So‘z turkumini ajratish uchun asos bo‘ladigan ma’noviy, tarkibiy (morfologik va derivatsion) va birikuvchanlik (sintaktik) omillarning har birini ravishga nisbatan tekshirib ko‘rganimizda quyidagicha xulosalarga keldik:
Mazkur turkumni boshqa mustaqil so‘z turkumlaridan qatiy farqlovchi aniq ma’noviy omil yo‘q. Aniqrog’i, o‘rin-makon, payt-zamon, holat-tarz, miqdor kabi umumlashma ma’nolarni ifodalash nafaqat ravishdarga xos, balki boshqa so‘z turkumi ham bunday imkoniyatga ega. Ma’noviy (semantik) belgi ravishlarni ajratuvchi omil bo‘lolmaydi.
Ravish turkumiga oid so‘zlar yordamchi so‘zlardan farqli o‘laroq har xil sintaktik modal munosabatlarni ifodalashga emas, balki so‘zlovchi va tinglovchi ongida mavjud bo‘lgan ayrim tushunchalarni ifodalashga xizmat qiladigan gapda mustaqil o’rin (tobe o‘rin) egallay oladigan so‘zlardir. Ko‘rinadiki, ravishlarning ma’no ifodasi ularning differenqisht (farqdovchi) belgisi emas, balki integral (birlashtiruvchi), ya’ni mazkur turkumni mustaqil so‘zlar guruhiga kirituvchi belgisidir.
G’arbiy Yevropa tillari uchun xos bo‘lgan omil, ya’ni so‘zni ot yo‘ki fe’l bilan birikib kelish tamoyili asosida farqlash turkiy tillar uchun xos emas. Bu tamoyilni turkiy tillar (o‘zbek tili)ga nisbatan qo‘llash bir so‘zni ot, sifat va ravish kabi uch omoleksemaga ajratishga olib keladi. Ravish sintaktik imkoniyatiga ko‘ra (aniqlovchi, hol, kesim bo‘la olishi bilan) boshqa mustaqil so‘zlar bilan umumiylik kasb etadi, biroq ega va to‘ldiruvchi bo‘la olmasligi bilan ulardan farqlanadi.
O‘zbek tilshunosligida so‘zlarning morfologik o‘zgarishi (aglyutinativ mohiyatga ko‘ra) o‘ta keng. Shu bilan birga, morfologik jihatdan mutlaqo o‘zgarmas mustaqil ma’noli so‘zlar guruhi ham mavjud. Mana shu guruhnigina ravish sifatida belgilash ularning turkona tabiatini ochishga va tasniflashga asos bo‘ladi. Tabiiyki, bunday talqinda ravishning daraja, to‘liq va qiskargan shakllari ham bo‘lmaydi. Ravishni mustaqil so‘zlarning alohida bir guruhi sifatida ajratishda faqatgina ularning o‘zgarmasligi hamda yasalish tizimiga tayanishimiz mumkin. Ravishning umumiy lisoniy mohiyatini quyidagicha belgilar majmuasi sifatida berish mumkin:
mustaqil so‘z turkumiga mansublik;
shaklan o‘zgarmaslik;
gadda hol, sifatlovchi aniqlovchi, kesim vazifasida kela olish.
O‘zgaruvchan so‘z ba’zan o‘zgarmas pozitsiya (o‘rin)da kela olsa-da, biroq o‘zgarmas so‘z (ravish) maxsus bir grammatik shakllarni talab qiluvchi pozitsiyani egallay olmasligi bilan xarakterlanadi. Ba’zan ravishda bog’li qurshovdagina kuzatiladigan o‘zgarishlar til sathi uchun me’yoriy hol bo‘lmay, bu holat mazkur turkumning boshqa mustaqil ma’noli o‘zgaruvchi so‘zlar bilan uzviy aloqasi natijasi (analogiya ta’siri) sifatida qabul qilinishi lozim.
Til elementlari (qo‘shimchalar)ning o‘zak tarkibiga singib, ajralmas holga kelib qolishi (adverbializatsiya) ravish so‘zlar qatorida ko‘plab kuzatiladi. Aksariyat ravishlar so‘zshakl va birikmashakllarning tublashish (ixtisoslanish) natijasi o‘laroq vujudga kelgan. Ravishning tarkibiga ko‘ra turlari hamda bu turlarning voqyelanishida xizmat qiluvchi til birliklarini aniqlash mazkur so‘z turkumining semantik-grzmmatik belgilarini ochib berishga xizmat qiladi. Tabiiyki, bunda ravishning yasalish (derivatsiya)ga munosabati ham yuzaga chiqadi.
Ravish murakkab yasalish tizimiga ega bo‘lib, ravish yasovchi deb talqin qilinayotgan ayrim shakllar o‘z unumdorligini birmuncha yo‘qotganligini kuzatsak, ayrim qo‘shimchalar so‘z (ravish) yasashning unumli, sermahsul qo‘shimchalari sirasidan o‘rin egallaydi. Shuningdek, yasama ravishda pleonastik, okkazional qo‘llanishlar ham ko‘p kuzatiladi.
Ravishning ma’noviy guruhlari, qo‘llanishi, turli asoslardagi xususiyatlarini aniqlab, paradigmatik qatorlarga tuzish mazkur turkumni nazariy jihatdan o‘rganish bilan ham bog’liq ekashshri kuzatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |