Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
73
O‘QUV JARAYONIDA ELEKTRON PEDAGOGIK DASTURIY
VOSITALARDAN FOYDALANISH
Yuldoshev Farrux Uktomovich
Nizomiy nomidagi TDPU informatika o‘qituvchisi
E-mail: farruxuktamovich@mail.ru
Maqolada o‘rta umumta’lim maktablarida “Informatika va axborot
texnologiyalari” fanini o‘qitish pedagogik dasturiy vositalardan Namo
WebEditor dasturidan foydalanish jihatlari va dasturning imkoniyatlari
tahlil
etilgan.
В статье анализируются аспекты использования программного
обеспечения Namo WebEditor и возможности программы в области
обучения курса “Информатика и информационным технологиям” в
общеобразовательных школах.
The article analyzes the use of Namo WebEditor software and the
possibilities of the program in the field of computer
science and information
technology courses in general education schools.
Pedagogik va axborot texnologiyalarning ta’lim jarayonida joriy etilishi
ta’lim vositalarning yangi avlodi va ta’limning so‘nggi turlari ko‘rinishida o‘z
mohiyatiga ega bo‘lishi bilan ahamiyatlidir. Bugungi kunda ta’li m jarayonida
foydalanayotgan pedagogik dasturiy vositalarning yangi ko‘rinishlarini yaratish
orqali darslarni samarali o‘tishni ta’minlash davrning o‘zi talab etmoqda.
Ayniqsa, ta’lim jarayonini mazmunli tashkil etishda pedagogik dasturiy
vositalarning o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimida
amalga oshirilayotgan
islohatlarning barchasi yetarli darajada o‘z samarasini bermoqda. Darhaqiqat,
informatika va axborot texnologiyalari sohasida ham tubdan o‘zgarishlar ro‘y
bermoqda. Bunday o‘zgarishlarning barchasi har qanday sohaga kirib, o‘z
samarasini bermasdan qolmaydi. Bizga ma’lumki, 2017-yilda mamlakatimiz
ijtimoiy hayotida ko‘pgina islohatlar amalga oshirildi.
Jumladan, O‘zbekiston
Respublikasi rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “umumiy o‘rta
ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika,
kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni
chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish”
Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
74
Pedagogik dasturiy vositalarni bir nechta dasturlardan foydalangan holda
yaratish mumkin. Ular Macromedia Dreamweaver, TurboSite, AutoPlay, Html,
Namo WebEditor va boshqa dasturlar. Shu dasturlarning ichida Namo
WebEditor dasturidan keng sohada foydalanish mumkin.
Namo WebEditor – HTML (Hyper Text Markup Language) tahrirlovchisi
hisoblanadi. Namo WebEditor interaktiv
dasturi Koreya va Amerika
davlatlarining dasturchilari tomonidan hamkorlikda ishlab chiqilgan dastur
hisoblanadi. Bu dastur HTML, CSS, XML, JavaScript,
ASP va PHP
texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuni aytish lozimki, Namo dasturidan
oldindan tayorgarlikka ega bo‘lmagan hamda dasturlash tillaridan xabardor
bo‘lmagan foydalanuvchilar ham bu dasturdan hech qanday to‘siqlarsiz elektron
o‘quv qo‘llanma,
elektron darslik, va pedagogik dasturiy vositalarni yaratishi
mumkin.
Namo WebEditor foydalanuvchilar yaratilgan pedagogik dasturiy
vositalarni turli xil qurilmalarda ko‘rishlari uchun matn, rasm va videolar kabi
multimedia xususiyatlaridan foydalanib o‘z fikrlarida mavjud fikrlarni tahrir
qilishlariga yordam beradi. Namo dasturi quyidagi ko‘rinishga ega.
Namo WebEditor dasturida aynan bir
qancha maqsadlarda keng va
samarali foydalanish mumkin. Bu dasturni xususiyatlaridan kelib chiqqan holda
quyidagicha ishlarni amalga oshira oladi. Ulardan bir nechtasini quyidagicha
keltirib o‘tamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: