Ravish so'z turkumiga oid mulohazalar mundarija: kirish



Download 180,5 Kb.
bet8/12
Sana01.04.2022
Hajmi180,5 Kb.
#522449
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ravish so\'z turkumiga oid mulohazalar

Kechqurun, kunduz, ildam kabi tublashgan ravishlarni turkiy tillarni qiyoslab o‘rgangan olim A.M.SHcherbak "tabiati qorongi" (ansh bo‘lmagan) so‘z sifatida baholaydi va o‘z shaxsiy qarashini bayon etadi. Yana ravishi qadimgi turkiy tilda keng qo‘llanilgan yan (qaytmoq) fe’lining ravishdosh shaklida leksikalizatsiya asosida hosil bo‘lgan. Tegra, uzra, ichra, so‘ngra kabi tublashgan ravishlar tarkibida saqlanib qolgan -ra qo‘shimchasi va uning so‘z o‘zagi bilan aloqasi bo‘yicha turli davrlarda bir qator tilshunoslar o‘z qarashini aytib o‘tgan Turkologiyada FL.Ashnin V.V.Radlovdan A.N.Kononovgacha bo‘lgan tilshunoslarning -ra qo‘shimchasi haqidagi qarashlarini tahlil etib, bu qo‘shimcha tabiati haqida o‘z konqyeptsiyasini bayon etadi. Kuzatishlar ko‘rsatadiki, ayrim olimlar -ra elementini dastlab o‘rin ma’nosini ifodalovchi mustaqil so‘z (-ra forstojik tilidagi rah - yo‘ya) bo‘lganligini ham taxmin etadilar. Turli ziddiyatlarga sabab bo‘lgan bu qo‘shimcha, ko‘pchilik olimlar fikricha, yo‘nalishni ko‘rsatuvchi jo‘nalish kelishigining tarixiy shaklidir. Bu qo‘shimcha haqidagi qarashlar turlicha bo‘lsa-da, -ra ko‘shimchali uzra, so‘ngra, tegra, ichra kabi so‘zlar tublashish (soddalanish) mahsuli ekanligi aniqdir. -ra qo‘shimchali so‘zlar hozirgi o‘zbek adabiy tilida semantik doirasini birmuncha o‘zgartirgan. Bu so‘zlar ko‘makchi vazifasida kela olishi bilan ham (ravish-ko‘makchi) xarakterlanadi
Uzra so‘zi o‘tmishda o‘rin ma’nosini beruvchi mustaqil ma’noli so‘z shakli bo‘lgan. Bu so‘z tarixan ikki element uz (us-t - poverxnost) va -ra yo‘nalishni ifodalovchi qo‘shimcha (ustiga, ustida) birikuvidan iborat bo‘lgan. Ko‘rinadiki, uzra so‘zi tarixan "yuqori"ma’noli uz/s so‘zining qadimgi jo‘nalish shaklidadir. Berli so‘zi beri so‘zining varianti bo‘lib, bu so‘z ham o‘tmishda qo‘llangan yaqinlikni ifodalovchi be so‘zi bilan aloqador. Ilgari so‘ziga nisbatan ham shu fikrni aytish mumkin. Ilgari so‘zi tarixan el/il (old (pered) va kelishiklar birikuvidan iborat bo‘lib, o‘rin va payt ma’nosini ifodalaydi .
Xullas, -ra bir necha asrlar oldin o‘z grammatik ma’nosidan uzoqlashib (o‘z vazifasidan butunlay uzoqlashgan emas, albatta), o‘zi qo‘shilgan so‘z bilan birga yangicha shakl va ma’no kasb etib kelmoqda, Bu ravishlardan ayrimlari, jumladan, uzra, ichra ma’nosini birmuncha "unutib", ko‘makchi vazifasida kelishi bilan ajralib turadi. Tublashgan ravishlar deb bo‘linuvchanligi aniq bo‘lib, tarkibiy qismlari hakida doim ham aniq hukm chiqarish mumkin bo‘lmagan ravishlarni belgilash mumkin.
Manbalarda so‘zning morfem strukturasida o‘zicha mustaqil bo‘lgan morfemalarning o‘z mustaqilligini yo‘qotishi va bir morfema holiga kelib qolish hodisasiga nisbatan soddalanish termini qo‘llanadi. Soddalashgan ravishning xususiyati shundaki, bunday ravishlar tarkibidagi qo‘shimcha morfema "tirik", mazkur ravishlar tarkibidagina o‘z grammatik xususiyatini yo‘qotgan bo‘ladi. Bu qatorga birdan, birga, surunkasiga, yoppasiga, jinday va h.k.
So‘z shaklining, aniqrog’i, kelishik shaklidagi so‘zning lug’aviy birlik (leksema)ga aylanishi boshqa so‘z turkumlariga nisbatan ravishda ko’p uchrashi manbalarda aytib o‘tilgan15.
Turkiyshunoslar kelishik shaklidagi so‘zning leksik-grammatik vazifalaridan uzoqlashib, ravish tabiatiga, uning funktsiyasiga yaqinlashishini adverbializatsiyalashish usuli deb ko‘rsatadilar bu holatni, kelishik shaklidagi so‘z (ot)ning yaxlit holda ravishga ko‘chishini, "morfologik-sintaktik usul" bilan hosil bo‘lgan yasama ravishlar deb izohlaydi. Bu kabi holatni, ya’ni kelishik shaklining so‘z o‘zagiga singib, ravishlashishini yasama so‘z deb belgilash I.Ziyoyeva tadqiqotida ham uchraydi. A.Hojiyev ta’kidlashicha, so‘z yasalishning "morfologik-sintaktik"deb ta’riflanib kelingan "usul"ida so‘zning biror sabab tufayli yuzaga kelish hodisasi bor, lekin so‘z yasash hodisasi yo‘q. Har qanday holatda ham soddalanish asosida hosil bo‘lgan ravishni "ravishning yasalishi" hodisasi bilan qorishtirmaslik lozim.
N.K.Dmitriyev ma’lum kelishik shaklidagi so‘zning ravishga o‘tishini "semantik-sintaktik" hodisa deb baholaydi. U yo‘zadi: "Har qanday otning kelishik shakllari bo‘ladi va u otning o‘zgarish formalari sifatida qaraladi. Lekin ma’lum sabablarga ko‘ra kelishik shakllarining ayrimlari o‘sha so‘zning o‘zagi bilan uzok aloqada bo‘lib, alohida ma’noga ega bo‘ladi va turlanish sistemasidan chiqadi.
Natijada o‘sha so‘z bilan faqat etimologik jihatdan bog’langan yangi so‘z paydo bo‘ladi".
Nutqimizda birin-ketin, ostin-ustun, qishj'-yozin, kechalari, kunduzlari kabi yuzlab ikki va undan ortiq bo‘g’inli turkiy o‘zakli sodqalashgan so‘zlar (ravishlar)ni uchratish mumkin. Tarixan esa ular leksema emas, balki nutqiy hosilalardir. Soddalashgan so‘zlardagi (chunonchi, birdan, hasddan, kunda) kelishiklar tarixiy jihatdan (birlamchi vazifasiga ko‘ra) ravish derivatlarini shakllantiradi. Bu kelishiklarning mazkur holati ularning ikqilamchi funktsiyasidir. Bu so‘zlar shu holida soddalashib tayyor leksemaga aylangan.
Yuqoridagilardan farqli holda ravish tarkybida o‘rganiladigan ayrim so‘zlar da ellipsis hodisasini ham kuzatish mumkin. Uzoqqa, uzoqda, uzoqdan; yaqnda, yaqindan kabi ravishlarda ikkinchi a’zo, ya’ni ot leksema (yer/joy)ning ellipsislanganligi kuzatiladi, Bu holat bunda, shunda, o‘shanda kabi o‘rin ma’noli so‘zlarda ham uchraydi.
Ayrim so‘zlar tarkybida III shaxs birlik son -i (-si) egalik, -lar ko‘plik qo‘shimchasi birgaliqda o‘zakka singib, ya’ni o‘zining grammatik vazifasini yo‘qotib, ravishga aylangan. Masalan, kechalari, ipgarilari, avvallari, bir zamonlar, vir vaqtlar, ertasi ko’pi, kunduzlari, kechasi, kechqurunlari kabi ravishlar shular jumlasidandir. Bu to‘g’rida A.M.Shcherbak shunday yozadi: "... ba’zi bir ravishlar ayrim ergash morfemalarni qabul qilib, o‘zining asl ma’nosiga qo‘shimcha ma’no yuklaydi va ular ko‘plik, egalik, kelishik shaklidagina ravish sifatida qo‘llanadi. Masalan, kunduzlari, burunlari, avvallari, ilgargtari, hozirlari kabilar shular jumlasidandir. Bunday ravish paytning davomiyligini bildirganda, faqat III shaxs egalik affiksi bilan qo‘llanadi. Bu adverbializatsiyalashishning qo‘shimcha vositasi sifatida xizmat qiladi". Ko‘rinadiki -lor ko‘plik va III shaxs egalik shakliga kirgan payt ravishi sutkaning ma’lum bir qismi, haftaning bir kuni, yilning ma’lum vaqtini chamalab ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, egalik va ko‘plik qo‘shimchasi bilan shakllangan leksema doimiy takrorlanib turuvchi vaqt ma’nosini ham ifodalashi mumkin.
Ma’lumki, so‘zni morfemalarga ajratishda hozirgi adabiy tilda anglashiladigan ma’nosi va grammatik vazifasi inobatga olinadi. Shu jihatdan, ya’ni tublashgan ravishning ma’noli qismlaridagi chegarasidan kelib chiqib, ikkiga bo‘lib o‘rganish mumkin:
Asos anglatgan lekeik ma’no xiralashuvi (ba’zan butunlay unutilishi) natijasida so‘zshakl yoki yasama ravishning tublashish holatiga kelishi: zimdan, jinday, qittay, tagidan, surunkasiga, yoppasiga, chalqancha, ancha, picha, qushisdan, jo‘rttaga, ilkisdan, tuyqusdan, o‘lguday, obdon, to‘satdan, chogda//kezda va b. Bunday ravishlarda o‘zak morfema iste’moldan tushib qolgan.
Ergash morfemaning iste’moldan qolishi, "jonsizlanishi" oqibatida tublashgan ravishlar: oldin, shita, zo‘rga, birga ( birik+a) yo‘lakay, sharros, bosim (surunkasiga), ertan, kechin, tasha, shartta, yuzaki va b. Bu so‘zlarning ayrimida kelishik shakllarining boshlang’ich ko‘rinishlari, shakllari, variantlari (-ra, -in, ga)ni ko‘rish mumkii.
Ayrim tublashgan so‘zlar tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimcha, ba’zan affiksoidlar borligi sezilib tursa-da, bunday so‘zning yasamaligi yo tarixiy, yoki o‘zga til nuqtai nazaridan bo‘ladi. Bu katorga baxayolga, bajonidil, banogoh, baravar kabi so‘zlarni kiritish mumkin. Bu kabi o‘zlashma ravishlar o‘zga tildan o‘zicha yoki ma’lum bir qolip asosida o‘zlashgan so‘z deb qaralishi va shu holida tublashgan leksema sifatida baholanishi lozim.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, tublanish hosilasi deb talqin etilayotgan ravish uzoq tadrijiy jarayonni o‘tagan bo‘ladi. Kuzatishlar ko‘rsatdiki, tublashgan ravishlar lug’ati tarkibida o‘zak va qo‘shimcha morfema leksik-semantik, grammatik ma’nolarining xiralashuvi yoki o‘zgacha ma’no kasb etishi turli darajada bo‘ladi. Bu tadrijiy jarayonnikg bir qutbida sodda tub ravish (sap, boya, mo‘l) tursa, ikkinchi kutbi (quyi bosqich)da paradigmadan chiqayotgan, o‘z turkumidan chiqib, ravishga siljiyotgan so‘zlar (oldinga, oldgshda, oldindan, chapga, o‘ngga) o‘rin oladi.



Download 180,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish