Taqrizchilar:
p.f.d., professor F.M.Zakirova
f-m.f.d., professor R.Beshimov
Anjuman to‘plamiga kiritilgan maqolalarning mazmuniga muallif javobgar
©
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
3
Nizomiy nomidagi TDPU rektori A.K.Qirg‘izboyevning “Raqamli pedagogika:
holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro konferensiyasi ochilish
marosimidagi
KIRISH SO‘ZI
Assalomu alaykum, hurmatli mehmonlar, konferensiya qatnashchilari!
“Axborot asri” deb nom olgan bugungi davr barcha soha mutaxassislari oldiga
tobora yangi muammo va vazifalarni qo‘ymoqda. Ularni hal qilishda zamonaviy
axborot-kommunikasiya texnologiyalari, informatika fanining ahamiyatini ortiqcha
baholash qiyin emas.
Respublikamizda soha rivojiga alohida e’tibor qaratilayotganiga faqat joriy
yilning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10 fevraldagi PQ-4986-son
“Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini yanada rivojlantirishga
investisiyalarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
7
maydagi
288-son
"Axborot-kommunikasiya
texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g’risida”gi Qarori qabul qilingani, maktab ta’limi sohasida yagona
“elektron ta’lim” tizimini joriy etishga 2021 yilda 2 yilda 250 milliard so‘m
yo‘naltirilgani yorqin dalil bo‘la oladi.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlar, xususan, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, shu
qatorda ta’lim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng
joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bugun ta’lim iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyotning hal qiluvchi omili,
jamiyatning ijtimoiy tuzilmasini shakllantirish, unda ijtimoiy maqomlarni taqsimlash
mexanizmi hisoblanadi. Tabiiyki, har bir mamlakatning rivojlanishi va uning
raqobatbardoshligini ta’minlash zamonaviy axborot-kommunikasiya va «raqamli»
texnologiyalar jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalariga qanchalik joriy etilgani
bilan baholanmoqda. AKTni joriy etishning yana bir muhim omil ta’lim maskanlarini
malakali kadrlar bilan ta’minlashdir.
Shu maqsadda, O‘zbekiston va BAA ixtisoslashtirilgan onlayn portali orqali
ishga tushirilgan aholiga bepul masofaviy ta’lim olish imkoniyatini beruvchi «Bir
million o‘zbek dasturchisi» (One Million Uzbek Coders) loyihasi asosida universitet
o‘qituvchilarini malakasini oshirish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Dasturning asosiy maqsadi
Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
4
– raqamli texnologiyalar bo‘yicha mutaxassislar avlodini tayyorlash va dasturlash
bo‘yicha ularga kerakli bilim va ko‘nikmalarni berishdir.
Alohida ta’kidlashni istardimki, ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish
maqsadida barcha o‘qituvchilar loyihada ro‘yxatdan o‘tdi. Endilikda ular mazkur tizimda
to‘rtta eng kerakli mutaxassislik — ma’lumotlarni tahlil qilish, android ilovalar, veb-
ilovalar va dasturiy ta’minot ishlab chiqish kurslari bo‘yicha ta’lim olmoqda.
Sohaning yetakchi vakillari, yosh tadqiqotchilar ishtirok etayotgan bu anjuman,
qilinadigan ma’ruzalar va muhokamalar o‘zining samarasini berishiga ishonaman.
Konferensiya ishiga omad tilayman.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
Do'stlaringiz bilan baham: |