87
narxini ko’rsatgan holda kerakli joyga joylashtiring. Agarda sizning
chegaraviy narxingiz bozor narxidan past bo’lsa, sizga ushbu narxda bitkoin
sotadigan sotuvchi topilmaguncha talabingiz bajarilmaydi.
Qachonki sizning
ko’rsatgan narxingizga bitkoin sotishga kimdir rozi bo’lsagina, siz bitkoin
egasi bo’lasiz”.
Bitkoin sotib olish uchun valyuta almashinuv punktlaridan tashqari, yana bir
qancha imkoniyatlar ham mavjud, shu jumladan, deponirlaydigan platformalar, bir
tomonlama savdo shahobchalari va avtomatlardagi almashinuv punktlri.Nazariy
jihatdan bitkoinlarni mayning yordamida ham olish mumkin. Ammo bu usul uchun
komp’yuterga kerakli bo’lgan dasturiy ta’minotni o’rnatish kerak bo’ladi. Bunday
dasturiy ta’minot tekin bo’ladi, lekin oddiy inson uchun bir qancha qiyinchiliklar
mavjud, chunki bu dasturiy ta’minotni o’rganish, o’zlashtirish
hamda quvvatli
komp’yuter sotib olish kerak bo’ladi. Shuning uchun bitkoinga ega bo’lishning eng
oddiy usuli yuqorida tavsif etilganidir, desak ham bo’laveradi. Har bir tranzaktsiya
qonuniy bo’lishi uchun unga kriptografik usulda imzo qo’yilgan bo’lishi kerak.
Bunday imzo asimmetrik shifrlash usuli yordamida yoki ikkita (
ochiq va yopiq
)
kalitli shifrlash usulida qo’yilishi mumkin. Har bir tranzaktsiya kirishda oldingi
tranzaktsiyaga ilova oladi va bu ilova ushbu amaldagi vositalar real mavjud
ekanligini tasdiqlaydi. Chiqishda esa tranzaktsiya ularga mos bo’lgan
summalar
ko’rsatilgan bir yoki bir nechta bitkoin adreslarni chiqaradi. Istalgan
tranzaktsiyaning kirish va chiqishlari doimo balanslangan bo’ladi. Shunga ham
qaramay, bu yangi tranzaktsiyaning ko’rsatgichlari darhol yetarli deb
hisoblanmaydi, chunki u avval tranzaktsiyalar bloklaridan iborat bo’lgan
amallar
(
bloklar
) reestriga kiritilishi kerak bo’ladi. Kodlashtirilmagan holda uzatilgan
tranzaktsiyalar ham amalni aniqlashtiradigan imzolar (
vizalar
) yordamida haqiqiy
deb topilishlari mumkin bo’ladi. Xozirgi davrda bunday amallarning soni borgan
sari ortib borayapti.
Shuni ham aytish kerakki, bir soniyada amalga oshiriladigan
tranzaktsiyalar soni bo’yicha bitkoin blokcheynining samaradorligi boshqa to’lov
tizimlariga qaraganda juda ham past. Chunki u bir sekundda eng ko’pi bilan
yettitagina tranzaktsiyani qayta ishlay oladi.
Visa
to’lov tizimining maksimal
88
quvvati esa bir sekundda 56 ming tranzaktsiyadir.
Bitkoinning blokcheyni bank
muassasalaridan printsipial jihatdan farq qiladi. Blokcheyn har bir amalning izini
saqlab turadi, ammo unda foydalanuvchilarning hisob raqamlari balansi bo’lmaydi.
Demak, agarda hamyon adresi raqamini yo’qotib qo’ysangiz, hisob raqamingizni
tiklashning imkoni bo’lmaydi. Foydalanuvchilar ikkita kalit bilan bog’liq bo’lgan
adresli hamyonga ega bo’ladilar. Kalitlar esa asimmetrik shifrlash tizimi
yordamida ochiq va yopiq kalitlar vositasida ishlaydilar.
Yopiq kalit hamyonda
saqlanadi, ochiq kalit esa blokcheynga yozib qo’yiladi va demak uni hech qachon
bilib bo’lmaydi. Shuning uchun ham huddi real hayotdagi kabi, hamyoningizni
zinhor yo’qotib qo’ymang. Agarda yopiq kalitingizni yo’qotib qo’ysangiz, u bilan
bog’liq bo’lgan bitkoinlarni ham yo’qotasiz. Bunday hodisa angliyalik Djeyms
Hovell bilan 2009 yilda ro’y bergan. U shu yili 7500 ta bitkoin sotib olgan, ammo
adres saqlangan diskni ishga yaroqsiz qilib qo’ygan
va bu uning hozirgi payt
hisobidan katta pullarni yo’qotishiga olib kelgan. Bitkoinning joriy narxi iqtisodiy
jarayonlarga va valyuta bozori xolatiga bog’liq. Bu masalada ham
Do'stlaringiz bilan baham: