Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari


IJOD MAKTABLARIDA INFORMATIKA VA AXBOROT



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/214
Sana05.07.2022
Hajmi7,25 Mb.
#742918
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   214
Bog'liq
To\'plam Xalqaro 2021 12

IJOD MAKTABLARIDA INFORMATIKA VA AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI FANINI O‘QITISHDA QO‘LLANILADIGAN TA’LIM 
TEXNOLOGIYALARI
 
Shakadirova Nigora Irgashevna 
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, o‘qituvchi 
Abdullayeva Dilorom Jalolidinovna 
TTYeSI akademik litseyi, yetakchi o‘qituvchisi 


Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
 
180 
 
O‘sib kelayotgan yoshlarning iste’dodlarini har tomonlama takomillashtirish, 
ularning zamonaviy ilm-fanni egallashga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, 
iqtidorini ro‘yobga chiqarish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib 
kelinmoqda. 
Prezidentimiz tashabbuslari bilan yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini 
rivojlantirish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish uchun zarur 
shart-sharoitlar yaratish hamda ularni barkamol, jismonan va ruhan sog‘lom shaxs 
sifatida Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, bolalarda mehnatsevarlik, vatanparvarlik, 
fidoyilik, keng dunyoqarashga ega komil inson bo‘lishga intilish tuyg‘usini 
shakllantirish maqsadida ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etildi. 
Ijod maktablarida o‘quvchilarga buyuk adiblarimizning boy ijodiy merosini 
o‘rgatish, ularga munosib voris etib tarbiyalashga qaratilgan majmuaviy va tizimli 
o‘quv-tarbiya jarayonlari tashkil qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi “Ijod 
maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” 141-sonli Qarorida ta’lim jarayoniga innovatsion pedagogik usul 
va texnologiyalarni joriy qilishning ilmiy asoslarini yanada mustahkamlash choralarini 
ko‘rish, bolalarning ijodiy qobiliyati va iqtidorini rivojlantirish, shuningdek, ularning 
maktabdan tashqari vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida zamonaviy usul va 
uslublarini joriy etish kabi bir qator vazifalar belgilangan. 
Barcha fanlar qatorida ijod maktablarida Informatika va axborot texnologiyalari 
fanini o‘qitishga ham alohida e’tibor berilmoqda. Ijod maktablari o‘quvchilari 
boshqalardan ijodkorligi bilan farq qiladi. Ularning o‘z ijod mahsulotlarini namoyon 
qilishlari uchun, albatta, axborot texnologiyalaridan foydalana olish muhim omillardan 
biri bo‘lib xizmat qiladi.
Hozirda faoliyat olib borayotgan ijod maktablari zamonaviy kompyuterlar bilan 
jihozlanib, internet tarmog‘iga ulandi. Bu esa informatika darslarini yuqori saviyada 
olib borish imkoniyatini yaratib beradi. Darsni sifatli olib borishda nafaqat jihozlar, 
balki, pedagogik mahorat, tanlangan pedagogik texnologiyalar ham katta rol o‘ynaydi. 
Darslarda 
o‘quvchilarning ko‘proq amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishda 
qo‘llaniladigan 
texnologiyalar orasida aralash ta’lim (blended learning) 
texnologiyasidan foydalanish orqali yuqori samaradorlikka erishish mumkin. 
Aralash ta’lim an’anaviy, yuzma-yuz, o‘zaro ta’sirlar va to‘liq onlayn rejimda 
o‘tkaziladigan harakatlarning keng doirasini qamrab olgan uzluksizlikni qamrab oladi. 
Griffit o‘zining “Aralash ta’lim strategiyasi” o‘quv va o‘qitish jarayonida blended 


Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
 
181 
learning texnologiyasidan foydalanish darajasini ko‘rsatadigan uchta ish usulini 
ko‘rsatib beradi. 
1-usul 
Texnologiya kurslarni boshqarish va o‘quvchilarni qo‘llab-
quvvatlash manbalarini osonlashtirish uchun ishlatiladi. Masalan, 
talabalarga ma’lumot va manbalarni (masalan, ma’ruza yozuvlari 
yoki yozuvlar, baholash bo‘yicha ko‘rsatmalar) berish va asosiy 
ma’muriy funksiyalarni bajarish (masalan, e’lonlar yoki kurs 
elektron pochtalari). 
2-usul 
Texnologiya interfaol o‘quv faoliyati orqali sinfda yuzma-yuz 
muloqot qilishdan tashqari o‘quvchilarning o‘rganish tajribasi 
sifatini oshirish uchun ishlatiladi. Masalan, aloqa va hamkorlikni 
qo‘llab-quvvatlash, kursni boshqarish va boshqarish uchun 
texnologiyadan foydalanish. 
3-usul 
Texnologiya asosan o‘z-o‘zini boshqarish bilan bir qatorda 
interfaol va hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlaridan foydalanishni 
o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatiladi. Ushbu rejimda 
kurslar to‘liq onlayn rejimida o‘tkaziladi. 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish