Ravshan rajabov jahon sivilizatsiyalari tarixi


  Kelajakning  muqobil  manzarasi



Download 7,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/126
Sana18.01.2022
Hajmi7,88 Mb.
#385540
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   126
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

3. 
Kelajakning  muqobil  manzarasi. 
Dunyo  XXI  asr  boshlarida. 
Olimlar, futurologlar, siyosatchilar m ing yilliklar chegarasiga katta umid- 
lar  bilan  yondashdilar.  U lar XXI  asrda yalpi  gullab  yashnash,  asrlardan 
beri  orzu  qilingan  ideallam i  am alga  oshishni  ko'rdilar.  Shu  bilan  birga, 
y er sivilizatsiyasini halokattom on jadal olib borayotgan ulkan xavflardan 
qat’iy ogohlantirishlar ham yangradi. Yangi  m ing yillikka kelib insoniyat 
o ‘zi va yer yuzidagi  boshqa barcha tirik m avjudotlam i yadro urushi  bilan 
y o ‘q  qiladigan  yetarli  texnik  im koniyatlarga  ega  boMdi.  Oz  faoliyati  bi­
lan  tabiat  dunyosini  uyg‘unligini  buzib  ekologik  halokatga  shart-sharoit 
yaratmoqda.
Yer  sivilizatsiyasiga  tahdidlam i  1960-yilda  nem is  siyosatchisi  va 
olimi  Frits  Baade  «2000-yil  tomon  musobaqa»  nomli  kitobida ju d a  aniq 
shakllantirdi. A sam ing kirish qismida: «B izning k elajak y erd ajan n at yoki 
insoniyatning o ‘zini-o‘zi y o ‘q qilishi»  muqobilligi  shakllantirilgan edi.
F.Baade  XX  asr oxirida insoniyatning  gullab yashnashi  m um kinligi- 
ni  o ‘ziga  tortadigan  m anzarasini  chizib  berdi.  2009-yilda  dunyo  ajoyib 
m o‘jizakor  boMishi  m um kin.  Ochlikni  yengish  m umkin,  sayyoram izda 
yashovchilardan  birortasi  ham  och  qolm aydi.  Barcha  odam lar  nafaqat 
yetarli  m iqdorda  guruch,  m akkajo‘xori  yoki  bug‘doyni  oladilar va  ham- 
m ada yetarli  m iqdorda sut,  go ‘sht,  baliq  oladilar,  qaysiki,  ular sogMiq  va 
ish  qobiliyatini  to ‘liq  saqlash  uchun  zarur.  Qashshoqlikni  ham  yengish 
mumkin. Yerdagi har bir m ehnatga qobiliyatli odam yetarlicha oziq-ovqat 
boMganda,  to*la kuchda  ishlashi  mumkin.  Osiyo  xalqlarida  ishlab chiqa­
rish  agar  u  q o ‘shim cha  zaruriy  m ehnat  quroli  bilan  ta ’minlansa,  hozir 
yevropalik,  shim oliy  am erikalik  yoki  sovet  ishchilari  erishgan  darajaga 
yetishi  mumkin.  Har bir oila elektr va suv quvuri  bilan  ham da dunyoning 
ayrim  hududlarida zarur boMgan  markaziy  isitish  bilan  insonga loyiq uy- 
joy  oladi.  Yuqori  ish  haqi  ish  vaqtini  keskin  qisqartirish  imkonini  bera­
di.  M ehnat ta ’tilidan  foydalanish  uchun  im koniyatlar  haqiqatdan  fantas- 
tik  boMadi.  Havo  sayohatlari  o ‘sha  vaqtda  ham m a  uchun  deyarli  tekin 
boMadi.  Dunyo  m am lakatlaridagi  barcha  ishchilar  dam  olish  uchun  har 
qanday jo y   Tinch  okeanidagi  Nordkapm i,  Florida  yoki  Kavkazdagi  rus 
Riverasini  tanlashlari  mumkin.  Bu  safarlam i  birortasiga  ham  viza  talab 
qilinm aydi,  hatto,  pasport  ham,  chunki  bu  ajoyib  dunyo  boMishi  m um ­
kin.  Qachonki,  davlatlar  o ‘z  milliy  suverenitetlarini  ko‘ngilli  ravishda 
tubdan  cheklashga rozi  boMishlari  lozim  boMadi.  Ochlik va qashshoqlik- 
dan  qutulishdan  ko‘ra,  yanada  katta  m o‘jiza -   insonning  erkin  borligM,
2 3 0


Jahon sivilizatsiyalari tarixi
xavfsizligidir.  To‘la qurolsizlanish  oqibatida urushlam i  tugashi  odam lar- 
ga  xavfsizlikni  ta ’m inlaydi,  qaysiki,  bunga  bugun  butun  dunyo  xalqlari 
intilmoqdalar.  Bu  ularning  o ‘z-o‘zini  yalpi  y o ‘q  qilishdan  xalos  qiladi. 
(5.к 237-238.  263  стр.  русский перевод).
F.Baade  insoniyat  kelajak  taraqqiyotining  pessim istik  m anzarasini 
ham  tasvirlab  berdi:  «Bizning  ko‘z  oldim izda  aql  va  aqlsizlik  qaram a- 
qarshiligining  butun  tarixi  b o ‘yicha eng  katta fojia yuz beradi.  Bu  omil- 
lardan eng birinchisi, hozirgi kunda «atom li» m illatlar ega bo‘lgan qurol- 
lam ing vahim ali samaradorligidir.
Ikkinchi  om il  -   butun  o ‘tm ish  tarixda  odam lar  tafakkuri  va  qalbida 
to ‘planib qolgan m a’naviy  va axloqiy tashlandiqlarning badbashara uyil- 
masidir.
N ihoyat,  uchinchi  omil  -  bu  m as’ul  siyosatchilar  bizning  oldim izda 
turgan  eng  oddiy  m uam m olam i  aqlan  yechishga  m islsiz  qobiliyatsizlik- 
laridir».
Bizning yuz yilligim izning qolgan 40 yilida,  aynan yaqin o ‘n yillikda 
biz  yerda  odam xo‘rlam i  yo'q o tish   davri  buyuk  inqilobiga  teng  boMgan 
inqilobni am alga oshirishim iz lozim.
Biz tushunishim iz lozimki,  insoniyat o ‘z tarixining yangi  bosqichiga 
kirdi.  Bu  bosqich  uning  keyingi  tirikligi  uchun  hal  qiluvchidir...  Inso­
niyat  oldida  buyuk  m uam m o  turibdi.  Unga  teng  keladiganni  uning  bu­
tun tarixi  bilm aydi.  U  qisqa m uddatda bu  m uam m oni  yechishi  zarur.  Bu 
haqda  hatto  o ‘ylash  qo ‘rqinchli.  M ana  bu  masalani  yechishga  ajratilgan 
m uddat  tugab  va  yana  qo ‘shim cha  o ‘n  yil  o ‘tdi.  Bashorat  qilingan  in­
soniyat  taraqqiyoti  Senariysi  xayriyatki  am alga  oshirilmadi.  U lar  tubsiz 
jarlik  yoqasida  to ‘xtashlari  uchun  odam lar  yetarli  darajada  dono.  Lekin 
optimistik  Senariyni  am alga  oshirish  uchun  insoniyat  yetarli  boMmagan 
holda ongli  va uyushmagan.
Ha,  haqiqatdan, yerda jannatni am alga oshirish m um kin emas.  Bu ta- 
raqqiyot potensialini to ‘xtatish xavfi bilan oqibatda insoniyatni m anm an- 
likdan halok bo‘lishi bilan bog‘liq xavfli  utopiya.
Shu  paytgacha  yadro  urushi  halokatidan  saqlanib  qoldik.  Insoniyat
XX  asm ing  80-yillarida nihoyat yadro  halokati  oqibatini  tushunib yetdi. 
T ish-tim og‘igacha qurollangan  ikki buyuk davlat,  ikki  lager,  ikki  harbiy- 
siyosiy  guruhning qaram a-qarshi  turishi  barham   topdi.  Bu  insoniyatning 
o ‘z-o‘zini y o ‘q qilishini tugatm agan bo‘lsada,  uning xavfini vaqtinchalik 
kamaytirdi.
231


R. RAJABOV
Insoniyat bir necha bor yadro urushi  yoqasiga kelib  qolgan  bo‘lsada, 
Baade  1960-yilda  bashorat  qilgan  pessim istik  Senariy  am alga  oshmadi. 
Hozirgi  kunda  ham   yadro  quroliga  ega  b o ‘lishga  intilayotgan  davlatlar 
y o ‘q emas.  O ptim istik Senariy  uchun hali vaqt kelm adi.  Hali ham  Osiyo, 
A frikada  yuz  m illionlab  odam lar  qashshoqlikda  yashamoqdalar.  Kasal- 
lik,  ochlik,  uy-joy  m uam m osi,  ekologik  xavf,  spid,  giyohvandlik  va ter- 
rorizm ning  turli  k o ‘rinishlari  yalpi  m uam m olarga  aylandi.  Rivojlangan 
m am lakatlardan  tashqari  boshqa  barcha  m am lakatlarda  ochlik,  munta- 
zam   ishsizlik,  nochorlik odam lam i  doimiy ham rohi  bo‘lib  qoldi. Yuzlab, 
millionlab  odamlar,  ayniqsa,  sobiq  sovet  respublikalarining  aholisidan 
m illionlab  kishilar  ishsizlikdan  Rossiya  v a  Yevropa  m am alakatlariga 
ish  qidirib  borib,  huquqsiz  gastarbayter  b o ‘lishga  m ajbur  b o ‘lmoqdalar. 
K o‘pgina rivojlanayotgan m am lakatlar aholisi m ehnat ta ’tili vaqtida ham  
tirikchilikni  o ‘tkazish  uchun  ishlashga  majbur.  Sharqiy  Yevropa  davlat- 
lari  bozor iqtisodiyotiga jad al  kirishdi.  SSSR,  Yugoslaviya,  Chexoslava- 
kiya  kabi  federativ  davlatlar  parchalanib  ketdi,  yangi  chegaralar  paydo 
bo‘ldi.  X X  asm ing  50-yillaridan  boshlangan  Sharqiy  Yevropa va  SSSR- 
ning integratsiyalashgan xalq x o ‘jaligi  buzilib ketdi.
Jahon  um shi  xavfi,  term oyadro,  kim yoviy-bakteriologik  urushlar 
xavflari  b artaraf qilindi.  Lekin,  dunyoda  lokal  urushlar  hali  ham   davom  
etmoqda.  Ulami  to ‘xtatish  uchun  boMgan  harakatlar  zoye  ketdi.  Yaqin 
Sharqda Falastin-Isroil m ojarosi, Suriya,Yugoslaviya, K avkazortida Che- 
cheniston, Abxaziya,  Shimoliy O setiya,U kraina v a A fg ‘onistondagi lokal 
urushlar ushbu m am lakatlam ing taraqqiyoti va hududiy tinchlikka jiddiy 
x av f tu g ‘dirib,  uzoq yillar bu hududlarda beqarorlikka olib kelm oqda.  Bu 
lokal  urushlarga  o ‘nlab  katta-kichik m am lakatlar aralashib  qoldi.  Rivoj­
langan  m am lakatlar  uchun  bu beqaror zonalar o ‘z m anfaatlarini  him oya 
qilish m aydoniga aylanib qoldi.
XX 
asrning  80-yillaridan  etnik,  diniy  kelishm ovchiliklar  kuchayib 
ketdi.  Dunyoning  ayrim   m am lakatlaridagi  etnik  ziddiyatlar qonli  urush­
larga olib keldi.  Sobiq Yugoslaviya,  K avkazortida togMi Q orabog'  b o ‘yi- 
cha ozarbayjon -a rm a n  m ojarosi va boshqalar vaziyatni yana chigallash- 
tirdi.
Hududlarda  separat kayfiyat  kuchayib  ketdi.  D unyoning  1/6  qismini 
egallagan SSSR davlati parchalanib ketdi. Yugoslaviya federatsiyasi  bar- 
bod boMdi. C hexoslavakiya ikki davlatga ajraldi. M oldaviyadan Pridnestr 
hududi ajralib chiqishga urundi. Kanadada fransuzlar ko‘pchilikni tashkil
232


Jahon sivilizatsiyalar! tarixi
qilgan K vebek provinsiyasi m ustaqillikni talab qilib chiqdi.  Etnik m uam ­
m olam i ko ‘targan terrorchilik tashkilotlari jonlandi  (Ispaniyada Eta,  Shri 
Lankada Tamil hlam a va boshqalar).
Diniy  ekstrem izm  XX asm ing 80-yillaridan xalqaro xavfsizlikka jid - 
diy  x a v f tu g ‘dira  boshladi.  Am erikadagi  2001-yilda  sentabr  portlashla- 
ri  butun  dunyoda tinchlikning  m o‘rtligi  va terrorizm ning naqadar  xavfli 
ekanligini  yana  bir bor k o ‘rsatdi.  Jahon  m iqyosida bu  xavfga  qarshi  ku- 
rash  boshlandi.  Diniy  ekstrm iz  ayrim  davlatlar jam iyatlam ing  halokati 
xavfini tug‘dirdi.  Etnik-diniy ziddiyatlar kuchaydi.
Jon  Hesbitt  va  Patrisiya  Eburdinlam ing  «M egatendensiyalar.  2000- 
yil 90-yillariga o ‘n yangi yo'nalishlar» nom li asarida 2000-yil va XXI asr 
boshlaridagi  m anzarani  chizib  beradigan  vaqt  bo‘yicha  bizga  yaqinroq 
bashorat  mavjud.  Kitob  1990-yilda A Q SH da  chop  etilgan.  K itobda  XX 
asm ing 90-yillaridagi  asosiy y o ‘nalishlar XXI  asrga kirish  sifatida aniq- 
lanadi.  «Keladigan  o ‘n  yillik  sivilizatsiya tarixidagi  barcha  o ‘n  yilliklar 
ichida  eng  m uhim i.  Bu  ta ’sir  qoldiradigan  texnologik  yangiliklar,  m isli 
k o ‘rilm agan iqtisodiy  imkoniyatlar, ko ‘z ko ‘rm agan siyosiy  islohotlar va 
buyuk madaniy  uyg‘onish o ‘n yilligi bo‘iadi. Bu o ‘n yillik boshqa o ‘n yil- 
liklam ing birortasiga o ‘xshamaydi, chunki uning tugallanishi yangi m ing 
yillikning boshlanishini  belgilaydi.
Qadim gi  teatr  k o ‘rinishida  bo'lganidek,  yangi  m ing  yillik  bizning 
ongim izda a ’lo,  yanada m ukam m alroq  dunyoni  ko ‘rishga chaqiradi.  Shu 
bilan  birga,  bizning  ongim izda  dunyo  oxirining  vahim ali  m anzaralarini 
chizadi...
Mana,  nim a  uchun  qurollanish  ustidan  nazorat  atom   bom basi  oldi- 
da bizni  q o ‘rquvdan  ozod  qilmaydi.  lshsizlikning  pasayishi, tadbirkorlik 
faoliyati  sohasidagi  m islsiz  yutuqlar,  yangi  ish  o ‘rinlarining  yaratilishi 
90-yillarda  yangi  iqtisodiy  tushkunlik  oldidagi  qo ‘rquvdan  bizni  xalos 
qilmaydi».
Yangi  m ing  yillikning  birinchi  o ‘n  yilligi  o ‘tdi.  B ashoratchilam ing 
optim istik  bashoratlari  am alga  oshmadi.  Q it’alar,  m am lakatlar  taraqqi- 
yotidagi  notekislik  bartaraf  qilinmadi.  Urush  o ‘choqlari  tugatilm adi. 
Malakatlar, jam iyatlar o ‘rtasidagi  va  ichidagi  siyosiy,  ijtim oiy-iqtisodiy 
ziddiyatlar o ‘z yechim ini topm adi.  Q urollanish poygasi yanada kuchay­
di.  Dunyoni qayta b o ‘lib olish,  o ‘z doiralarini kengaytirish uchun yetak- 
chi m am lakatlar o ‘rtasida m usobaqa qayta boshlandi. N isbiy barqarorlik 
saqlanib qolgan boMsada,  lekin urush xavfi siyosiy y o ‘qotish, m am lakat-
233


R. RAJABOV
lardagi  beqarorlik  an ’anasi  kuchayib  borm oqda.  M avjud  yoqilg‘i-ener- 
getika  zahiralariga  egalik  qilish  uchun  yetakchi  m am lakatlar  o ‘rtasida 
raqobat  kuchayib,  bu  raqobat  oqibatida  boshqa  m am lakatlar,  hududlar- 
ning,  siyosiy-iqtisodiy  barqarorligi  katta  tahdid  ostida  qolm oqda.  XXI 
asrda  quyosh  tizim idagi  boshqa  sayyoralam i  egallash  uchun  kuchli  ha- 
rakat boshlanadi.  M arsni  o ‘zlashtirish uchun  ilmiy  ekspeditsiyalar uyus- 
htiriladi.  Yetakchi  davlatlar  va  davlatlar  guruhining  o ‘zaro  raqobati  bu 
sohada yaqqol  k o ‘rinadi.

Download 7,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish