XO‘JALIK FAOLIYaTI
Xo‘jalik faoliyati deganda, umuman olganda, korxona va tashkilotlar tomonidan foyda olish maqsadida olib borilayotgan hamda mazmunan alohida nomlardagi faoliyat turlarini tashkil qiluvchi xo‘jalik jarayonlari va operatsiyalari (muomalalari) majmuasi tushuniladi.
Xo‘jalik jarayoni deganda korxona va tashkilotlarda yuz bergan va berayotgan operatsiyalar yig‘indisi tushuniladi.
Xo‘jalik operatsiyasi deganda korxona va tashkilotda yuz bergan va berayotgan aniq xarakatlar, ishlar tushuniladi.
Iqtisodiyotni tobora erkinlashtirilishi korxonalarga turli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga, ularning har birini foyda olish manbaiga aylanishiga olib keldi.
Respublikamizning qonunlari, chunonchi Soliq Kodeksiga muvofiq korxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyati ikki turga bo‘linadi:
Asosiy faoliyat – bu korxona va tashkilotning bosh maqsadini ifodalovchi hamda uning ustavida ko‘rsatilgan faoliyat turi (yoki turlari).
Do'stlaringiz bilan baham: |