  bu jaray o n  
an ’anaviy  dem okratik  boshqaruv  tizim iga  ega  m am lakatlar  (AQ SH , 
Angliya,  Fransiya,  Shvetsiya)da  o ‘tadi.  Q attiqroq  va  tub  shaklda tush- 
kunlik  va  davlatchilikning  transform atsiyasi  b a ’zi  rivojlangan  m am la­
katlar (Italiya)da,  ayniqsa,  postsotsialistik va  sobiq  SSSR respublikala- 
rida  yuz  berdi.  K o ‘pchilik  rivojlanayotgan  m am lakatlarda  o ‘zgarishlar 
hali  oldinda.
Bu sohada postindustrial sivilizatsiyaga o ‘tish davrida qanday an ’ana­
lar yuz beradi?
Birinchidan,  davlatning  qayta  ishlab  chiqarish  va  ijtim oiy  hayotga 
aralashuvi  kam aya  boshladi.  XIX  asm ing  oxiridan  davlat jam iyat  pira- 
m idasining  barcha  qavatlarida  yuz  beradigan jarayonlarni  m uvofiqlash- 
tirishni yanada k o ‘proq  o‘ziga ola boshladi.  Bu  hukm ron tabaqa diktatu- 
rasi emas,  balki jam iyat nom idan xalq farovonligi uchun qilindi.  Bunday 
jarayonlar totalitar davlatlarda  o ‘z ch o‘qqisiga erishdi,  faqat m afkuraviy 
jihatdan  farq  qilib, jam iyat hayotining barcha sohalari  ustidan  qat’iy  na- 
zorat o 'm atish d a urinishdi.  Ular yakdil  edilar.
Lekin bu tuzum  XX asm ing 70-80-yillarda darz keta boshladi. 90-yil- 
lar boshlarida qator m am lakatlarda halokatga uchradi.  Davlat va jam iy at­
ning  turli  sohalardagi  boshqaruvchilik  roli  yana jiddiy  toraya  boshladi. 
Birinchi  bo‘lib  nazorat ostidan  m a’naviy  hayot chiqdi.  Olimlar,  m adani- 
yat arboblari, jum alistlar, dissidentlar totalitar davlatni jam iyat k o ‘z oldi- 
da obro‘yini tushirishga harakat qildilar.  Rejali tizim ning halokati,  bozor 
m unosabatlarining  qayta tiklanishi,  dem okratik  iqtisodiy  islohotlar byu- 
rokratik  davlat  apparatining  iqtisodiy jarayonlarga  aralashuvini  cheklab, 
ijtimoiy  boylikni  o ‘zboshim chalik  bilan  o ‘z  foydasiga  qayta  taqsim lash 
im koniyatidan m ahrum  qildi.
Davlat  asta-sekin kelajak jam iyatda o ‘zi  shug‘ullanadigan  sohani to- 
padi:  inson  huquqini  him oya  qilish,  xo‘jalik  subyektlari, jam oat  tashki- 
lotlarini  suiqasd va suiste’m ollardan  asrash;  ko ‘p  sonli  qarama-qarshilik, 
bahslarda hakam vazifasini o ‘tash; iqtisodiyot va ijtimoiy-siyosiy hayotda 
«o‘yin qoidalari»  qonuniyatlarini aniqlash va bu qoidalarga rioya qilishni 
nazorat  qilish jam iyatning  topshirig‘i  bilan  ayrim  funksiyalam i  bajarish,
2 7 9


R. RAJABOV
qaysiki, ulami xususiy kishilar vakom paniyalargatopshirish foydali emas 
(atrof-muhitni  ifloslanishi  ustidan  nazorat,  yordam ga muhtoj  turg‘un  hu- 
dudlam i  qo ‘llab-quvvatlash va hokazo), jinoyatchilik bilan kurash tashqi 
xavfni  bartaraf qilish,  tashqi  m unosabatlam i  boshqarish  o ‘z  fuqarolari, 
kom paniya, firm alam ing m anfaatlarini chet elda him oya qilish.
lkkinchidan,  davlat hokim iyatining  tuzilm asi  o'zgaradi.  K o‘p  m am ­
lakatlarda hokim iyatni dem okratik b o ‘linish tam oyili qaror topadi. 0 ‘tish 
davrining tugallanishida hokim iyatlam ing balansi  qayta tiklanadi.
Uchinchidan,  hokim iyatning  yuqori  darajada m arkazlashuvi  detsen- 
tralizatsiya an ’anasi  bilan almashadi.  Q ator funksiyalar hududlar va ma- 
halliy  (m unisipal)  organlarga  o ‘tadi.  K o‘pgina  davlatlarda  bu  organlar- 
ning huquqlarini kengaytirgan m a’m uriy islohotlar o‘tkazilgan. Bu davlat 
hokim iyatini  dem okratlashtirdi,  uni  xalq  ehtiyojlariga  yaqinlashtirdi. 
Markaziy,  hududiy  va  m ahalliy  hokim iyat  organlarining  funksiyalarini 
optimal  nisbati  qayta tiklanadi.
To‘rtinchidan,  davlat  huquqi  vakolatlarini  am alga oshirish  mexaniz- 
mi o ‘zgaradi. D em okratik saylov tizimi qaror topadi. Davlat apparati kas- 
biy asosda tashkil etiladi.
Jam iyatning  davlat organlari  faoliyati  va  am aldorlam ing suiste’mol- 
larini  nazorat  qilishi  ancha hajm da  «to‘rtinchi  hokim iyat»  om m aviy  ax­
borot  vositalari,  ayniqsa,  televideniya  am alga  oshiradi.  0 ‘tish  davrida 
ommaviy  axborot  vositalarini  o ‘z  ta’siriga  olish  qator  m am lakatlarda 
keskin tus  oladi.
Beshinchidan,  qonun  ustuvorligi  an’anasi  birinchi  o 'rin g a   chiqadi. 
Inson huquqlari  him oyasi,  ham m a  uchun teng shart-sharoitlam i  yaratish 
uchun huquqiy norm alar tizim i to ‘ ldiriladi va yangilanadi. Huquqqa kon- 
servativlik  xos.  Bu  uning  qarori,  avantyurizm   va  subyektivlikka  qarshi 
da’vo,  lekin  huquqiy  norm alam i  yangilashda  qoloqlik  o ‘z  boshimcha- 
likka  olib  keladi.  Shu  sababli,  barcha  m am lakatlarda  qonun  ijodkorligi 
bo‘yicha faoliyat kuchayadi.
X alqaro  siyosiy  m unosabatlar  sohasi  yangi  belgilam i  oladi.  K o‘p 
qutbli  dunyo  shakllanadi.  0 ‘tish  davrida yangi  an’analar  bir qutbli  dun- 
yoni inkor qiladi. B ir m am lakatni  butun dunyoga o ‘z irodasini o ‘tkazish- 
ga  boshqalar  k o ‘nm aydi.  Hududlararo  ittifoqlar,  hududiy  xalqaro  tash- 
kilotlam ing  roli  kuchayadi.  Ayniqsa,  Yevropadagi  o ‘zgarishlar  diqqatga 
sazovor.  Um um yevropa  g ‘oyasi,  um um yevropa jarayoni  insonparvarlik 
o ‘lchovini  olmoqda.  «Fuqaro  Yevropasi»,  «inson  Yevropasi»  masalasi
28 0


Jahon sivilizatsiyalari tarixi
qo ‘yilmoqda.  BMT,  YUN ESK O,  Y U N IDO,  X alqaro  savdo  tashkiloti, 
Xalqaro  sud  kabi  xalqaro  tashkilotlam ing  ahamiyati  oshib  boradi.  Ular 
mam lakatlar bilan siyosiy  m unosabatlam i  barqaror holatga keltirish,  ijti­
moiy, ekologik, gum anitar siyosatni kelishish, xalqaro huquq norm alarini 
shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash,  xalqaro  ziddiyatlar,  urushlam i tinch 
y o ‘l bilan bartaraf qilishda davlatlar o ‘rtasida ham korlikni am alga oshira- 
dilar. M amlakatlar, millatlar, xalqlar, elatlar, davlatlar o ‘rtasida asta-sekin 
hayotning  barcha  sohalarida  ham korlik  y o ‘lga  q o ‘yila  boshlaydi.  Jahon 
m iqyosida yalpi  m uam m olam i  hal  qilishning optim al y o ‘llarini topish va 
uni hal qilish uchun barcha m am lakatlar ahillik bilan ham korlikni am alga 
oshirish darajasiga yetadilar.
Tayanch  ib oralar: 
Kichik  va  o ‘rta  biznes,  postsotsialisyik  dunyo, 
F.Brodel, m akrom odel, m ikrom odel, texnologik uklad, m ulkchilik muno- 
sabatlari,  ijtim oiy  hayot,  m ayda  ishlab  chiqaruvchi,  m illatchilik,  siyosiy 
plvurealizm ,  davlatchilik tushkunligi.
T akrorlash  uchun savollar:

Download 7,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish